QO‘SHIMCHA TESTLAR
23. Zahiriddin Muhammad Boburning otasi kim?
A) Abulqosim Mirzo B) Shohrux Mirzo
C) Umarshayx Mirzo# D) Yunusxon
24. Boburning quyidagi ruboiysida qo‘llanilgan «siym» va «laim» so‘zlarining ma’nolarini toping.
Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
A) bezak, savdogar B) oltin, kumush; gado#
C) banda, hammol D) inson, gado
25. Bobur qaysi shaharlarni jangsiz egallaydi?
A) Kobul va Agrani B) Agra va Dehli
C) Dehli va Kobulni D) Kobul va G‘aznani #
26. Bobur ruboiylarida qo‘llangan «mahmil» so‘zining ma’nosini toping.
A) tuya va boshqa ulov ustiga o‘rnatilgan, odam o‘tiradigan, usti yopiq kajava
B) kajavadagi yuk
C) tuya va boshqa ulov ustiga o‘rnatiladigan egar-jabduq
D) A va B#
27. Boburning quyidagi ruboiysidagi «g‘urbat» so‘zini izohlang.
Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
A) g‘ariblik, vatandan uzoqda bo‘lish#
B) azob, mashaqqat
C) nochorlik, tinimsiz harakat
D) kambag‘allik, bilimsizlik
28. Boburning avlodlari hind diyorida qancha muddat hukmronlik qildilar?
A) yuz yilga yaqin B) uch yuz yildan ortiq#
C) ikki yuz yildan ortiq D) to‘rt yuz yilga yaqin
29. Bobur necha yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi va necha yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi?
A) 12, 13 B) 13, 14
C) 15, 16 # D) 16, 17
30. Samarqandni ham Andijonni ham qo‘ldan bergach, Bobur nechanchi yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tadi?
A) 1503-yilda # B) 1507-yilda
C) 1525-yilda D) 1526-yilda
31. Bobur nechanchi yilda Hindistonni zabt etib, boburiylar saltanatiga asos soladi?
A) 1503-yilda B) 1523-yilda
C) 1525-yilda D) 1526-yilda#
32. Bobur 1503-yilda qaysi shaharlarni qo‘lga kiritadi?
A) Kobul va Agrani B) Agra va G‘aznani
C) Kobul va G‘aznani# D) Dehli va Kobulni
33. Boburning quyidagi ruboiysidagi «beqayd» so‘zining ma’nosi?
Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
A) erkin B) kishansiz
C) oltin-kumushsiz D) A va B#
34. Bobur ruboiylarida qo‘llangan «ahbob», «mustag‘roq», «payom» so‘zlarining ma’nolarini toping.
A) do‘stlar, yorlar; g‘arq bo‘lgan, cho‘mgan; xat
B) sahobalar; yiqilgan, cho‘mgan; xabar, darak
C) do‘stlar; yiqilgan, cho‘mgan; xat, maktub
D) do‘stlar; g‘arq bo‘lgan, cho‘mgan; xabar, darak#
35. Boburning onasi kim?
A) Zuhrabegim B) Bibixonim
C) Qutlug‘nigorxonim # D) Gavharshodbegim
36. Toshkent hokimi Yunusxon Boburga kim bo‘ladi?
A) ota tomondan bobosi B) ona tomondan bobosi#
C) katta tog‘asi D) kichik amakisi
37. Boburning quyidagi ruboiysidagi «ijtinob» so‘zining ma’nosini toping.
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a kuldurmen.
Nisbat yo‘qdur, deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen!
A) yiroqlashish B) tortinish, chekinish
C) saqlanish D) barcha javoblar to‘g‘ri#
38. Otasi bevaqt vafot etgach, Farg‘ona hokimligi necha yoshli Boburning zimmasiga tushadi?
A) 10 yoshli B) 12 yoshli #
C) 15 yoshli D) 16 yoshli
39. Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1473-yilning 9-fevralida Andijonda
B) 1473-yilning 14-fevralida Farg‘onada
C) 1483-yilning 14-fevralida Andijonda#
D) 1483-yilning 9-fevralida Farg‘onada
40. Bobur qachon, qayerda vafot etadi va keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, qaysi shaharga ko‘chiriladi?
A) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Dehliga
B) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Kobulga#
C) 1526-yilning 26-dekabrida Dehlida, Kobulga
D) 1526-yilning 26-dekabrida Dehli, Agraga
Do'stlaringiz bilan baham: |