Qurilish materiallari


Portlandsementning ishlatilishi



Download 11,91 Mb.
bet63/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Portlandsementning ishlatilishi. Portlandsement asosida beton, qurilish qorishmalari, asbosement buyumlar, armosement konstruksiyalar va boshqa konipozitsion materiallar ishlab chiqariladi.
Nisbatan past markadagi sementlar g'isht terish va suvoqchilik qorishmalari, yuqori markadagi sementlar (400, 500, 550, 600) beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.


5.4. Portlandsementning maxsus turlari
Maxsus turdagi sementlar ishlatish sohasidan, xossalarni boshqarishdan, sanoat chiqindilarini ishlatish, klinkerni tejash muammolaridan kelib chiqadi.
Tez qotuvchan sement (BTS) - tarkibida alit (C3S) va belit (C3A) minerallarining yig'indisi, klinker 60-65% dan kam bo'lmasligi, mineral qo'shimchalar esa 15% bo'lishi kerak. BTS 3 sutka davomida markadagi mustahkamlikning 50% iga erishadi. Tez qotuvchan sement solishtirma yuzasi 3500-4000 sm2/g gacha maydalanadi va 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.
O'ta tez qotuvchan sement (OBTS) - tarkibidagi alit (C3S) 65-68%, belit (C3A) 18%, maydalik darajasi 4000 sm2/g bo'ladi. OBTS 1 sutka 35%, 3 sutka 65% markadagi mustahkamlikka erishadi. Bu turdagi sementlar yirik yig'ma temirbeton konstruk­siyalar ishlab chiqarishga, gidratatsiya paytida ko'p issiqlik ajratishi esa qishki mavsumda beton ishlarini bajarishga imkon yaratadi. Lekin issiqlikning ko'p ajratishi bu sementlarni massiv konstruk­siyalarda ishlatishda qiyinchilik tug'diradi. OBTS tarkibida C3A ning ko'p bo'lishi sulfoaluminatli korroziya ehtimoli bor joylarda beton ishlarini olib borishga imkon bermaydi.
Sulfat muhitiga chidamli sement - tarkibida C3S 50% gacha, C3A 5% gacha va C3A+C4AF esa 22% gacha bo'ladi. U sulfat kislotasi qoldiqlari bo'lishi mumkin bo'lgan hollarda, sho'rxok yerlarda ishlatishga mo'ljallangan. C3A ning minimal miqdorda bo'lishi undan sovuqqa chidamliligi yuqori beton olishda foydalaniladi. Bu sementni olishda, unga gidravlik qo'shimchalar qo'shilmaydi, faqat gips, plastifikator va gidrofob moddalar kiritiladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish