Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №21 

Qorin bo„shlig„idagi a‟zolarning umumiy ko„rinishi. Me‟da. Ingichka va Yug„on 

ichak. Me‘da: tuzilishi, topografiyasi, vazifasi va boylamlari. Devori: seroz, muskul 

(bo‗ylama  va  aylanma),  shilliq  osti  va  shilliq  qavtlari.  Yoshga  qarab  o‗zgarishi. 

Ingichka ichak. O‗n ikki barmoqli, och va Yonbosh ichak qismlari . Yo‗g‗on ichakni 

faoliyati,  farqli  belgilari:  lentalar,  gaustralar,  yog‗  o‗simtalari.  Qismlari:  ko‗r  ichak 

(chuvalchaksimon  o‗simta),  chambar  ichak  (ko‗tariluvchi,  ko‗ndalang,  tushuvchi  va 

sigmasimon),  to‗g‗ri  ichak.  Yonbosh  ichak  bilan  ko‗r  ichak  o‗rtasidagi  Baugin 

qopqog‗i. Ichak devorining tuzilish hususiyatlari. 

 

Me‟da (ventriculus, gaster) hazm kanalining eng kengaygan qismi bo‘lib, qorin 

bo‘shlig‗ining  Yuqori  sohasida  joylashgan.  Uning  ko‘p  qismi  chap  tomondagi 

qovurg‗a  osti  sohasida,  oz  qismi  esa  qorin  bo‘shlig‗i  tepa  bo‘lagining  o‘rta  qismida 

joylashgan. 

Me‘daning shakli nokka yoki laboratoriyadagi retorta (idish)ga o‘xshaydi. O‘rta 

Yoshdagi  odamlarda  hajmi  taxminan  1–3  litr  (ba‘zida  undan  ko‘proq)  bo‘ladi. 

Me‘daning old – paries anterior va orqa devorlari – paries posterior, Yuqorida kichik 

–  curvatura  ventriculi  minor,  pastda  katta  egriliklar  –  curvatura  ventriculi  major  ni 

hosil qiladi. 




 

355 


Me‘daning  kirish  va  chiqish  qismlari  tafovut  qilinadi.  Uning  kirish  –  kardiya 

(pars  cardiaca)  qismidagi  teshik  –  ostrum  cardiacum  (cardia  –  Yurak)  XI  Ko‗krak 

umurtqasi  qarshisida  bo‘lib,  Yurakka  yaqin  joylashgan.  Me‘daning  chiqish  (pars 

pylorica)  qismi  I  bel  umurtqasining  ro‘parasida,  o‘ng  tomonda  o‘n  ikki  barmoq 

iChakka qo‘shilib ketadi. Me‘daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi 

(antrium  pyloricum)  g‗orcha  deyilsa,  uning  teshigi  (ostrum  pyloricum),  torayib 

davom etgan joyi kanal – canalis pyloricus bo‘lagi deyiladi.  

Ovqat  bilan  o‘rtacha  to‘lgan  me‘da  Yuqoridan  jigar  chap  bo‘lagining  pastki 

Yuzasiga  va  diafragmaning  chap  gumbaziga,  pastki  tomondan  ko‘ndalang  chambar 

ichak  va  uning  tutqichiga  tegib  turadi.  Me‘daning  oldingi  devori  qorinning  oldingi 

devoriga,  orqa  devori  me‘da  osti  bezi,  chap  buyrak  va  uning  ustki  beziga  hamda 

taloqqa tegib turadi. Me‘da atrofdan qorin parda bilan o‘ralgan. 

Me‘da devori quyidagi 3 pardadan iborat:  

1)  tunica  mucosa  –  shilliq  parda  bo‘lib,  uning  shilliq  osti  qavati  –  tela 

submucosa juda yaxshi rivojlangan; 

2) tunica muscularis – muskul parda;  

3) tunica serosa – seroz parda. 

 Tunica  mucosa  ning  asosiy  vazifasi  ovqatni  kislotali  muhitda  parchalashga 

moslashgan  bo‘lib,  bir  qavatli  prizmatik  shilliq  ishlab  chiqaruvchi  epiteliy  bilan 

qoplangan.  Shilliq  pardada  juda  ko‘p  katta-kichik  burmalar  –  plicae  gastricae 

mavjud,  ularning  yo‘nalishi  va  miqdori  katta  amaliy  ahamiyatga  ega.  Ushbu 

burmalardan  ikkitasi  kichik  egrilikka  parallel  holda  joylashib,  turli  tomonga 

yo‘nalgan bo‘ladi, qolgan burmalar me‘daning qolgan qismlarida o‘ziga xos shaklni 

tashkil qiladi. Odatda, me‘dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral 

suv) mana shu kichik egrilik bo‘ylab joylashgan burmalardan to‘g‗ridan-to‘g‗ri o‘n 

ikki  barmoq  iChakka  o‘tadi  (―me‘da  yo‘li‖).  Shilliq  pardada  burmalardan  tashqari 

me‘da  maydonchalari  –  areae  gastricae  mavjud.  Tepachalar  orasida  me‘da 

chuqurchalari – foveolae gastricae bo‘lib, ularga me‘da bezlari ochiladi. 

 

 


Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish