135
yoki uning bir qismida tarqalgan bo’lsa, qatlamga ta’sir etish o’choqsimon yoki
tanlab suv bostirish usuli bilan amalga oshiriladi.
6.2.2. Geologik makro har xillik
Ma’lumki, qatlamning makro har xilligi uning qalinligining o’zgarishi,
qatchalarga ajralishi yoki linzasimon va uzuq-uzuq yotishi bilan tavsiflanadi.
YAxlit qatlam massivi qalinligining maydon bo’ylab o’zgarishini izopaxit (teng
qalinliklar) xaritasida ko’rish mumkin. Bunday xaritani tuzish uchun oldindan jadval
tuziladi, unga har bir quduqda aniqlangan qatlam qalinligi yoziladi. Keyin olingan
ma’lumotlar topoxaritaga tushirilgan
quduqlar yoniga yoziladi, so’ngra qatlam
qalinligining qabul qilingan (tanlangan) oralig’iga ko’ra interpolyatsiya qilinadi va
uchburchak usulida izochiziqlarda izopaxit xaritasi tuziladi, bu xaritadan strukturalar
xaritalarini tuzishda foydalaniladi. Qatlam qalinligining qabul qilingan oralig’ining
yaqqol ko’rinishini ta’minlash uchun u bir xil rangda bo’yaladi, rangning och-to’qligi
(juda to’q rangdan och ranggacha) qatlam qalinligi miqdorining o’zgarishiga qarab
tanlanadi. Izopaxit xaritasini tuzish usuli juda oddiy. Qatlam qalinligini hisoblashda
uning ustki qismi va tagini aniq belgilash katta ahamiyatga ega. Buning uchun kern,
elektr va radiokarotaj ma’lumotlaridan hamda kuzatuvlar natijalaridan foydalaniladi.
Amaliyotda izopaxit xaritalarining quyidagi xillari tuziladi:
1.
Qatlamning
jami qalinlik xaritasi
(ustki qismidan tagigacha). Bunday xaritalarda hamma
qatchalarning (g’ovakli va suyuqlik o’tkazmaydigan) qalinligi hisobga olinadi, ular
cho’kindilarning to’planish va strukturalarning hosil bo’lish sharoitlarini va sh.k.
o’rganish maqsadida tuziladi.
2.
Qatlamning foydali qalinlik xaritasi
. Unda
qatlamning kollektorlik
xususiyatlarini o’rganish uchun faqat g’ovakli qatchalarning jami qalinligi
ko’rsatiladi. Agar qatlam ayrim qatchalarga ajratilgan hamda ular u yoki bu
yo’nalishda qiyiqlangan bo’lsa, unda izopaxit xaritalari har bir qatchalar bo’yicha
alohida tuziladi (qatchalar maydon bo’ylab tarqalganda), so’ngra ular bir xaritaga
mujassamlashtiriladi. Qatlamning jami foydali qalinlik xaritasida bir vaqtning o’zida
hamma qatchalarni hisobga olish va undan turli kon-geologik masalalarni, chunonchi
ishlatish quduqlarining joylashishi va ularning ish rejimini tahlil qilishda foydalanib
bo’lmaydi (6.8-rasm).
3.
Qatlamning neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasida
faqat neftga to’yingan
g’ovakli jinslar qalinligi yig’indisi ko’rsatiladi. Bunday
xaritalar neft zaxiralarini
hisoblashda tuziladi. Ularni tuzishda elektr va radiokarotaj, kern va boshqa geologik
tadqiqotlar natijalaridan foydalaniladi.
Neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasini tuzishda qatlamning neftlilikning
ichki chegarasi bilan chegaralangan va neftga to’liq to’yingan qismi ajratiladi,
bunday hollarda foydali qalinlik xaritasi neftga to’yingan foydali qalinlik xaritasi
vazifasini ham o’taydi. Neftlilikning ichki va tashqi chegaralari
bilan cheklangan
maydonlarida foydali qalinlikning bir qismigina neftga to’yingan bo’ladi.
136
Demak, maydon ichida neftlilikning ichki chegarasi bilan cheklangan neftga
to’yingan foydali qalinlik qiymati bilan uning tashqarisidan olingan qiymatlar
oralig’ida bajarilgan interpolyatsiyalar xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Shu sababli qatlamning neftga to’yingan
foydali qalinlik xaritasini tuzish uchun (keng
suv-neft zonasi bo’lganda) dastlab qatlamning
foydali qalinlik xaritasi (qatlamning g’ovakli
qismining qalinligi yig’indisi izopaxiti) tuziladi,
unga neftlilikning
tashqi va ichki chegaralari
tushiriladi
va
so’ngra
suv-neftli
zona
chegarasida qatlamning neftga to’yingan
foydali
qalinlik izochiziqlari chiziladi. Izochiziqlar
neftlilikning ichki chegarasini izopaxitlar bilan
kesishgan nuqtasi qiymatlari bilan va suv-neftli
zonada burg’ilangan quduqlardan olingan
ma’lumotlarni hisobga olgan holda neftlilikning
tashqi
chegarasi
oralig’idagi
qiymatlarni
interpolyatsiya qilish yo’li bilan o’tkaziladi.
Natijada qatlamning neftga to’yingan foydali
qalinlik xaritasiga ega bo’linadi, u qatlamning
hamma
qismining
neftga
to’yinganligini
tasvirlaydi.
Qatlamning
turli
qatchalar
bilan
bo’linishidan
yuzaga
kelgan
har
xillik
darajasini o’rganish juda muhim va murakkab
geologik
vazifalardan
biri
hisoblanadi.
Ko’pincha, qatlamning butunligi bir necha
qatchalar ta’sirida bo’laklarga bo’linishi,
qatchalarning yotish
uzunligi katta masofaga
cho’zilishi yoki juda qisqa bo’lishi, ba’zan
linzasimon ko’rinishda chegaralanishi, qalinligi
katta yoki kichik bo’lishi, ayrim joylarda bir-
biri bilan qo’shilib, qalinligining ortishi va sh.k.
kuzatiladi. Shunga ko’ra qatlamning tuzilishini
va uning qatchalarining maydon bo’ylab
taqsimlanish
xarakterini
bilish,
konni
ishlatishni tahlil qilish, qatlamga ta’sir
etish
tadbiri
samarasini
va
neft
beraolish
koeffisientini baholashda katta ahamiyatga ega.
Bunday tahlil samarasi neft uyumi maydoni bo’ylab har xil tarkibli jinslarning
tarqalish sharoitlari aniqlanganda ko’rinadi. Buning uchun maxsus geologik xaritalar,
birinchi navbatda qatlamning nol qalinlik xaritalari va zonal xaritalari tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: