Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Yo‘qolib ketish arafasida to’rgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar



Download 28,52 Mb.
bet166/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

1. Yo‘qolib ketish arafasida to’rgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
2. Kamyob. Ma’lum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
3. Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari ma’lum vaqt ichida tabiiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili ta’siri ostida kamayib ketayotgan turlar.
Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi. Aslini olganda, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan turlarni toifalash Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasining qizil ro‘yxati (IUCN Red List) tomonidan ishlab chiqilgan tasnifdan farq qiladi.
Buni quyidagicha tushunib olish mumkin:
0 (Yo‘qolgan yoki yo‘qolgan bo‘lishi mumkin) – IUCN Red List ning taxminan EX (Extinct – Yo‘qolgan) va EW (Extinct in the wild – YOvvoyi tabiatda yo‘qolgan) toifalariga muvofiq keladi.
1 (Yo‘qolish arafasida to’rgan) IUCN Red List ning taxminan CR (Critically Endangyered – Butunlay yo‘qolib ketish arafasida to’rgan) i EN (Endangyered – yo‘qolib borayotgan) toifalariga to‘g‘ri keladi.
2 (Kamyob) – IUCN Red List ning taxminan EN i VU (Vulnyerable – Zaif) toifalariga muvofiq keladi.
3 (Son jihatdan kamayib borayotgan) IUCN Red List ning taxminan VU i NT (Near Threatened, Yo‘qolib ketish xavfi yaqin) toifalariga to‘g‘ri keladi.
O‘simliklarning maqomi turg‘un emas, balki o‘zgaruvchandir, ya’ni, vaqt o‘tishi bilan muayyan o‘simlik butunlay yo‘qolishi yoki ko‘payib, muhofaza qilish darajasidan chiqib ketishi mumkin. Qizil kitobda har bir turning o‘zbekcha, ruscha, lotincha nomlari va ularning qaysi oila hamda turkumga mansubligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, turlarning qisqacha tavsifi (hayotiy shakli, bo‘yi, shox-shabbasi, bargi, guli, mevasi va fenologiyasi), tarqalishi va chizma har itada uchraydigan joylari keltirilgan. Tabiiy sharoitda o‘stirish usullariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Ba’zi o‘rinlarda muayyan turni tajriba maydonlarida yoki sanoat asosida etishtirish imkoniyatlari bayon etilgan. Muhofaza choralari masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Turlarga tavsif byerilar ekan, sohaga doir adabiyotlar va gyerbariy ma’lumotlaridan, shuningdek, ko‘p yillik kuzatishlar natijalaridan ham foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademisi Botanika instituti (avvalgi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti) ilmiy xodimlarining keyingi yillar ichida viloyatlar bo‘yicha olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, Qizil kitobning avvalgi (2009) nashridagi ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, Qizil kitobning yangi nashriga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish hududlari, ya’ni areallari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli, botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi, yumaloqbargli parpi, Tojikiston etmagi va boshqa bir qancha turlar Qizil kitobdan chiqarib tashlandi. Ulug‘bek skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliellasi ham qizil kitobdagi turlar ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Kellyer astragali, Olatog’‘ za’faroni, Olga soxta klausiyasi, Sevyersov mug‘ultovi, Lipskaya chandiri singari turlarning keng tarqalganini, ortiq ularning yo‘qolib ketish xavfi yo‘qligini ko‘rsatdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar Qizil kitobdan chiqarildi.
Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va endemik tur ham Qizil kitobga kiritildi, ular orasida so‘nggi bir necha yilda aniqlangan va hali fanga noma’lum bo‘lganlari ham bor. Qizil kitobning avvalgi nashri bilan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak, endilikda 157 ta turning maqomi o‘zgardi. Shuningdek, avvalgi nashr chop etilganidan byeri nomenklaturaga kiritilgan ko‘p sonli o‘zgarishlar tufayli, shu jumladan, DNK-tahlillash usulidan keng foydalanilishi munosabati bilan uzoq vaqt davomida maxsus adabiyotlarda qo‘llanilib kelingan ko‘plab taksonlar (turlar, turkumlar, oilalar) ning ilmiy nomlari ham o‘zgardi. Bu floramizga antropogen omillar ta’siri kuchli ekanligidan dalolat byeradi. Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni tyerish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara byeradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga yerisha olamiz.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish