«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.2. NEFT-GAZLI TOG’ JINSLARINING HAR XILLIGI 
 
Neft-gazli jinslar tabiiy saqlagichlar hisoblanib, nihoyatda murakkab geologik 
tuzilishga egadirlar. SHu sababli ularning foydali hajmi, suyuqlik va gazlar 
harakatlanadigan yo’li sezilarli, ko’pincha g’oyat keskin o’zgarishlarga duchor 
bo’ladi. 
Ba’zan jinslarning foydali hajmi suyuqlik o’tkazmaydigan qatlar bilan bloklarga, 
qatchalarga va linzalarga bo’lib yuboriladi va ularning har biri ayrim-ayrim mustaqil 
saqlagichlar hosil qiladi. Bundan tashqari saqlagichlar ichidagi jinslarning moddiy 
tarkibi ham o’zgarishga duchor bo’ladi. 
Mahsuldor qatlamning litologik-fatsial xususiyatlarida yuzaga keladigan bunday 
o’zgarishlar neft-gazli jinslarning har xilliligini belgilaydi. 
Mahsuldor qatlam (gorizont, ishlatish ob’ekti) chegarasida kollektorlarning 
yotish shakllari va fizik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi jinslarning litologik 
tarkibini har xilligi bilan bog’liqdir. Bunday o’zgaruvchanlik ko’rsatkichi neft va gaz 
zaxiralarining joylashishi, suyuqlik va gazning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi 
to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi hamda uyumlarning ishlatish loyihasini 
asoslashda muhim hisoblanadi. SHuningdek, qatlamning neft beraolish koeffisientini 


133 
oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi. Neft 
uyumlarini ishlatishda unda bo’ladigan jarayonlar jadalligi qatlamning litologik 
tarkibining har xilligidan kelib chiqadi. 
Hozirgi vaqtgacha qatlamning har xilligini aniqlash, o’rganish va undan 
foydalanishning qabul qilingan aniq bir, umumiy metodlari mavjud emas. SHu 
sababli ushbu qo’llanmada neft-gazli qatlamlarning litologik-fatsial tuzilishining 
geologik har xilligi ko’rib chiqiladi. 
Geologik har xillik 
deganda neft-gazli 
jinslarning mikro har xilligi va makro har xilligi tushuniladi. Ba’zi bir tadqiqotchilar 
(E.A.Dmitriev, V.S.Melik-Pashaev, 1963) geologik har xillik deganda, uyum 
maydoni bo’ylab qatlamning litologik tarkibining o’zgarishini va mahsuldor 
gorizontning suv o’tkazmaydigan qatchalar bilan bo’linishini tushunadilar, shunga 
ko’ra zonal va qatlam har xilligini ajratadilar. 
Mahsuldor qatlamning har xilligini M.L.Surguchev (1969) uning litologik 
tarkibining, B.T.Baishev (1963) g’ovakliligi va qalinligining, L.M.Dementev (1968) 
litologik tarkibi va fizik xususiyatlarining maydon bo’ylab o’zgarishida ko’radilar. 
M.A.Jdanov(1979) chekka, markaziy va maydoniy har xillilikni ajratadi. 
Mikro har xillik
– uglevodorodlar bilan to’yingan muhitning kollektorlik 
xususiyatlarining o’zgaruvchanligini, o’tkazuvchanligini, g’ovakliligi(bo’shliqligi)ni, 
neftga to’yinganligini, shuningdek, ularning xususiyatlarini: gilliligi, karbonatliligi, 
sementlanganlik darajasi, granulometrik va mineral tarkibi, bo’shliq maydonining 
strukturasi va boshqalarni aniqlaydi. 
Mikro har xillik jinslarning ichki mikrostrukturasiga bog’liq, uni kern yoki 
shliflarda o’rganish mumkin. Mikro har xillikning litologik, granulometrik, mineralli 
turlari, shuningdek, o’tkazuvchanlik, g’ovaklilik xillari ajratiladi. Jinslarning 
o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlangan mikro har xillik eng muhim ko’rsatkich 
hisoblanadi. Ular o’z navbatida zonal va qatli turlarga bo’linadi. 
Makro har xillik 
- kollektor va nokollektorlarning qatlam maydoni chegarasida 
(gorizont, ishlatish ob’ekti) tarqalishi. U asosan ikki ko’rinishda: 1)mahsuldor 
qatlamni gorizont va qatchalarga ajralishida; 2) ayrim qatlam va qatchalarni uzuq-
uzuq bo’lib (linzasimon ko’rinishda) tarqalishida namoyonlanadi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish