Isrofgarchilik - ne'matlarni qadrlamaslik va me'-yoridan ortiqcha ishlatish. Isrofgarchilik esa eng yomon odatlardan.
Umuminsoniy qadriyatlar- jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo’lgan tutash, umumiy bo’lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi.
Odob (arab. — adab soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat ja-moasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. O. negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. O. kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning O.li boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. O. taʼlim-tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi.
OILA — nikohga yoki tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a’zolari ro‘zg‘orining birligi, o‘zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog‘langan.
Xulq, xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari X.dan tashqari odob va axloqkp oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan hatti-harakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng , axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi.
Qadriyat (arabcha. qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi) - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi.
Qadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy – iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig’indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |