Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet94/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

O‘z-o‘zini ijtimoiy tarbiyalash- bu shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida takomillashtirishga, o‘tmish avlodlari ijtimoiy tajribasin o‘zlashtirishga, jamiyat an’analari, hayot tarzi, fuqarolik va oila a’zolariga bo‘ysunishiga o‘rgatish faoliyatidir.

O‘z-o‘zini estetik jihatdan tarbiyalash -shaxsning estetik madaniyatini, badiiy estetik ehtiyojlarini, qobiliyatlarini o‘stirishga, san’at turlariga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir.

O‘z-o‘zini jismoniy jihatdan tarbiyalash shaxsning jismoniy yetuk organizmining sog‘lom va chiniqqan bo‘lishini nazarda tutadi va ish qobiliyatini uzoq yillargacha saqlashini ta’minlashga qaratilgan.

O‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zagi axloqiy tarbiyasidir.

Bu o‘qituvchining yuksak axloqiy madaniyatga erishishida o‘z-o‘ziga baho berish, o‘zini tartibga solishi, xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarni egallashga qaratilgan irodaviy faoliyatidir.


O‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojlari.
1.Ijtimoiy burchinchi anglash;
2.O‘qituvchining o‘zida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘zini yanada rivojlantirish;
3.Maktab jamoasi oldida, oilada, hamkasblari orasida obro‘ qozonishga intilish;
4.O‘ziga tanqidiy qarash, o‘z-o‘zini to‘g‘ri baholay bilish;
5.Namuna (ayrim kishilarning hatti-harakati, hulqining boshqalar uchun o‘rnak bo‘lishga intilish);
6.O‘z madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlar.
O‘z ustida ishlash kishidan aniq maqsadlarga intilishda o‘rnak olish uchun tanlangan namunani to‘la tasavvur qilishni, o‘z hayotini qat’iy tartib asosida yo‘lga qo‘yishni, muttasil irodaviy zo‘r berishni talab etadi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari:
1. o‘z-o‘zini kuzatish
2.o‘z-o‘zini boshqalar bilan taqqoslab ko‘rish
3. o‘z-o‘zini baholash.
4. o‘z-o‘zini tahlil qilish.
5. o‘z-o‘zini nazorat qilish.
6.o‘z-o‘zini ishontirish.
7.o‘z-o‘ziga buyruq berish.
8.o‘z-o‘zini rag‘batlantirish.
9.o‘z-o‘zini jazolash, qoralash.
10.o‘z-o‘ziga hisobot berish.
11.o‘z-o‘zini ma’qullash.
12.o‘z-o‘zini majbur qilish.
13.o‘z-o‘zini mashq qildirish.
Pedagogik ijodkorlik va muloqot jarayonida vujudga keladigan zo‘riqishni, shuningdek boshqa noxush holatlarini yengishi uchun o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalash yuzasidan doimiy ish olib borish zarur. Binobarin, o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘z-o‘zini bilimidan boshlanadi.
O‘z-o‘zini bilimini-o‘zida qanday ijobiy fazilatlar mavjdudligi, qaysi fazilatlar yaxshi rivojlanayotganligi, qaysilari sekin va muvoffaqqiyatsiz o‘sayotganligi haqida doimo habardor bo‘lib turishdir.
O‘zini bilimi-o‘zini kuzatish, boshqalar bilan taqqoslab ko‘rish, tahlil qilish va baholash nazarda tutadi.
O‘zini kuzatishda o‘ziga yuksak darajada talabchan bo‘lishi kerak, aks holda kishi o‘z imkoniyatlari va qobilyatlariga ortiqcha baho berib yuborish, o‘z nuxsonlarini payqamasligi mumkin.
Shuning uchun o‘zini kuzatishi natijalarini doimo tekshirib turish ularni o‘zi xaqidagi boshqlarning fikri bilan solishtirib ko‘rish, taqqoslash kerak.
Taqqoslashda qo‘yidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
-tashqi ko‘rinish emas, balki odamlarning ma’naviy dunyosini taqqoslash:
-boshqa shaxs va o‘zi haqida gapga asoslanmasdan, amalyotga qarab fikr yuritish:
-o‘ziga nisbatan bo‘sh, tayyorgarlik darajasini, tajribasi pastroq odam bilan emas, balki o‘zidan ustunroq odam bilan taqqoslash.
O‘z-o‘zini tahlil qilish- o‘z xulq atvorini faoliyatini fikran ayrim qismlarga bo‘lib, o‘z faoliyatida namoyon bo‘lgan ichki dunyosining tahlilidir.
O‘zini tahlil qilish o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z xulqini to‘g‘ri uyushtirish vositasi bo‘lib, tanqid bilan tugatiladi.
O‘zini yetarli darajada to‘g‘ri baholash o‘zini tarbiyalash zarur shartidir. Ijobiy va salbiy xislatlarning umumiy yig‘indisi asosida o‘zini tarbiyalash dasturi tuziladi.
Kishining o‘z kuchi va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘zini shaxs sifatida shakillantirshda belgilangan har qanday faoliyatda o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘ladi. O‘zini tuta bilish, ishontirish o‘ziga buyruq berish o‘zini tarbiyalashning muhim metodlaridir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash-bu o‘z irodasini, xis-tuyg‘ularini, kayfiyatini boshqarishga, nojo‘ya harakatlardan o‘zini tiyishga yoki to‘g‘ri harakatni har qanday sharoitlarda ham davom ettirilishga qaratilish demakdir.
Tevarak-atrofdagi muhit bilan shaxs o‘rtasida nizolar chiqishiga, o‘zaro tushunmovchiliklarga, yakkalanib qolishga ko‘pincha sabab bo‘ladigan jizzakilik, beparvolik kabi salbiy xislatlar axloqiy nuqsonlargina bo‘lmay, balki irodaviy nuqsonlar hamdir.
O‘zini tuta bilishni tarbiyalash uchun kishi o‘z xulq-atvorini nazorat qilishni o‘zidagi bevosita qiziqqonligini to‘xtatib qola olishni, o‘z harakatlarini oldindan o‘ylab bajarishga o‘rganish kerak. Mehnat va odam omilining aniq rejim asosida tashkil etishi o‘zini tuta bilishini tarbiyalashning muhim shartidir.
O‘z-o‘zini ishontirish metodini qadimgi greklar qo‘llagan, u aslida juda oddiy-kerak, xohlayman va bajaraman, degan ma’noni anglatadi.
O‘z-o‘zini ishontirish metodi izchillikni, maxsus ruhiy mashq (trening) qilishni talab etadi.
O‘z-o‘ziga buyruq berish-o‘zini majbur etish.
Kuchli irodani talab qiladi. Bunday faoliyat qabul qilingan qarorni bajarish uchun barcha kuchlarni to‘plash, o‘zini faol, astoydil ishlashga harakat qilishlarga majbur etishdan iborat.
O‘zini majbur etish ayniqsa, o‘z kamchiliklarini va nuqsonlarni bilganda va ularni bartarf qilishda qo‘llaniladi. Buning uchun esa kishi o‘z irodasini ishga solish, o‘zini ongli intizomga bo‘ysushnishga odatlantirishi zarur.
O‘z ustida ishlashda qo‘llaniladigan metodlar shaxsning qarashlari, hayotiy maqsadlari tutgan yo‘li asosiy ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bog‘liqdir.
O‘z-o‘zini tarbiyalashning barcha metodlarini yaxshi bilish va ulardan amaliyotda mohirona foydalanish har bir shaxsning muhim vazifasidir. Bu shaxsga, birinchidan o‘z kasbi, mahoratini oshirish uchun o‘z ustida tinmay ishlay, o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan doimo shug‘ullanish, ikkinchidan, tarbiyalanuvchi shaxsni bilimi oshirishlariga, o‘z shaxsini takomillashtirishga o‘rgatish uchun ham kerak bo‘ladi.
Faqat o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari bilimi va ulardan mohirona foydalanishgina mahoratli shaxsni shakllantirish uchun asos bo‘la oladi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish