Mavzu: Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yoshga oid xususiyatlari.
Analizatorlar gigiyenasi
.
R e j a :
1.
Organizm faoliyatida sezgi organlarining roli.
2.
Ko’rish organining yosh xususiyatlari.
3.
Teri, hid bilish va ta‘m bilish organlarining umumiy tuzilishi.
4.
Eshitish organining yosh xususiyatlari.
5.
Ko’rish va eshitish organlarining gigienasi.
Tayanch tushunchalar
Analizator, rangdor parda, tur parda, gavxar, kuz akkomodatsiyasi, yaqindan va uzoqdan
kurish, nogora pardasi, uzangi, sandon, bolg’acha, yevstaxiy nayi, yarim
aylana kanallar
Tashqi dunyodan ta‘sirotlarni, qabul qiluvchi organlarga sezgi organlari deb ataladi. Oliy
nerv faoliyatini o’rganish mobaynida analizatorlar xaqida tasavvurlar vujudga kelgan. I.P.Pavlov
ta‘limoticha analizatorlar uch, qismdan: analizatorlarning retseptor qismi, o’tkazuvchi qism;
markaziy yoki markaziy qismdan tashkil topgan yagona funksional sistemadir.
Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida har bir analizatorning
oliy markazi joylashgan
bo’ladi. Pereferik qism - ma‘lum turdagi ta‘sirlovchilarni qabul qiladi. O’tkazuvchi qism
qo’zg’alishlarni markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi. Retseptorlar turli xil bo’ladi:
fotoretseptorlar, termoretseptorlar, mexanoretseptorlar.
Analizatorlarga: 1.Teri analizatorlari. 2. Hid bilish analizatorlari. 3. Eshitish analizatori.
4. Ko’rish analizatori. 5. Maza bilish apalizatori. Har bir organ ma‘lum ta‘sirotni qabul qiladi.
Teri analizatorlari.
Tashqi dunyoni sezishda teri analizatori muhim rol o’ynaydi. Terida taktil, og’riq va
temperatura ta‘sirotlarini qabul qilib oluvchi retseptorlar joylashgan.
Teri analizatorining nerv
markazi bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining orqa markaziy chukurligida joylashgan bo’ladi.
Teri sezgisi: og’riq, issiq, sovuq, tegish va bosim turlariga bo’linadi. Taktil sezgisi tegish va
bosim sezgilaridir. Taktil retseptorlari barmoq uchlarida,
kaftning ichki yuzasida, oyoq panjasi
tagida, tilning uchida ko’proq joylashgan. Terida xammasi bo’lib 500.000 retseptorlar bor. Yangi
tug’ilgan bolalarda taktil sezgisi yaxshi rivojlangan. Ularda va ko’krak yoshidagi bolalarda og’iz,
ko’z, lab, kaftning ichki yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo’ladi. Odamning 35-40 yoshida sezgirligi
eng yuqori bo’lib, so’ng kamaya boradi. Teridagi temperatura o’zgarishlari ikki xil retseptorlar
bilan qabul qilinadi. Terida sovuqni sezuvchi retseptorlarga nisbatan issiqni sezuvchi retseptorlar
ko’proq joylashgan.Xar bir kv.sm. teri sathida o’rtacha 6-23 ta sovuqni sezuvchi retseptorlar va
30 ta issiqni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Temperatura o’zgarishlarini qabul qiluvchi
retseptorlarning umumiy soni 280.000 bo’lib, bulardan 30.000 issiq 250.000 sovuq ta‘sirotlardan
qo’zg’aladi. Tananing ochiq qismlari (yuz, buyin, qo’l barmoqlari) sovuqqa tananing berkitilgan
qismlariga nisbatan kam sezgirroq bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning
temperatura sezgirligi
yaxshi taraqqiy etgan. Terining xar bir, 1m kv. sm. ga og’riqni sezuvchi 100 ta retseptor to’g’ri
keladi. Yangi tug’ilgan bola turli mexanik tasirlar – nina bilan ukol qilish, chimchilash kabi
tasurotlarga yaxshi javob reaktsiyasini beradi.
Ta‘m bilish analizatorlari.
Og’iz bushlig’idagi shilliq qavatning epiteliyasida yumaloq yoki ovil shaklidagi ta‘m
sezish piyozchalari joylashgan. Xar bir piyozchada 2-6 ta ta‘m bilish hujayralari o’rnashgan.
Katta odamda piyozchalarning umumiy soni 9 minggacha boradi. Ta‘m
bilish
piyozchalari tilning shilliq qavatidagi surg’ichlarda joylashgan. Xar bir tam bilish piyozchasidan
ikki-uch nerv tolalaridan markazga intiluvchi impulslar o’tadi. Tilda shirin, achchiq nordon va
shurni sezuvchi ta‘m bilish analizatorlari joylashgan.
Shiringa tilning uchi, achchiqqa asosi,
nordonga ikki yon kismi shurga uchi va asosi sezgir bo’ladi. Sho’r uchun 0,12 sek., achchiq
uchun 0,22 sek. vaqt ketadi. Bolaning 9—10 kunlaridan boshlab
shirin modda-larga adekvat
reaktsiya vujudga keladi. Bola 4 oyligidan boshlab shakar va tuzni tuyingan yoki