Qanchasi zulm ila olamni oldi,
Go‘rga o‘zi ketdi, olgani qoldi.
A) «Darvesh hikoyati»da
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»da
C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatida
D) Astar va avra bo‘z kiyib yuradigan podsho haqidagi hikoyatda#
30. Quyidagi hikmat Sa’diyning qaysi hikoyatining mantiqiy xulosasi hisoblanadi?
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’rof.
A) «Darvesh hikoyati» B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»#
C) «Ayb qidirmaslik haqida» D) «Hunar o‘rganmoq haqida»
31. Sa’diyning qaysi hikoyati ichida «Faqir shu paytlar Shom safariga ketdim» misralari uchraydi?
A) «Darvesh hikoyati» # B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»
C) «Ayb qidirmaslik haqida» D) «Hunar o‘rganmoq haqida»
32. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?
Biyobonda quduq qazolmasang, boq,
Qabristonga kirib bitta chiroq yoq.
A) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatidan
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan
C) Sahroda tashna itga suv bergan inson haqidagi hikoyatdan#
D) Astar va avra bo‘z kiyib yuradigan podsho haqidagi hikoyatdan
33. Quyidagi jumla Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?
«O‘g‘li araq ichib, mast holida bir kishini o‘ldirib qochdi. Emdi oning uchun otasin tutub, zindonga solub, oyog‘in zanjir bilan band etmishlar».
A) «Darvesh hikoyati»# B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»
C) «Ayb qidirmaslik haqida» D) «Hunar o‘rganmoq haqida»
34. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?
«Damashq (Shom)lik do‘stlar suhbatidan faqirga malolat yetib, Quddus sahrosiga yuz burdim va hayvonot bilan do‘st tutinib, ular bilan qo‘shilib yurdim».
A) «Darvesh hikoyati» B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati» C) «Hikoyat»# D) «Hunar o‘rganmoq haqida»
35. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq.
A) «Muhabbatnoma»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan# D) «Hikmatlar»dan
36. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Arablarda bir so‘z bordir, yaxshi boq,
Odobsiz boladan yo‘g‘i yaxshiroq.
A) «Muhabbatnoma»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan# D) «Hikmatlar»dan
37. Quyidagi bayt Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas,
Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas.
A) «Bo‘ston»dan# B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan
38. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Niholin o‘stirar daraxt ko‘p zamon,
Bir zumda qo‘porib tashlaydi bo‘ron.
Davlating borida ishing sol yo‘lga,
O‘tib ketajakdir u qo‘ldan qo‘lga.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan# D) «Hikmatlar»dan
39. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak-don,
Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan#
40. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
«Yaxshi odamning uyida yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir. Bunday xotin bilan yashamoqdan Yaratganning do‘zaxi olovida yonmoqni afzal bilaman».
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan#
C) «Mufradot»dan D) «Hikmatlar»dan
41. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.
A) «Bo‘ston»dan B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan# D) «Hikmatlar»dan
42. Sa’diy Sheroziy hikmatlarining ikkinchi misralarini o‘z o‘rniga qo‘ying.
1) Ustiga kitob ortilgan eshak…
2) Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil…
3) Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang…
4) Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq…
a) Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq.
b) So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
c) Na olim va na donodir beshak.
d) Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.
A) 1–c, 2–b, 3–a, 4–d B) 1–b, 2–c, 3–d, 4–a
C) 1–d, 2–b, 3–c, 4–a D) 1–c, 2–b, 3–d, 4–a#
43. Quyidagi she’r qaysi asardagi hikoyatning xulosasi tarzida beriladi?
«Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilkidin xalos etti.
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
Qo‘y ko‘rib oni ayladi afg‘on:
«Ki, bo‘rini tutar erdim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen erkansan».
A) «Bo‘ston» B) «Guliston» #
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
44. Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub quyidagi misralar qaysi janrda yozilgan?
Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilkidin xalos etti.
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
Qo‘y ko‘rub ayladi fig‘on:
«Ki, bo‘rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen ekansan».
A) qit’a B) masnaviy # C) ruboiy D) g‘azal
45. Sa’diyning «Guliston» asaridagi «Hikoyat»da Halab ulug‘laridan biri farang xalqiga asir bo‘lgan odamni qancha pul berib ozod qiladi?
A) 10 tilla # B) 13 tilla C) 15 tilla D) 23 tilla
46. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatidan olingan?
Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
A) «Darvesh hikoyati»dan#
B) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan
C) «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyatidan
D) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatidan
47. Sa’diy Sheroziyning quyidagi she’ri qaysi janrda yozilgan?
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’ rof.
A) ruboiy B) masnaviy C) qit’a# D) g‘azal
48. Sa’diy Sheroziyning quyidagi she’ri qaysi janrda yozilgan?
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a’ rof.
A) ruboiy B) masnaviy C) qit’a# D) g‘azal
49. Sa’diyning «Bo‘ston» asarida buloq boshiga dunyoning o‘tkinchiligi haqidagi quyidagi baytni yozib qoldirgan podshoh kim?
Ko‘plar ham bu chashma boshiga yetdi,
Suv ichdi, dunyodan ko‘z yumib ketdi.
A) Iskandar B) Sulaymon C) Jamshid# D) Afrosiyob
50. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,
Yaxshiga yaxshilik yaxshi – buni bil.
A) «Bo‘ston»dan
B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan #
D) «Hikmatlar»dan
51. Quyidagi hikmat Sa’diyning qaysi asaridan olingan?
Tozalik axtargil, ey o‘zi xira,
Ne ko‘rsatar ko‘zgu, gar yuzi xira.
A) «Bo‘ston»dan #
B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan
D) «Hikmatlar»dan
52. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak.
A) «Bo‘ston»dan
B) «Guliston»dan
C) «Mufradot»dan#
D) «Hikmatlar»dan
Do'stlaringiz bilan baham: |