Qurilish materiallari


-jadval Qumning yirikligi bo'yicha klassifikatsiyasi



Download 11,91 Mb.
bet71/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

6.2-jadval
Qumning yirikligi bo'yicha klassifikatsiyasi



Qum gurnhlari

63 elakdagi to'la qoldiq,%

Yiriklik moduli

Yirik O'rtacha Mayda

50-75 35-50 20-35

3,5-2,5 2.5-2
2-1.5



Qumning donador tarkibini aniqlash uchun avval har bir elakdagi ayrim qoldiqni (%), keyin har bir elakdagi tola qoldiqni (%) topib, formula yordamida yiriklik moduli aniqlanadi. Elaklardagi ayrim qoldiqlar a25; a, 25; a063, va h.k., tola qoldiqlar esa A25; A1.25,.; A0.63, va h.k.
Qumni elaklar tizimidan o'tkazib uning yiriklik moduli quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Mk = (A2.5+ A1.25­+ A0.63+ A0.315+ A0.14) / 100


Qum donador tarkibiga nisbatan yirik, o'rtacha va mayda qumlarga bo'linadi (6.1-rasm). Grafikda shtrix bilan belgilangan soha qumning og'ir beton tayyorlash uchun yaroqliligini bildiradi.
Qum tarkibidagi changsimon va loysimon aralashmalar beton qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi. Shuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o'tgan zarrachalar miqdori 10% dan, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3% dan oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalanadi.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar sement toshini yemirib, beton mustahkamligini pasaytiradi. Organik aralashmalar bilan qumning ifloslanish darajasi kolorometrik usulda aniqlanadi.Og'ir beton uchun kvars qumining o'rtacha zichligi 1500- 1550 kg/m3 zichlangan holda 1600-1700 kg/m3atrofida bo'ladi. Qumning nisbiy namligi 5-7% bo'lganida, uning o'rtacha zichligi minimum bo'ladi. Yirik to'ldirgich. Oddiy og'ir beton tayyorlashda yirik to'ldirgich sifatida shag'al va chaqiqtoshlar ishlatiladi. Yirik to'ldirgich 5-70 mm fraksiyada bo'ladi. Massiv monolit inshootlar qurilishida beton qorishmasiga 150 mm yiriklikkacha to'ldirgich kiritiladi. Shag'al tarkibi tosh va qisman qumdan iborat bo'lib, chang, tuproq, sluda va organik chirindilar aralashgan bo'ladi. Shag'al donalari oval, yapaloq shaklda bo'lib, yuzasi tekis bo'ladi. Tog' shag'alining yuzasi g'adir-budur bo'ladi. Daryo, dengiz shag'ali tog' shag'aliga nisbatan tozaroq bo'ladi.
Chaqiqtosh vulkanik, metamorfik va suv muhitiga chidamli zich cho'kindi tog' jinslarni maydalab tayyorlanadi. Chaqiqtosh serqirra va yuzasi g'adir-budur bo'lishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini ta'minlaydi. Shuning uchun yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiqtosh ishlatiladi. Chaqiqtosh tarkibida tuproq, chang va organik aralashmalar kam bo'ladi.
Yirik to'ldirgich sifati mineral tarkibi, tog' jinslarining mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi, donador tarkibi, donalaming shakli, mineral va organik zararli aralashmalarning miqdori bilan belgilanadi. Yirik to'ldirgich jinsining suv shimgandagi mustahkamligi beton mustahkamligiga nisbatan 1,5-2 marta katta bo'lishi kerak.
Betonning zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi yirik to'ldirgichning donador tarkibiga bevosita bogliq. Yirik to'ldirgich donalarining uzluksiz fraksiyalarda bo'lishi sementni tejaydi. Yirik to'ldirgich 5-10, 10-20, 20-40 va 40-70 mm fraksiyalarda bo'ladi. Beton tayyorlashda muayyan fraksiyarlarni ishlatish konstruksiyaning o'lchamlari, armaturalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi. Temirbeton to'sinlar, kolonnalar, ramalar va shu kabilarni tayyorlashda yirik to'ldirgich donasining katta tomoni o'lchami armatura sterjenlari orasidagi masofaning 3/4 qismidan kichik bo'lishi shart, qavatlararo va tom yopma plitalari uchun esa plita qalinligining 1/2 qismidan kam bo'lishi kerak.
Temirbeton buyumlar tayyorlashda, odatda, 5-10 va 10-20 mm lo'ldirgichlar 2:3 nisbatda aralashtirib ishlatiladi. Konstruksiyalar yiriklashgan sari yirik to'ldirgich fraksiyalari ham ortib boradi. Beton uchun belgilangan yirik donalar 5% gacha bo'ladi. Zarurat bo'lganda 3-10, 10-15, 5-15 va 15-20 mm fraksiyadagi chaqiqtosh ishlatiladi. Yirik to'ldirgich donador tarkibi donalarining eng katta D va eng kichik d o'lchamlari bilan belgilanadi. Har bir fraksiya yoki ularning aralashmalari donador tarkibi quyidagicha:




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish