Biologik ob’ektdan ajratib olish. Maydalangan ob’ekt etil spirti bilan bo‘ktiriladi va sulfat kislotasi bilan nordonlashtiriladi, suyuqlik filtrlab ajratiladi, kam xajm qolgunga qadar porlatiladi so‘ng benzol yordamida ekstraksiyalanadi. Benzol qatlamini ajratib porlatiladi va qoldiq mekonin uchun tekshiriladi.
CHinligini aniqlash. Qoldiqqa konsentrik sulfat kislotasi qo‘shilsa yashil rang hosil bo‘ladi. Uni ikki sutka saqlansa, qizil rangga o‘tadi. Sekin asta isitilsa, yashil-zumrad rangga, so‘ng pushti va oxirida yana qizil rang hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |