Qurilishda marketing tushunchasi va mohiyati



Download 140,09 Kb.
bet31/34
Sana19.01.2023
Hajmi140,09 Kb.
#900531
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Qurilishda marketing

Statistik usul. Bu usulda oldingi davrlarda bo‘lgan sotuvlar hajmi hamda bundagi marketing kompleksi elementlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi va statistika usullarini qo‘llagan holda sotuv funksiyasi aniqlanadi.

  • Tajribaga asoslangan usul. Bu usulda turli regionlarda va bozorlarda marketing faoliyatiga doir real xarajatlar sarflanadi va olingan natijalar asosida sotuv funksiyasi shakllantiriladi.

  • Ekspert baholash usuli. Bu usulni qo‘llaganda xuddi shu yoki shunga yaqin sohadagi tajribali ekspertlarning fikrini va tajribasini inobatga olgan holda sarf-xarajatlar miqdori, hamda sotuv funksiyasi aniqlanadi.


    Qurilishda mehnat bozori marketingi tushunchasi, mazmuni va mohiyati


    Qurilishda mehnat bozori - bu qurilish sohasida mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida - mehnatga qobiliyatlarini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiѐtining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir.
    Qurilish mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: qurilish sohasidagi ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab qurilish sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi.
    Marketing faoliyati marketing bozorida ham salmoqli o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyat orqali mehnat bozoridagi talab va takliflar o‘rganiladi, tadqiqot o‘tkaziladi, mehnat bozorida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar aniqlanadi va ularni amalga oshirish doirasidagi chora-tadbirlar rejalashtiriladi.
    Qurilishda mehnat bozori marketingi esa asosan qurilish sohasida band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash yoki sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning kadrlar va ishchilar bo‘yicha takliflarini amalga oshirishga yo‘naltiradi. Mehnat bozorida kadrlarning birinchi o‘rinda, ishchining sog‘lig‘i va yoshi, ikkinchi o‘rinda malakasi va ish tajribasi, uchinchi o‘rinda, ishchining psixologik muvozanati o‘rganiladi.
    Demak, qurilishda mehnat bozori marketingi - bu qurilish sohasida ish taklif etuvchilar tomonidan taklif etilayotgan ish o‘rinlariga mehnatga qobiliyatli aholining talablarini ta’minlash, hamda sohaga tegishli kadrlarning ish bilan band bo‘lmagan qismiga ish bilan ta’minlash yo‘llari va usullarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatidir.
    Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unda spetsifik tovar bo‘lgan ishchi kuchi sotiladi va sotib olinadi. Shu boisdan iqtisodiy adabiyotlarda "mehnat" va "ishchi kuchi bozori" atamalari bir xil ma’noda qo‘llanadi.
    Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi, chunki mehnat kishilarning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo‘shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko‘rsatiladi.
    Ishchi kuchi esa insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, har bir mehnat jarayonida ishga solinadi.
    Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda "mehnat" va "ishchi kuchi" ishlab chiqarish omili sifatida sinonim tushunchalar sifatida qo‘llangani kabi "mehnat bozori" va "ishchi kuchi bozori" tushunchalari ham sinonim tushunchalar sifatida ishlatilmoqda.
    Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash shaklida namoyon bo‘ladi. Ishga yollash ma’lum shartlar, ya’ni ish kunining uzunligi, ish sharoitlari va rejimi, ish haqining miqdori, bajariladigan ish turi, lavozim va kasb majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan mehnat bozori ishga yollanishga zarurat sezgan ishchi kuchi egasi bilan yollanma ishchi kuchiga ehtiyoj sezgan ishlab chiqarish vositalari egalari o‘rtasidagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Bunday munosabatlar ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish, uning amal qilishi va takror ishlab chiqarishi, shuningdek, ish joylarining taqdim etilishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi yuzasidan sodir bo‘ladigan munosabatlardir.
    Mehnat bozori yollanma ishchi, xodim va ish beruvchi, tadbirkorning iqtisodiy erkinligiga asoslanadi. Ishlab chiqarish vositalari egalari, ya’ni ish beruvchilarning erkinligi tadbirkorlik erkinligi bo‘lib, mehnat xizmatini, ishchi kuchini o‘zi istagan miqdor va sifatda xarid qilish hamda undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishida namoyon bo‘ladi. Ishchi kuchi egasining, ya’ni uning mulkdorining egasi erkinligi, o‘z ishchi kuchini istagan sohada, istagan ish beruvchiga, istagan bahoda sotish huquqiga egaligida namoyon bo‘ladi.
    Ishchi kuchi egasi va ishlab chiqarish vositasi egasi, ya’ni ish beruvchi o‘rtasidagi ishchi kuchidan foydalanish huquqini sotish va sotib olish bo‘yicha bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabat ular o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida o‘z ifodasini topadi.
    Mehnat bozorining ob’yekti - ishchi kuchi hisoblanib, uning sub’yektlari quyidagilardan iborat (8.1.1-rasm):

        • ishlab chiqarish vositalari egalari, ish beruvchilar va ularning manfaatlarini ifodalovchi uyushmalar (tadbirkorlar uyushmalari);

        • yollanma ishchi, xodimlar, ya’ni ishchi kuchi egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi tashkilotlar, kasaba uyushmalari;

        • davlat o‘zining turli boshqarish organlari orqali ish beruvchi va yollanma xodimlar o‘rtasida vosita bo‘lib, ular o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha bo‘ladigan mehnat munosabatlarini tartibga soladi..

    Mehnat bozorida pulsiz omillar katta rol o‘ynaydi. Bu omillar qatoriga ishning murakkabligi va sertalabligi, mehnat sharoiti, uning inson salomatligi uchun xavfsizligi, ish bilan bandlik va kasbiy o‘sishning kafolatlanganligi, jamoadagi ma’naviy muhit va boshqalar kiradi.
    Mehnat bozoriga turli institutsional tuzilmalar ta’siri kuchlidir. Kasaba uyushmalari, mehnat qonunchiligi, davlatning bandlik siyosati va kasb-hunar ta’limi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi, tadbirkorlar uyushmalari va boshqa institutsional tuzilmalar mehnat bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.



    Download 140,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish