2 – MASHG`ULOT
MAVZU: ESHITISH ANALIZATORI VA UNING VAZIFALARI. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN SAVOLLAR.
Eshitish analizatori, uning tuzilishi, o`rganish usullari. Eshitish organlarini tuzilishi. Kortiev organi. Tovushlarni qabo`l qilish nazariyasi. (G.Gel'mgol'ts, G.Bekeshi). Binaural eshitish. Chiganoqdagi tukli hujayralarda resseptor potentsialning vujudga kelish mehanizmi. Ontogenezda eshitish organi funktsiyasining rivojlanishi. Yosh o`zgarishi bilan tovushlar sezish pogonasi va diapazonini qabo`l qilishini o`zgarishi.
Natija va rasm.
Xulosa.
A m a l i y i sh l a r:
1-ish. Eshitish utkirligini aniqlash.
Ishdan maqsad: eshitish utkirligini aniqlash yo`llari bilan tanishish. Eshitish o`tkirligi deganda tekshiriluvchining o`zidan 1 metr narida diametri 2-3 mm ga teng sharchani 8 mm balandlikdan metal plastinka ustiga tushganda hosil kilgan ovozini seza bilish qobiliyati tushuniladi. Eshitish utkirligi har bir talabada aniqlanadi (har bir quloq uchun alohida).
Buning uchun oddiy usul 2-3 mm diametrdagi pulat sharchani turli balandlikdan metal plastinka ustiga tashlash usulidan foydalanish mumkin.
Sharchani 1, 2, 3 mm va hokazo balandlikdan tanlanadi. 1 metr uzoqlikda o`tirgan tekshiriluvchi birinchi bor ovozi eshitganda darhol eksperimentatorga aytadi. Ikkinchi quloq ham huddi shu yo`l bilan tekshiriladi. Bu usul bilan normal eshitish utkirligi 1 metr uzoqlikda 8 mm balandlikda tushgan 2-3 mm diametrli sharchani ovozini seza bilish qobiliyati deb qabo`l kilinadi.
Eshitish utkirligini yana boshqa yo`l bilan ham aniqlash mumkin. Tekshiriluvchi eksperimentatordan 4-5 m nariga borib, orqasini ugirib bir kulogini berkitadi. Tekshiruvchi turli hil hariflarni pichirlab aytib, asta-sekin tekshiriluvchidan uzoklashadi, toki u harflarni adashib ayta boshlaguncha. Kursatib utilgan usullar elementar va dagal bo`lib, hozirgi vaqtda klinik maqsadlar uchun mahsus lampali generatorlar va audiometrlar qo`llaniladi.
Eshitish analazatori sxemasini chizib uning periferik, o`tkazuvchi va markaziy qismini belgilang.
Natija va rasm.
Xulosa.
2-ish. Rinne sinovi ( tovushning havo va suyak orqali o`tkazuvchanligi).
Ishdan maqsad: Tovush to`lqinlarining havo va suyak o`tkazuvchanligini tekshirish.
Normal sharoitda havo o`tkazuvchanligi suyak orqali o`tkazuvchanligidan yukori bo`ladi, bunga quyidagi tajribada ishonch hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |