Jigar (pastki Yuzasi).
1–lig. triangulare dextrum; 2–jigarga o‘tgan qorin parda joyi; 3–impressio
renalis; 4–facies diaphragmatica; 5–impressio suprarenalis; 6–v. cava inferior; 7–
processus caudatus; 8–lobus caudatus; 9–processus papillaris; 10–impressio
esophagea; 11–tuber omentale; 12–appendix fibrosa hepatis; 13–lobus sinister; 14–
impressio gastrica; 15–lig. venosum; 16–a. hepatica propria; 17–v. portae; 18–ductus
hepaticus communis; 19–ductus choledochus; 20–lig. teres hepatis; 21–ductus
cysticus; 22–impressio duodenalis; 23–lobus quadratus; 24–vesica fellea; 25–
impressio colica; 26–lobus dexter.
J i g a r n i n g t u z i l i sh i (135) jigarni o‘ragan (qorin parda ostidagi parda)
fibroz parda – tunica fibrosa qon tomirlar bilan birga jigarning ichkarisiga kiradi va
uni juda ko‘p bo‘lakchalarga – lobuli hepatis ga ajratadi. Bu bo‘lakchalar 1–2 mm li
olti burchakli prizmaga o‘xshaydi. Bo‘lakchalar oralig‗ida darvoza venasining eng
mayda shoxchalari, arteriya shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari
joylashgan. Bo‘lakchalar oralig‗idagi arteriya va venalar (a. et v. interlobularis)
kapillyarlarga o‘tib, bo‘lakchalar ichkarisiga kiradi. Bo‘lakchalar ichida moddalar
almashinuvi davomida venoz qon markaziy venalar (v. centralis) dan yig‗uvchi
venalarga o‘tadi. Bular ham asta-sekin yiriklashib, jigar venasi (v. hepatica) ni hosil
qiladi. Bu vena pastki kavak vena (v. cava inferior) ga quyiladi. Jigar hujayralari
orasida joylashgan o‘t naychalaridan (ductuli biliferi) bo‘lakchalararo o‘t naychalari –
ductus interlobularis hosil bo‘ladi. Bular o‘zaro qo‘shilib, jigarning o‘ng va chap
bo‘lak o‘t naychasi – ductus hepaticus dexter et sinister ni hosil qiladi. O‘ng va chap
bo‘lak o‘t naychalari esa jigardan chiqqandan so‘ng bir-biri bilan qo‘shilib, jigarning
umumiy o‘t yo‘li – ductus hepaticus communis ni hosil qiladi. Jigarning umumiy o‘t
yo‘li esa o‘t pufagi naychasi – ductus cysticus bilan qo‘shilib, o‘n ikki barmoq
ichakning pastki yo‘naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o‘t yo‘lini – ductus
choledochus hosil qiladi. Jigar organizmda muhim vazifani bajaradi: 1) organizmdagi
zaharli moddalarni zararsizlantiradi; 2) o‘t ishlab chiqaradi; 3) embrional davrda qon
elementlarini ishlaydi.
367
Jigar bo‘lakchasining sxemasi.
1–vv. centrales; 2–lobuli hepatis; 3–aa. interlobulares; 4–v. centralis; 5–
birlamchi o‘t yo‘li; 6–bo‘lakchalar oraliq qon tomirlar va o‘t yo‘li; 7–vesica felleae;
8–v. portae; 9–ductus choledochus; 10–a. hepatica propria; 11–ductus hepaticus; 12–
hepar (lobus sinister); 13–v. cava inferior; 14–hepar (lobus dexter); 15–vv.
hepaticae.
Do'stlaringiz bilan baham: |