QO‘SHIMCHA TESTLAR
53. Sa’diy Sheroziyning «Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralaridagi «sarbon» kim?
A) tuya yetaklovchi karvonboshi#
B) otlarning podaboshisi
C) karvonda ot va tuyalarga qarovchi odam
D) A va B
54. Sa’diy Sheroziy she’rlari tahlilida uchraydigan «mahofa» so‘zining ma’nosi nima?
A) qul
B) himoyalangan, muhofazalangan
C) jannat va do‘zax o‘rtasi
D) avtomobil kabinasini esga tushiruvchi moslama uycha#
55. Sahroda tashna itga suv bergan inson haqidagi hikoyatda inson itga nimada suv olib beradi?
A) xaltasida B) dastorida
C) etigida D) qalpog‘ida#
56. Sa’diy Sheroziyning quyidagi hikmatidagi «mor», «nohamvor» so‘zlarining ma’nolarini toping.
Bo‘g‘oz xotun, ayo donoyi hushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddinkim
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
A) ilon, hamiyatsiz B) chayon, tentak
C) ilon, tentak# D) chayon, hamiyatsiz
57. Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy tug‘ilgan Sheroz shahri qayerda joylashgan?
A) Turkiyada B) Eronda#
C) Arabistonda D) Iroqda
58. Sa’diyning «Guliston» asaridan olingan quyidagi parchadagi «e’timod», «siym», «zar» so‘zlarining ma’nolarini toping.
«Ey jon farzandlarim, hunar o‘rganinglar, negakim mulk va molg‘a e’timod yo‘qdurur. Siym va zar xatar mahallidadur – yo o‘g‘ri barchasini birdan olur va yo hakim oz-oz olib yo‘q etar».
A) ishonch, kumush, oltin # B) baho, bezak, oltin
C) e’tiqod, qimmatbaho, kumush D) ko‘ngil, qimmatbaho, oltin
59. Sa’diy Sheroziyning quyidagi misralaridagi «oy qursi», «a’rof», «vale» so‘zlarining ma’nosini toping.
Qorning to‘q esa, arpa noni yaxshi ko‘runmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
A’rof behisht o‘lg‘usidur do‘zax eliga,
Jannat eliga bo‘lg‘usi do‘zax vale a ‘rof.
A) oppoq oy, jannat va olam o‘rtasi, lekinning qisqa shakli
B) oydin tun, jannat, va bog‘lovchisining qisqa shakli
C) yarim oy, bu dunyo va u dunyo o‘rtasi, va lekinning qisqa shakli
D) to‘lin oy, jannat va do‘zax o‘rtasi, va lekinning qisqa shakli#
60. Manbalarda Sa’diy Sheroziyning tug‘ilgan yili deb qaysi sanalar ko‘rsatiladi?
A) 1182-yil, 1184-yil, 1203-yil, 1211-yil
B) 1182-yil, 1184-yil, 1205-yil, 1211-yil
C) 1184-yil, 1189-yil, 1203-yil, 1210-yil#
D) 1184-yil, 1188-yil, 1203-yil, 1210-yil
61. Sa’diy Sheroziyning «Bo‘ston» asari nechanchi yili o‘zbek tiliga tarjima qilingan?
A) 1958-yili B) 1960-yili #
C) 1962-yili D) 1968-yili
Do'stlaringiz bilan baham: |