26-§. ERKIN VOHIDOV
«NIDO» DOSTONIDAN. «NIDO» DOSTONI HAQIDA.
(Darslikda 141–149 betlar)
1. «Nido» dostonidan olingan quyidagi parchadagi nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying.
… qaytganda uyga to‘satdan,
O‘g‘li: «Dadajon», – deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan,
Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
A) Xolmurod aka B) Xol aka #
C) Juman aka D) Rustam aka
2. Qisman avtobiografik xarakterga ega bo‘lgan «Nido» dostonida yomon oqibatlari tasvirlangan Ikkinchi jahon urushida qancha odam halok bo‘lgan?
A) qirq millionga yaqin B) qirq milliondan ortiq
C) o‘ttiz millionga yaqin D) ellik milliondan ortiq#
3. Erkin Vohidovning qaysi she’rlarida chuqur ma’no, go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan?
1) «Tong lavhasi»; 2) «Ona Vatanim»; 3) «Buloq»;
4) «Sevgi»; 5) «Ona tuproq»; 6) «Quyosh maskani».
A) 1, 2, 4, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5#
4. Erkin Vohidovning dostonlarini toping.
1) «Nido»; 2) «Orzu chashmasi»; 3) «Palatkada yozilgan doston»; 4) «Quyosh maskani»; 5) «Ruhlar isyoni»; 6) «Itoat».
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5#
5. Erkin Vohidov tarjimalarini toping.
A) N.A. Nekrasov she’rlari va Gyotening «Faust» asari
B) Shevchenko she’rlari va Dantening «Ilohiy komediya» asari
C) S. Yesenin she’rlari va Dantening «Ilohiy komediya»
D) Sergey Yesenin she’rlari va Gyotening «Faust» asari#
6. Quyidagi misralar Erkin Vohidovning qaysi asaridan olingan?
Asrdosh birodar, qo‘lni ber,
Kel, Yerga qilaylik qasamyod:
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
A) «Nido» # B) «Istanbul fojiasi»
C) «Oltin devor» D) «Palatkada yozilgan doston»
7. E. Vohidovning ilk to‘plamini toping.
A) «Tong nafasi»# B) «Ishq savdosi»
C) «She’r dunyosi» D) «Ko‘ngil nidosi»
8. Erkin Vohidov asarlarini toping.
1) «Qo‘shiqlarim sizga»; 2) «Yurak va aql»;
3) «Mening yulduzim»; 4) «Nido»;
5) «Lirika»; 6) «Palatkada yozilgan doston»;
7) «Yoshlik devoni»; 8) «Charog‘bon»;
9) «Dostonlar»; 10) «Muhabbat»;
11) «Hozirgi yoshlar»; 12) «Tirik sayyoralar»;
13) «Iztirob».
A) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13
B) 1, 2, 3, 6, 7, 8, 11, 12, 13
C) 1, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13#
9. Erkin Vohidov qalamiga mansub dramalar qaysilar?
A) «Oltin devor», «Istanbul fojiasi»#
B) «Ishq savdosi», «She’r dunyosi»
C) «Mardlik cho‘qqisi», «Yaxshilikka yaxshilik»
D) «Hozirgi yoshlar», «Oltin devor», «Istanbul fojiasi»
10. Erkin Vohidov qalamiga mansub qaysi komediya uzoq yillardan beri o‘zbek teatri sahnasidan tushmay kelyapti?
A) «Oltin devor» # B) «Istanbul fojiasi»
C) «Kelinlar qo‘zg‘aloni» D) «Maysaraning ishi»
11. E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini necha jildlik saylanmaga jamlagan?
A) uch B) to‘rt ## C) olti D) sakkiz
12. E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini qaysi saylanmalarga jamlagan?
1) «Ishq savdosi»; 2) «She’r dunyosi»; 3) «Umr savdosi»;
4) «Ko‘ngil nidosi»; 5) «Umr daryosi»; 6) «Ko‘ngil daryosi».
A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 # D) 1, 2, 3, 6
13. Erkin Vohidovning ilk dostonini toping.
A) «Nido» # B) «Ruhlar isyoni»
C) «Quyosh maskani» D) «Palatkada yozilgan doston»
14. Erkin Vohidovning insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralangan asari qaysi?
A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»
C) «Nido» # D) «Palatkada yozilgan doston»
15. Erkin Vohidovning qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan?
A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»#
C) «Nido» D) «Palatkada yozilgan doston»
16. Erkin Vohidov qaysi orden va unvon bilan taqdirlangan?
A) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni#
B) «Mehnat shuhrati» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni
C) «Mustaqillik» ordeni va «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni
D) «El-yurt hurmati» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni
17. Ellarning erk degan sof tilagi va jahonning nurafshon kelajagi hamda dunyoda eng qutlug‘ e’tiqod uchun kurashgan ota obrazi Erkin Vohidovning qaysi asarida uchraydi?
A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»
C) «Nido» # D) «Palatkada yozilgan doston»
18. «Nido» dostonida kimning akasi qo‘ltiqtayoqda urushdan qaytadi?
A) Rustamning# B) Tal’atning C) Xol akaning D) Ruslanning
19. Yer kurrasining qo‘ltiqtayoqlar zahmidan ingrayotgani haqida Erkin Vohidov qaysi dostonida dard bilan yozadi?
A) «Quyosh maskani» B) «Ruhlar isyoni»
C) «Nido»# D) «Palatkada yozilgan doston»
20. «Nido» dostonida kimning dadasidan qoraxat keladi?
A) Rustamning B) Tal’atning # C) Xol akaning D) Ruslanning
21. E. Vohidovning qaysi asari bag‘ishlov tarzida yozilgan?
A) «Nido» # B) «Kamtarlik haqida»
C) «Tong nafasi» D) «Oltin devor»
22. Quyidagi misralar Erkin Vohidovning qaysi asaridan olingan?
Sening kiprigingga, «Men sening baxtingman»,
Sochmoq bo‘lib zar. Deganday go‘yo,
Hilol tegrasida, Imlab chorlamoqda
O‘ynar yulduzlar. Yoqut Surayyo.
A) «Nido» # B) «Istanbul fojiasi»
C) «Oltin devor» D) «Palatkada yozilgan doston»
23. «Nido» dostoni necha yil avval urushda halok bo‘lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi?
A) yigirma# B) yigirma uch
C) yigirma besh D) yigirma sakkiz
Do'stlaringiz bilan baham: |