QO‘SHIMCHA TESTLAR
49. Muqimiy qanday oilada tug‘ilgan?
A) novvoy oilasida# B) bo‘zchi oilasida
C) temirchi oilasida D) hunarmand – to‘quvchi oilasida
50. Muqimiy dastlab kimning qo‘lida tahsil olgan?
A) otasi Mirzaxo‘ja qo‘lida
B) onasi Oyshabibi qo‘lida
C) o‘z mahallasidagi Mulla Abduxalil maktabida#
D) o‘z mahallasidagi Mulla Mirzaxo‘ja maktabida
51. Muqimiy dastlab qaysi madrasada tahsil olgan?
A) Qo‘qondagi «Hokimoyim» madrasasida#
B) Buxorodagi «Mehtar anbar» madrasasida
C) Buxorodagi «Hokimoyim» madrasasida
D) Qo‘qondagi «Mehtar anbar» madrasasida
52. Muqimiy qayerlarda ishlagan?
1) Yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan;
2) Bekvachcha mahallasida novvoylik qilgan;
3) Sirdaryo bo‘yidagi Oqjar paromida pattachilik qilgan;
4) «Hokim oyim» madrasasida xattotlik qilgan.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 3# D) 1, 2, 4
53. Muqimiy qaysi madrasadan bir hujra olib «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazgan?
A) «Hokim oyim» madrasasidan
B) «Mehtar anbar» madrasasidan
C) Hazrat madrasasidan#
D) mulla Abduxalil madrasasidan
54. Muqimiy qaysi zamonasining yetuk xattotidan ta’lim olgan?
A) Muhammad Munshiydan B) Muhammad Mirzodan
C) Muhammad Yusufdan # D) Muhammad Alidan
55. Muqimiy oilasidan ajralgach, hayotida nima asosiy kasb va tirikchilik manbai bo‘lib xizmat qilgan?
A) pattachilik B) mirzalik C) xattotlik # D) novvoylik
56. Muqimiy Qo‘qonda yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi. Quyidagilardan ushbu adabiy guruhga mansub shoirlarni toping.
1) Furqat; 2) Zavqiy; 3) Nisbat; 4) Muhayyir;
5) G‘aribiy; 6) Nasimiy; 7) Mavlaviy.
A) 2, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7#
57. Muqimiyning ilm olishi va badiiy ijodga erta qiziqishida kimning ta’siri kuchli bo‘lgan?
A) onasi Oyshabibining # B) otasi Mirzaxo‘janing
C) mulla Abduxalilning D) A va B
58. Muqimiyning oilasi nima sababdan buzilib ketadi?
A) moddiy muhtojlik sabab# B) ayolining xiyonati sabab
C) ijodga sho‘ng‘igani sabab D) farzandsizlik sabab
59. Muqimiy «Sayohatnoma»sining boshlanmasi bo‘lgan quyidagi misralardagi «garduni dun», «xun», «ahli funun», «kajraftor» so‘zlarining ma’nolarini aniqlang.
Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun.
Ko‘rdiki, bir ahli funun –
Charx anga kajraftor ekan.
A) falak; qasos, qiyomat; bilimdonlar; teskari aylanuvchi, jabr-sitam yetkazuvchi
B) teskari falak; qon; hunar ahllari, savdogarlar; teskari aylanuvchi
C) teskari ish; qasos; hunar ahllari, hunarmandlar; jabr-sitam yetkazuvchi
D) teskari falak; qon; hunar ahllari, bilimdonlar; teskari aylanuvchi#
60. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi «dilfuzo», «dilkusho» so‘zlarining ma’nosi nima?
Vodil maqomi dilfuzo,
Ko‘chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga, obishor ekan.
A) ko‘ngilni quvontiruvchi, ko‘ngil oluvchi#
B) ko‘ngli to‘q, ko‘ngilni vayron qiluvchi
C) quvnoq, baxtli
D) A va C
61. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi «do‘g‘malari» so‘zining ma’nosi nima?
Do‘g‘malari ham xo‘b bajo,
Volosnoyi uddaburo,
Yurt ishlarini doimo
Xayriyatin ko‘zlor ekan.
A) amaldorlari # B) shoirlari C) xattotlari D) hofizlari
62. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi «badkor» so‘zining ma’nosi nima?
Mingboshilik kimning ishi
Desam, dedi bedonishi,
Bir qo‘shtegirmonlik kishi,
Xo‘ja Iso badkor ekan.
A) qaroqchi B) mehnatsevar
C) yomon qo‘shiq kuylovchi D) yomonlik qiluvchi#
63. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi «rido» so‘zining ma’nosi nima?
Mingboshisi so‘finamo,
Tasbeh-u bo‘ynida rido,
Cho‘qib qochar zog‘i alo,
Bir dog‘uli ayyor ekan.
A) ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan oq ro‘mol#
B) ruhoniylar yelkasiga tashlab yuradigan yaktak
C) ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan xaltacha
D) A va B
64. «Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchadagi «najjor» so‘zining ma’nosi nima?
Du bora yurdum dashtlab,
Bodom koniga qarab,
Mirza Umarni so‘rag‘lab
Havlisida najjor ekan.
A) duradgor# B) bog‘bon C) cho‘pon D) novvoy
65. Muqimiy nechanchi yillarda Qo‘qonni tark etib, Toshkentga boradi?
A) 1884–1885-yillarda B) 1885–1886-yillarda
C) 1887–1888-yillarda# D) 1889–1890-yillarda
66. Muqimiy nechanchi yilda ikkinchi marta Toshkentga yo‘l oladi?
A) 1891-yilning oxirlarida B) 1891-yilning boshlarida
C) 1892-yilning boshlarida# D) 1893-yilning oxirlarida
67. Muqimiy nechanchi yillarga kelib tez-tez kasalga chalinib, 4–5 oylab yotib qoladigan bo‘ladi?
A) 1898–1899-yillar# B) 1899–1890-yillar
C) 1890–1901-yillar D) 1901–1903-yillar
68. Muqimiy 1872–1873-yillarda qayerda o‘qigan?
A) Qo‘qondagi «Hokimoyim» madrasasida
B) Buxorodagi «Mehtar anbar» madrasasida#
C) Buxorodagi «Hokimoyim» madrasasida
D) Qo‘qondagi «Mehtar anbar» madrasasida
69. Muqimiy nechanchi yilda o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga qaytadi?
A) 1872-yil B) 1873-yil C) 1874-yil D) 1876-yil#
70. Milliy uyg‘onish adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muqimiy qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1840-yili Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
B) 1840-yili Qo‘qon shahrining Mergancha mahallasida
C) 1850-yili Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida
D) 1850-yili Qo‘qon shahrining Bekvachcha mahallasida#
Do'stlaringiz bilan baham: |