Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati


Qurilishda mehnat bozori marketingining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 140,09 Kb.
bet33/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

8.3. Qurilishda mehnat bozori marketingining o‘ziga xos xususiyatlari
Mehnat bozori boshqa tovarlar bozoridan bilan ishchi kuchini sotuvchisi bilan uning xaridori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uzoq muddat davom etishi bilan farq qiladi. Mazkur mehnat bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatlar ishlovchining ishga yollanish muddati davomida amal qiladi
Sohaning bugungi kundagi eng dolzarb muammolaridan biri, malakali mutaxassislar uchun mehnat bozorida talab va taklifning tarkibiy nomutanosibligidir. Bozordagi ko‘plab kompaniyalarning beqarorligi, asosan, malakaga ega bo‘lmagan holda arzon mehnatdan foydalanishga e’tibor qaratishga olib kelishi sohani sifatli rivojlanishiga halaqit beradi.
Malakali mutaxassislar, o‘z navbatida, qiyin ish topish uchun. Bu o‘zaro majburiyatlarni bajarishda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlar formatidagi muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
Bugungi kunda qurilish sohasidagi mehnat bozorining xususiyatlari quyidagi omillar asosida xarakterlanadi:
Qurilish biznesining faol o‘sishi. Bunda yangi ish o‘rinlari sonining o‘sishi, innovatsion mutaxassislik kadrlarga takliflar sabab bo‘ladi.
Raqobat sharoitida mutaxassislarga yuqori talablarning qo‘yilishi.
Qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash xizmatlarining zamonaviylashmaganligi
Mehnat birjasining muayyan ish beruvchilar bilan bog‘lanishning samarali mexanizmlarini mavjud emasligi. Buning asosida yangi avlodning mehnat bozorida o‘ziga ish qidirishi.
Qurilishda mehnat bozorining marketingi korxonada kadrlarning qo‘nimsizligi va uning sabablarini ham o‘rganishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatlarni amalga oshiradi. Korxona rahbari doimo malakali va samaradorlikka ega kadrlarga imtiyozlar va imkoniyatlar berishi ham sohani rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.


8.4. Qurilishda mehnat bozori marketingiga ta’sir etuvchi omillar
Hozirgi kunda qurilishda mehnat bozori marketingiga ta’sir etuvchi omillarning eng asosiysi ishchi kuchining sifatini oshib borishi bo‘lib, bu fan -texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga zamonaviy ilm talab texnika va texnologiyaning joriy etilishi bilan izohlanadi. Chunki zamonaviy texnika va texnologiyani yuritish uchun ishchi kuchidan yuqori bilim, kasb- malaka, mahorat va ko‘nikmalar talab etiladi.
Zamonaviy mehnat bozorida ishchi kuchi sifati uning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Ishchi kuchining raqobatbardoshligi kategoriya sifatida insonning potensial mehnat qilish qobiliyatini ifodalaydi. Ishchi kuchi raqobatbardoshligi bir necha darajalarda aniqlanadi. Ishchi kuchi raqobatbardoshligining birinchi darajasida bu tushunchaga insonning mehnat qilish qobiliyatlarining sifatini hamda uning ish joyini topa olish ko‘nikmasini va ish beruvchiga o‘zining boshqalarga nisbatan ustunligini va afzalligini isbotlay olishini ifodalaydi. Inson qobiliyatlarining birinchi darajasi ishchi kuchi tovarining iste’mol qiymatini ifodalovchi sifatlarni ifodalaydi. Ma’lum faoliyat sohasida mutaxassisning raqobatbardoshligi quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:
- kasbiy vazifalarni bajarishi uchun etarli darajada bo‘lgan professional kompetentlik, ya’ni umumiy bilim darajasi, ish tajribasi, professional kasbiy bilim, ish profiliga mos ta’lim olganlik, kasbiy va turdosh ixtisosliklar bo‘yicha maxsus bilimlarga egaligi;
- mutaxassislikning maxsus shaxsiy sifatlariga egaligi. Ularga mutaxassisning faolliga, ishbilarmonligi, mexnatsevarligi, maqsad sari intiluvchanligi, kirishimliligi, qat’iyatliligi, ma’suliyatligi, intizomligi, tashabbuskorligi, ishonchligi, e’tiborligi, xarakatchanligi va moslashuvchanligi, liderligi, mustakilligi kabi xususiyatlari kiradi.
Ishchi kuchining raqobatbardoshligi ushbu ishlovchini ishchi kuchi sifatining ish joyi talabiga va egallagan lavozimiga eng yuqori darajada mosligini ifodalaydi. Ammo ishlovchini buni xodimlar o‘rtasidagi raqobat jarayonida isbotlashi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchi raqobatbardoshligining ikkinchi darajasi ishlovchining ish joyini topa olishi ko‘nikmasini, ish beruvchiga o‘zining boshqalarga nisbatan ustunligini, afzalligini isbotlay olishini ifodalaydi. Bu erda ishchi kuchi tashuvchisi bo‘lgan ishlovchi - xodimning shaxsiy marketing faoliyati namoyon bo‘ladi. Shaxsiy marketing ishlovchining o‘ziga mos ish joyiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat bozoridagi hatti - harakatini, ijtimoiy alokalarini ifodalaydi. Shaxsiy marketing - bu ishlovchining manfaatlarini o‘zining intilishlariga muvofiq ravishda ro‘yobga chiqarish, mehnat taqsimoti tizimida o‘z o‘rnini aniqlash, shuningdek, xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini hisobga olgan holda mutaxassisning faol harakat qilish tizimidir. Bu tizimda ishlovchi xodim iqtisodiyotning stixiyali, ob’yektiv qonunlariga bo‘ysinuvchi yoki tashqaridan yordam kutuvchi passiv ob’yekt emas, balki hayot sharoitlaridagi o‘zgarishlarga tez moslashuvchi, yangiliklarga intiluvchi, ishga joylashish muammolarini oqilona tarzda hal qilishga qodir bo‘lgan faol shaxs sifatida qaraladi.

Download 140,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish