3 –MASHG`ULOT MAVZU: VESTIBULYAR, SOMATOSENSOR, OG`RIK, TA'M BILISH, TAKTIL ANALIZATORLARI VA ULARNING VAZIFALARI. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: Vestibulyar analizator va uning tuzilishi, o`rganish usullari. Vestibulyar apparatning tuzilishi. Taktil analizatori. Taktil resepptorlarining sinflanishi. Dunyoni bilishda taktil analizatorlarining ahamiyati. Harakat analizatori va uning tekshirish usullari. Harakat gomeostazini saqlashda uning roli. Ta'm bilish analizatori, uning tekshirish usullari. Ta'm bilish nazariyasi. Notsitseptiv qabo`l qilishni tekshirish usullari. Harorat analizatori va uni aniqlash usullari.
A m a l i y i sh l a r: 1-ish. Odamda Vestibulyar analizator olatini funktsional sinovlar yordamida o`rganish Ishning borishi: Tekshitiluvchi Barani urindigiga o`tkaziladi. Kuz boylagich bilan boylanadi. Gorizontal kuz nistagmini chakirish uchun tekshiriluvchidan boshini 15 gradusli burchak ostida kuyiga egilish suraladi. Ushbu sharoitda gorizontal yarim aylana kanallarining reptseptorlari boshqalariga nisbatan aktivlashadi. Keyin tajriba o`tkazuvchi bir me'yorda aylantiriladi (har bir sekuntda yarim aylana). Bu vaqtda aylantirish tezligi 1 sekundda 180 ga teng bo`ladi, ya'ni busagadan 100 barobar ortadi. Kresloda 10 marotaba aylantirilgandan So`ng , birdaniga tuhtatiladi va tekshiriluvchiga ko`zini ochishni taklif kilinadi. Bir vaqtning o`zida sekundomer ishga solinadi. Aylanishdan keyingi nistagm: kuz sokkasining aylanish yunalishidagi sekin harakati va ularning avvalgi holatiga qisqa tez kaytishi kuzatiladi. Nistagmning yukolishi paytida sekundomer tuhtatiladi, uning davom etishi hisobga olinmaydi.
Keyin tekshirilishning boshlanishiga qadar tekshiriluvchi Barani urindigiga uni aylantirish va agar biror narsani his etsa darhol ogoh kilmogi lozimligi aytiladi. Keyin uning kuzlari boglanadi va 1 s da yarim aylanish tezligi bilan 10 marta aylantiriladi. Tajribaning boshlanishida tekshiriluvchi qaysi tomonga aylantirilayotganini sezadi. So`ngra aylantirish tekis bir me'yorda bo`lganda aylanayotganini sezmay qoladi va aylantirishni tuhtatilgan vaqtda tekshiriluvchida teskari aylanishni sezgisi paydo bo`ladi. Sekundomerda teskari aylanish bo`lgan va yuqolgan vaqtda aniqlanadi.
Natija va rasm.
Xulosa.