14.2. Hissiyotlarni anglash, ularni nazorat qilish usullari. O‘z o‘zini anglash va o‘z o‘zini tarbiyalash metodlari.
Hissiyot. His-tuyg‘u. Odam ko‘pincha o‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea va hodisalarga nisbatan befarq bo‘lib qololmaydi, balki xursandchilik, xafa bo‘lish, ruhlanish yoki g‘amginlik holatlari orqali o‘z munosabatini bildiradi.
Hissiyot, ya'ni his-tuyg‘u odamning atrof-muhitga va o'ziga bo'lgan munosabatlarining ifodalaishidan iborat.
Odamning ichki kechinmalari uning yurish-turishi, tovush balandligi, so‘zlash ohangining o'zgarishi, imo-ishora, mimika orqali ifodalanadi. His-tuyg‘ular ijobiy (qoniqish, hayajonlanish, xursandchilik, xush ko'rish) va salbiy (g'azablanish, qo‘rquv, qayg‘u, jirkanish) boiadi.
Hissiyot odamlarning millati, tili va tarbiyasiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir xilda namoyon bo'ladi. Odamning yurish-turishi, gapining ohangi, tanasi va yuzining holatiga qarab, uning his-tuyg‘usi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Hissiyot qon aylanish, nafas olish va boshqa organlar ishining faollashuvi bilan birga namoyon bo‘ladi
Hissiyotning ahamiyati. Hissiyot bilan bog‘liq jarayonlar organlar faoliyatini va organizm kuchini o‘zgartiradi, uni yangi o‘zgargan sharoitga tayyorlaydi. His-tuyg‘uda paydo bo'ladigan ifodali harakatlar zo‘riqishni kamaytiradi. Ifodali
hatti-harakatlar hissiyot tili hisoblanadi. Hissiyotning ifodalanishiga qarab biz birovlarning his-tuyg‘usi, g‘am-g‘ussasini tushunib, uning holiga achinamiz. Shu tariqa ifodali hatti-harakat odamlaming o'zaro munosabat vositasiga aylanadi. 0‘z navbatida, ifodali hatti-harakatning o‘zi ham javob his-tuyg‘usini paydo qiladi. Aktyor mimika, intonatsiya, ifodali hatti-harakatlari orqali obraz yaralish, uning ichki dunyosini ochib berish bilan birga, o‘z qahramonining kechinmalarini tomoshabinlarga ham o‘tkazib, ularda ham achinish hissiyotini paydo qiladi.
Ifodali hatti-harakatlar orqali boshqalarning his-tuyg‘usiga ta’sir qilish va ularning his-tuyg‘usini boshqarish mumkin. Masalan, bolaning har qanday ifodali his-tuyg‘usi katta yoshdagi kishilarga ta’sir ko‘rsatadi va ular bolaning istagini bajarishadi. Buni tushungan bola o‘z his-tuyg‘usini yanada kuchliroq namoyon qila boshlaydi. Buning natijasida kelgusida o‘z his-tuyg‘usini jilovlay olmaydigan inson tarbiyalanib chiqadi.
Hissiyotni boshqarish. Ifodali hatti-harakat odamning ixtiyoriga bo'ysunadi. Odam o‘z his-tuyg‘ularini to'xtatib turishga, ya’ni hissiyotga berilmasdan, o'zini qo‘lga olishni o'rganishi lozim. Odamdagi bu xususiyatlar uning yaxshi tarbiya ko‘rganligini va yuksak madaniyatli ekanligini bildiradi.
Jamoaviylik va individuallik tirik mavjudotlarga xos xususiyatlar. Ularning birinchisini yashash zarurati keltirib chiqarsa, ikkinchisini hayotni rivojlantirish zarurati keltirib chiqaradi. Insoniyat jamiyatidagi jamoaviylik va individuallik tabiiy yashash sharoitlari va jamiyat hayotini rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqadi. G‘arb mamlakatlarida turmush kechirish og‘ir, moddiy boylik ko‘p bo‘lmagani uchun davlat va fuqarolar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat shakllangan. Individlarning erkin faoliyatiga yo‘l qo‘yish, hatto rag‘batlantirish jamiyat uchun foydali bo‘lgan. Aksincha, Sharq mamlakatlarida turmush kechirish osonroq, moddiy boylik nisbatan yetarli bo‘lgan sharoitda davlat uchun kishilarning erkin faoliyati emas, ularni o‘zi istaganday boshqarish maqsadida o‘ziga bo‘ysundirish, erkinligini cheklash oson, qulay imkoniyat yaratgan. Vaqt o‘tishi bilan Sharq mamlakatlarida jamoaviylikka, G‘arb mamlakatlarida individuallikka asoslangan madaniyat shakllana boshlagan. Ular kishilarning turmush tarziga, ruhiyatiga singib ketgan. Bu ikki tamoyilni bir-biridan ajratib o‘rganish ikki xil – jamoaviylik va individuallik dunyoqarashini keltirib chiqardi. Natijada insonning hayot mazmunini, erkinligini, munosabatlarini, axloqini turlicha nuqtai nazardan fikrlash shakllandi. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida jamoaviylik ham, individuallik ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida o‘zning ijobiy rolini o‘ynagan. Iqtisodiy hayotni yaxshilash uchun kurash, moddiy omil bosh maqsad bo‘lmagan, intensiv bevosita aloqalar hozirgi davr sharoitida sharqona va g‘arbona madaniyatda o‘zaro ziddiyatli qarashlar namoyon bo‘lmoqda. Ijtimoiy hayot hodisalariga turlicha baho berilmoqda. Ochiq jamiyat, Popper fikricha, jamoaviylikni siqib chiqaruvchi, individuallikni hukmron tamoyilga aylantiruvchi jamiyatdir. Popper jamoaviylikka istiqboli yo‘q tamoyil,- deb qaraydi. Z.Bauman inson jamoaviy harakatini nari borsa foydasiz, hatto alohida shaxsning muvaffaqiyati va baxti nuqtai nazaridan zararli, deb hisoblaydi. (Z.Bauman. Individualizirovannoe obщestvo. M., Logos, 2002, s.73). Z.Bauman hozirgi zamon jamiyatida barqaror ijtimoiy aloqalar bo‘lmasligi, insonning o‘z-o‘ziga o‘ralashib qolgani, boshqalarga loqaydligi, shaxslararo munosabatlarning yuzaki va o‘tkinchiligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham real hayot sharoitlari shunday. Individuallik nuqtai nazaridan to‘g‘ri va istiqbolga egadir. Ammo bunday qarashlar jamoaviylik nuqtai nazaridan ijtimoiy munosabatlar, inson erkinligi va axloqi, inson hayotining maqsadi haqidagi qarashlarga to‘g‘ri kelmaydi, bu hodisalarning istiqboliga beriladigan baho boshqachadir. Individuallik madaniyati ijtimoiy hodisalarni o‘zgarishda, yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishida olib qaraydi, an’anaviy axloqni eskirgan,- deb hisoblaydi. Jamoaviylik madaniyati mohiyatan konservativ, an’anaviy axloqni o‘zgarishsiz talqin qiladi. Aynan bu uning ijobiy tomonidir. Hayot taqozosi bilan kechayotgan o‘zgirishlarga salbiy qaraydi. Agar jamoaviylik va individuallikni alohida-alohida olib qarasak, ular bir-birini inkor qiladigan, qarama-qarshi nuqtai nazarlarda qolamiz. Inson erkinligi, hayotdan maqsadi, oila nima ekanligi, jinsiy hayotning maqsadi nima ekanligi turlicha hal qilinadi. Agar ular bir-birlarini mutlaqlashtirishdan tiyib turuvchi o‘zaro bog‘liq tamoyillar sifatida qaralsa, boshqacha manzaraga duch kelamiz. Har ikkala tamoyilning o‘ziga xos, ijobiy jihatlarini mezon qilib olamiz. Shu bilan birga ularning umumiy, muhim mezonlari mavjud. Bu esa insoniyat istiqboli, mehr-oqibat, fidoiylik, insoniylikdir. Bu tushunchalarga umumiy qarashlarni ishlab chiqish kerak. Shu tariqa ratsional jamoaviylik va ratsional individuallik vujudga keladi, ya’ni har qaysisining salbiy jihatlari bartaraf etiladi(tiyib turiladi). Jamoaviylik va individuallikning ijtimoiy hayotni tashkil etishda, tartib-qoidalarni belgilashda roli bo‘lib kelgan. Masalan, mamlakatimiz aholisi urf-odatlarini olaylik. Bu yerda an’anaviy madaniyatga hukmron,- deb qaraladi. O‘zbeklarning to‘y va marosimlari ko‘pchilik harakatisiz o‘tmaydi. Bu jarayonda har bir inson boshqalarning o‘ziga nisbatan mehri, hurmati, sadoqati va jonkuyarligini his kiladi. Marhum qabristonga olib ketilayotganda (masofa yaqin bo‘lsa, tobut qo‘lda ko‘tarib ketiladi), notanish kishi bo‘lsa ham uch marta uch qadam ko‘tarishib, bandalik burchini bajo aylaydi. Marhumni qabristonga olib borayotgan kishilar to‘dasidan quvib o‘tib ketish hurmatsizlik hisoblanadi. Marhumning eshigi oldidan o‘tib ketayotgan notanish odam ham tilovat qilib, hamdardlik bildirib o‘tadi. Keksalarga hurmat, bolalarga izzat, boshqa kishilarga mehr-oqibat ma’lum harakatlarda ifoda etiladi. Individuallik madaniyatida insoniy istaklari va maqsadlarini hisobga olish, avvalo, o‘z maqsad-muddaolariga zarar yetkazmaslik, tenglik, adolat (bu tushunchalar ham o‘ziga xos mazmunga ega) tamoyillari asosida yondashiladi.
Hissiyot. His-tuyg‘u. Odam ko‘pincha o‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea va hodisalarga nisbatan befarq bo‘lib qololmaydi, balki xursandchilik, xafa bo‘lish, ruhlanish yoki g‘amginlik holatlari orqali o‘z munosabatini bildiradi.
Demokratik jamiyatning ideali, oliy maqsadi har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bunday shaxs esa ta’lim-tarbiya tizimini ta’siri ostida shakllanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining samarali borishi esa ko‘p jihatdan o‘qituvchi-pedagoglarning faoliyatiga, ongli faoliyatning muayyan maqsadga qaratilganiga va shu maqsadda erishish uchun qat’iyat bilan kurash olib borishga bog‘liqdir.
Shu bois hozirgi sharoitda o‘z-o‘zini tarbiyalash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z-o‘zini tarbiyalash iborasi pedagogik adabiyotlarda asosan o‘tgan asarning o‘rtalarida ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘z-o‘zini takomillashtirish haqida qadimdan fikr yuritiladi. O‘tmishning ko‘pgana faylasuflari, pedpagoglar o‘z-o‘zini takomillashtirishning mohiyati uning jamiyat va inson hayotidagi rolini ochib berishga urinishgan.
Ma’lumki, inson ijtimoiy mavjudotgina bo‘lmay, tabiat mahsuli hamdir. Uning dunyoga kelishi, o‘sishi hayotning umumiy qonuniyatlari birinchi navbatda o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil rivojlanishi kabi jarayonlarga ham bog‘liqdir.
Mustaqil rivojlanishni shaxs o‘zi anglagan yoki anglamagan bo‘lishi mumkin. Shaxs o‘z rivojlanishini anglagandagina bu rivojlanish o‘z-o‘zini o‘stirishga aylanadi. O‘z-o‘zini o‘stirish o‘z navbatida rivojlanib borib shaxsni takomillashtirishga binobarin o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanish mumkin.
Kishi o‘z shaxsining shakllanishida hamma vaqt bevosita ishtirok etadi. Lekin bunday ishtirokning faollik darajasi har xil bo‘ladi. Masalan: kishi o‘zi anglamasdan birov qilayotgan ish harakatini unga ergashib bajarishga kirishadi. Bunday erishish borib-borib ongli harakatga, ongli harakat o‘z navbatda o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanadi.
Tarbiya kuchayib, o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanishi uchun muayyan ichki zaminlar va tashqi sharoitlar zarur bo‘ladi. Tadqiqotchilar ichki zaminlar qatoriga o‘z-o‘zini anglab bilishining yuksak darajada bo‘lishini (A.Ya.Aret, A.A.Bodalev, A.G.Koralev), o‘z-o‘zini boshqara olishni (V.I. Selivanov, A.I. Visoskiy) tez rivojlanishga bo‘lgan extiyojni kiritadilar.
O‘z-o‘zini tarbiyalashda odam o‘z shaxsining, sharoitlarni, faoliyatining, natijalarini, kuch va qobiliyatlarini o‘stirish jarayonini yaxshi anglaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash irodaviy jarayonlar bilan, u shaxs irodaviy sifatlarining butun majmuasidan iborat. O‘ziga tarbiyachilik, o‘zidan norozilik, mashhur bo‘lishga intilish, rivojlanishga bo‘lgan etiyojning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalashning bu ichki zaminlari muayyan ijtimoiy va pedagogik sharoitlarda ro‘yobga chiqadi.
Pedagogika va va psixologiya umumiy nazariy qoidalarga tayanib, o‘z-o‘zini tarbiyalashning qo‘yidagi belgilari ajratiladi:
-o‘z-o‘zini tarbiyalash-o‘zini anglagan o‘zini-o‘zi boshqarish irodasi va rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojning yuksak darajada taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi.
-o‘z-o‘zini tarbiyalashning paydo bo‘lishi hamma vaqt muayyan ichki zaminlar va tashqi sharoitlar bilan bog‘langandir: ichki zaminlar bilan tashqi sharoitlar esa tarbiyaning natijasidir.
-o‘z-o‘zining tarbiyalash shaxs tarkib topishining hal qiluvchi sharoitlar va asosiy yo‘nalishlarida kishi psixologiyasining rivojlanishini tezlatuvchi o‘ziga xos omildir;
-o‘z ustida ishlash kishining barcha kuch va qobiliyatlarini jadallik bilan ishlatilishni talab qiladi. Bu o‘zi navbatda ularning tez rivojlanishini ta’minlaydi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayondir. Bir tomondan odam ruhiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini, uning eng muhim hayoti zarur ongi o‘z-o‘zini anglashi, qiziqish va ehtiyojlari, his-tuyg‘ulari va irodasini shakllantirish bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik jarayon bilan davom etadigan pedagogik jarayon hamdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining murakkabligi bois bu tushuncha turlicha ta’riflanadi, izohlanadi, ammo ularning o‘z mazmuni bilan bir-biridan keskin farq qilmaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash-bu shaxsning u yoki bu nuqsonlarni yo‘qotish va unda ijobiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o‘z ustida ongli hamda tizimli ish olib borishidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash- bu muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, o‘z huquqini anglashga va tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilishga muttasil intilish, o‘rnida yomon xislat va odatlarni yo‘qotish chinakam axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
O‘z- o‘zini tarbiyalash- bu o‘z-o‘ziga talabchanlikni doimiy oshirib borish, yaxshi yashashgagina emas, balki yaxshi odam bo‘lishga ongli ravishda intilishdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash- bu kishining xilma-xil ijtimoiy tajribani egallashga va hayotiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan axloqiy sifatlarning shakllanishiga qaratilgan harakatidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash- oldin olingan tarbiya ta’siri ostida vujudga keladigan ehtiyoj bo‘lib, shaxs bu ehtiyojni qondirishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |