Yozda tiniq, kuzda tiniq.
A) Usmon Nosir B) Mirtemir# C) Ibroyim Yusupov D) Oybek
69. 1937-yilda, 25 yoshida, «xalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblanib, sovuq Sibir o‘lkalariga surgun qilingan ijodkorni aniqlang.
A) Cho‘lpon B) Abdulla Qodiriy
C) Usmon Nosir# D) Fitrat
70. Quyidagi hikmat muallifi kim?
Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
A) Sa’diy Sheroziy# B) Abdulla Avloniy
C) Erkin Vohidov D) Ahmad Yugnakiy
71. «Urushning so‘nggi qurboni» asarining muallifi va janrini toping.
A) Abdulla Qahhor, hikoya B) O‘tkir Hoshimov, hikoya#
C) Oybek, hikoya D) Asqad Muxtor, qissa
72. «Tushda kechgan umrlar» asarining muallifi va janrini toping.
A) Oybek, hikoya B) O‘tkir Hoshimov, roman#
C) Said Ahmad, hikoya D) Asqad Muxtor, qissa
73. «Bo‘ronlarda bordek halovat» qissasining muallifi kim?
A) Asqad Muxtor # B) Usmon Nosir
C) Xayriddin Saloh D) Nodar Dumbadze
74. «Qoraqalpoq daftari» to‘plami muallifi kim?
A) Asqad Muxtor B) Mirtemir#
C) Usmon Nosir D) Maqsud Shayxzoda
75. Quyidagi she’r muallifini toping.
Oydin kecha–
Sutdek oppoq
Har yer,
Har bir joy,
Doirayi kamondan
Boqar kumush oy.
A) Rauf Parfi B) Usmon Nosir#
C) Abdulla Oripov D) Mirtemir
76. «Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralari muallifi kim?
A) Muqimiy B) Sa’diy Sheroziy# C) Nasimiy D) Bobur
77. «Ruhlar isyoni» asarining muallifi va janrini toping.
A) Maqsud Shayxzoda, drama B) Abdulla Oripov, drama
C) Erkin Vohidov, doston # D) Rauf Parfi, doston
78. «Palatkada yozilgan doston» asarining muallifi va janrini toping.
A) Asqad Muxtor, doston B) Abdulla Oripov, drama
C) Tog‘ay Murod, drama D) Erkin Vohidov, doston #
79. Quyidagi hikmat muallifi kim?
«Nedinkim hunar aning zotida ulug‘ davlatdur va har yergakim borsa, sohibi qadr bo‘lur va majlisning yuqorisida o‘lturur va hunarsiz kishi gadoylik qilur va har joygakim borsa, beqadr va bee’tibor bo‘lur».
A) Alisher Navoiy B) Ahmad Yugnakiy
C) Sa’diy Sheroziy # D) Yusuf Xos Hojib
80. Quyidagi misralar muallifi va janrini toping.
Davron meni o‘tkardi sar-u somondin,
Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,
Nelarki boshima kelmadi davrondin.
A) Navoiy, ruboiy B) Bobur, tuyuq
C) Navoiy, tuyuq D) Bobur, ruboiy#
81. «...tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur» satrlarining muallifi kim?
A) Avloniy # B) Fitrat
C) Behbudiy D) Sa’diy Sheroziy
82. Quyidagi misralar muallifi kim?
Asrdosh birodar, qo‘lni ber,
Kel, Yerga qilaylik qasamyod:
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov#
C) Mirtemir D) Usmon Nosir
83. «Mardlik cho‘qqisi» asarining muallifi va janrini toping.
A) Asqad Muxtor, pyesa# B) Shuhrat, ballada
C) Odil Yoqubov, hikoya D) O‘tkir Hoshimov, qissa
84. Quyidagi parcha muallifi kim?
«Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek mag‘rur qad kerib turgan tog‘larni, ulkan novvot parchasidek qirrador qoyalarni ko‘rganda hayot abadiy emasligini o‘ylayman. Qorong‘i osmonda yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga o‘xshaganlarning necha-nechasini ko‘rdi ekan?.. Faqat ularning tili yo‘q...»
A) O‘tkir Hoshimov# B) Erkin Vohidov
C) Said Ahmad D) Asqad Muxtor
85. Quyidagi parcha qaysi asardan olingan va qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Naql qilishlaricha, bu uyga katta bir xazina ko‘milgan ekan. Ravshanki, uni biror kimsa hech qachon topib ololmadi, kim bilsin, balki biror kimsa hech qachon qidirib ham ko‘rmagandir. Ammo o‘sha mish-mish tufayli uy go‘yo tilsim qilingandek sehrli ko‘rinardi – uning bag‘rida sir pinhon edi...»
A) «Hellados»; Jamol
B) «Gulliverning sayohatlari»; gurgo
C) «Kichkina shahzoda»; uchuvchi#
D) «Sariq devni minib»; Hoshimjon
86. Quyidagi misralar muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |