Mo’g’ultog’’ no’xati - Cicyer mogoltavicum (Popov) A.S. Korol.
Kamyoblik darajasi 2. G’arbiy Tyanshanda tarqalgan endem tur. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 70-80 sm, poyasi tik yoki sal yonboshlab o’suvchi, asosan pastki qismi shoxlangan, siyrak bezchali tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’t. Bargining uzunligi 5-10 sm, barg bandining uchi oddiy yoki jingalak bilan tugaydi. Bargchalari 8-10 juft, keng ponasimon yoki deyarli yelpig’ichsimon, uchi 5-9 tishchali, uzunligi 3-5 mm, siyrak bezchali tuklar bilan qoplangan. Gullari binafsha-havorang. Dukkagi qavariq, cho’ziq, uzunligi 25-35 mm. May-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi. Tog’’ etaklarida toshli va shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Juda kam uchraydi. Urug’idan ko’payadi. Tarqalishi. Toshkent viloyati: Qurama tizmasida tarqalgan. O’zbekistondan tashqarida Tojikistonda uchraydi (Mo’g’ultog’’). Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.
Qudroyi no’xat - Cicyer incanum Korotkova
Kamyoblik darajasi 1. G’arbiy Pomir-Oloyning kamyob endem turi. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 20-30 sm, poyasi tik yoki sal yonboshlab o’suvchi, asosan pastki qismi shoxlangan, siyrak bezchali tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’t. Bargining uzunligi 5-10 sm, barg bandining uchi oddiy yoki jingalak bilan tugaydi. Bargchalari 8-10 juft, keng ponasimon yoki deyarli yelpig’ichsimon, uchi 5-9 tishchali, uzunligi 3-5 mm, siyrak bezchali tuklar bilan qoplangan. Gullari binafsha-havorang. Dukkagi qavariq, cho’ziq, uzunligi 2,5 cm. Tog’’larning o’rta qismidagi qoyalarda o’sadi. 1996 yilda 20 ta o’simlik qayd qilingan.Urug’idan ko’payadi. May-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi. Tarqalishi. Qashqadaryo viloyati: Qizildaryo havzasi (Toshqo’ron qishlog’i). O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. Tarqalish doirasi tor bo’lgan stenobiont endem. Muhofaza choralari. Hisor davlat qo’riqxonasida muhofaza etiladi.
BUG’DOYDOSHLAR OILASI –– POACEAE (GRAMINEA)
Oqtog’’ chalovi - Stipa aktauensis Roshev
Kamyoblik darajasi 2. Markaziy Qizilqumdagi juda kamyob, endem o’simlik. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 25-30 sm ga yetadigan, chim hosil qiluvchi, ko’p yillik o’t. Barglari ingichka, yuqoridagilari biroz kengayib, to’pgullarini o’rab olgan. To’pgulining uzunligi 6-10 sm, ingichka, kam boshoqli, qiltanog’i patsimon, uzunligi 13,5 sm, tirsaksimon egilgan, patlarining tuklari 4-5 mm uzunlikda. Aprel-iyun oylarida gullab, meva byeradi. Quruq tog’’ yonbag’irlarida, qoyalarning yoriqlarida uchraydi. Urug’idan ko’payadi. Tarqalishi. Markaziy Qizilkumdagi past qoldiq tog’’larda tarqalgan (Qoraqalpog’iston va Buxoro viloyati). O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. Ko’plab chorva mollari boqilishi tufayli qisqargan. Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Bu turning biologiyasini tabiatda va madaniy holda o’rganish lozim. Uni nazorat ostiga olish uchun Oqtog’’ va Tamditog’’da nazoratxonalar tashkil qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |