INSONPARVARLIK — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Jismoniy tarbiya- shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish
Estetik tarbiya- Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘zallikni his qilaman) —o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. hayotda tabiat go‘zallikning estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi.
Ekologik tarbiya- insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi.
TARBIYA– shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |