10 dan 18 ballgacha. Siz bo‘lar-bo‘lmas narsalarga haddan tashqari ko‘p kuch, asab va energiya sarflaysiz. Tez-tez sog‘lig‘ingizga putur yetadi-yu, baribir o‘sha xatolarni takrorlayverasiz. Hali kech emas. Qadringizga yeting.
9 balldan past. Hayotingizga sira havas qilib bo‘lmaydi. Hamma narsa chalkashib ketgan. Agar bir kun kelib yuragingizni changallab qolsangiz, faqat o‘zingizni ayblang. Mabodo, boshqalar kabi bir me’yorda yashashni xohlasangiz, yashashni o‘rganing.
SIZ QAYSI DAVRDA YASHAYAPSIZ?
Bu mavzu sal kulgiliroq tuyulsa-da, biz jiddiylashtirishga harakat qilamiz. Mana, o‘tmish, bugungi kun hamda kelajak. O‘tmish — vijdonimiz, bugungi kun hayotga ko‘nikishimiz va kelajak orzu, maqsadlarimizdir. Ko‘rib turganingizdek, gap juda jiddiy masalada ketayapti. Shunday ekan, o‘zingizga ma’qul javobni tanlab, qaysi davrga tegishli inson ekaningizni aniqlab oling.
1. Sevgi haqida o‘ylarkansiz, kimni nazarda tutasiz?
a) Hozirgi kunda sevgan kishimni – 1 ball
b) O‘tmishdagi sevgilimni – 0 ball
v) Men orzuimdagi muhabbatimni hamon uchratmadim – 2 ball
Do'stlaringiz bilan baham: |