Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet95/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

TEST TOPSHIRIQLARI.


1.Insonlarga xos bo‘lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta’riflash mumkin bo’lgan tushuncha-bu…?
A.Maqsad B. Iroda S.Hissiyot D. Tuyg’u
2. Maqsadning shakllanishiga nima kuchli ta’sir o‘tkazadi?
A. sub’ektning ehtiyoj va manfaatlari
B. Hissiyot
S. O’z-o’zini anglash
D. Intilish
3. Kimning fikricha, “jamoaviylikni siqib chiqaruvchi, individuallikni hukmron tamoyilga aylantiruvchi bu- jamiyat”?
A. Popper
B. O.Kont.
S. A.S.Makarenko
D. V.Gyugo
4. Kim “Inson jamoaviy harakatini nari borsa foydasiz, hatto alohida shaxsning muvaffaqiyati va baxti nuqtai nazaridan zararli”, deb hisoblaydi?
A. Z.Bauman
B.Z.Freyd
S. Komenskiy
D. A.S,Pushkin
5. O‘zini majbur etish ayniqsa qanday vaqtda qo‘llaniladi?
A. o‘z kamchiliklarini va nuqsonlarni bilganda va ularni bartarf qilishda
B. o‘z shaxsini takomillashtirishda
S. o‘z ustida ishlashda
D. o‘z-o‘zini ishontirishda
NAZORAT SAVOLLARI
1. Orzu, maqsad deganda nimani tushunasiz?
2. Hissiyot nima?
3 O’z-o’zini anglash nima?
4 O’z-o’zini anglashning shaxs faoliyatida qanday o’rni bor?
5. O’z-o’zini ishontirish deganda nimani tushunasiz?


15-mavzu: Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs komolotining poydevori. Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik.
REJA
1. Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs komolotining poydevori.
2.Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik.
Tayanch so‘zlar: milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odat, rasm-rusum, diniy an’analar, tarixiy, ma’naviy-madaniy meros

15.1. Milliy an’ana va qadriyatlar shaxs komolotining poydevori.
Milliy an’ana va qadriyatlar o’tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga o’tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo’ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat.
Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa an’analar bor. An’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli milliy an’analarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosimlar sifatida namoyon bo’ladi. Milliy an’analarni:
a) ijtimoiy-tarixiy hodisa;
b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi;
v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni;
g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin.
Milliy an’analar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalariga o’rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o’z milliy an’analari bo’lib, vaqt o’tishi bilan o’zgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yo’qoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning milliy an’analari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydigan milliy an’analar unutiladi. Har bir xalqning milliy an’analarida o’sha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos milliy an’analarga har xil mafkuraviy nuqtai nazardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash noto’g’ri. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng sobiq sho’rolar tuzumida joriy etilgan milliy an’anaviy bayram va tantanali kunlarning ko’plari o’z ahamiyatini yo’qotdi. O‘zbek xalqining qadimdan tarkib topgan, hozir ham keng amal qilinadigan milliy an’analari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urug’, mahalla-ko’y bilan oqibatli, yaqin aloqada bo’lish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondo’stlik, nonni e’zozlash va boshqalar kiradi. O’zbekistonda Navro’z, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Ro’za hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi milliy an’analar sifatida hayotga singib ketdi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish