Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet66/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Tamponaj portlandsement klinker, gips va turli qo'shimchalar asosida olinadi va asosan neft va gaz burg'ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq (22±2°C) va issiq (75±3°C) burg'ulashda sinovdan o'tkaziladi. U og'irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo`linadi. Unga qo'yilgan asosiy talab egilishdagi mustahkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy alumosilikatlari (gelenit) CaO∙Al2O3∙SiO2 ta'sir ko'rsatadi. Bir kalsiyli aluminat CaOAI2O, giltuproqli sementning tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida CaO∙2Al203 ham qisman bo'ladi. Sement muhit harorati 25°C gacha bo'lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sutka erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 daqiqa keyin, oxiri esa 12 soat. Sement tarkibida Ca(OH)2 va C3A ning bo'lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta'minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo'lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatilmaydi.
U maxsus joylarda, tez qotish zarurati bo'lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar. Kengayuvchan sement ko'p komponentli bo'lib, aktiv komponent 3CaO-Al2O3∙3CaSO4∙32H2O. Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%). gips (20%) va yuqori tartibli kalsiy gidroaluminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinadi. Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo'ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqori giltuproqli klinker yoki shlak va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib olinadi. U suvda kengayadi, quruq sharoitda kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58–63%, giltuproqli klinker (shlak) – 5–7%, gips –7–10%, aktiv mineral qo'shimchalar -23-28% komponentlarni birgalikda maydalab, tuyib olinadi. KPS dan tavyorlangan sement toshi yuqori zichlik va mustahkamlikka ega bo'lib, bug' bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi. KPS suvli sharoitda 3 sutka davomida kengayadi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish