«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini o’zgarishiga



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

6.1.8. Tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini o’zgarishiga 
termodinamik sharoitlarning ta’sir etishi 
 
Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, qatlam bosimi va temperatura jinslarning 
fizik xususiyatlariga ta’sir etadi, kollektor-jinslarning nisbiy gilliligi qanchalik
yuqori bo’lsa, ta’sir ham shunchalik ko’p bo’ladi. Jins tarkibida gil minerallarning 
miqdorini ko’p bo’lishi ham temperatura va bosim ta’sirini kuchaytiradi. Bu 


130 
jarayonni quduqlardan kern olish va uni yer yuzasiga chiqarishda, ayniqsa gilli 
terrigen va darzli-kovakli karbonat jinslardan namuna olishda hisobga olish zarur. 
Masalan, V.M.Dobrininning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, 6000 m 
chuqurlikda joylashgan kam gilli kollektorlardan olingan kern-jinsning g’ovaklilik 
miqdori termodinamik sharoitlarning o’zgarishi hisobiga 2 dan 7 % gacha ortadi. 
Gilli kollektorlarda bunday o’zgarishlar 5-12% gacha, nisbiy gilliligi yuqori bo’lgan 
qumli-gilli jinslarda 10% dan 22% gacha bo’lishi mumkin. 
Terrigen kollektorlardan jins namunalari katta chuqurlikdan yer yuzasiga 
chiqarilganda ularning zarralari oralig’idagi g’ovakliligi qiymati o’rta hisobda 30% 
gacha ortishi (ba’zan 50% gacha) kuzatilgan. 
V.M.Dobrininning darzli-kovakli kollektorlarda bajargan tadqiqotlarida 40 MPa 
bosim ostida siqilgan bunday jinslarning g’ovakliligi 33% dan (darzli kollektorda) 
4% gacha (darzli-kovakli) kamaygan. 
Qayd qilingan natijalar neft va gaz uyumlarini ishlatish loyihasini tuzishda, 
konni ishlatish tizimini tahlil qilishda hisobga olinadi. Katta chuqurlikda, tabiiy 
holatda joylashgan jinslar g’ovakliligi qiymatini ularni yer yuzasiga chiqarib, 
atmosfera bosimida aniqlanganlari bilan taqqoslash ahamiyatga ega. 
Tog’ jinslarining o’tkazuvchanlik koeffisienti ularni har tomonlama siqqanda 
sezilarli o’zgaradi. Kern katta chuqurlikdan yer yuzasiga chiqarilganda bosim va 
temperaturaning kamayishi hisobiga jinsning o’tkazuvchanlik qiymati ortadi. Bundan 
tashqari, atmosfera sharoitida o’rganilgan kernning o’tkazuvchanlik koeffisienti 
miqdori tabiiy sharoitda yotgan jinslarning o’tkazuvchanlik koeffisienti miqdoridan 
sezilarli farqlanadi. Masalan, V.M.Dobrinin ma’lumotiga ko’ra, 6000 m chuqurlikda 
joylashgan qumtosh kollektorlardan olingan jins namunasi yer yuzasiga 
chiqarilganda, uning o’tkazuvchanligi sementlanganlik darajasiga ko’ra 10% dan 28 
% gacha ko’paygan. 
Kam gilli kollektorlarda bunday ko’payish 24-34%, kuchli gillangan jinslarda – 
42-48% ga etadi. Darzli-kovakli kollektorlardan olingan va yer yuzasiga chiqarilgan 
kernlarda o’tkazuvchanlik yanada katta o’zgarishlarga duchor bo’ladi. Bir tarkibli 
donador tuzilgan kollektorlarning o’tkazuvchanligi jinslar qayishqoq bo’lganda 
keskin kamayadi. Tog’ jinsi tashqi kuch ta’sirida qanchalik ko’p siqilsa va g’ovaklik 
hisobiga siqiluvchanlik koeffisienti miqdori oshsa, uning o’tkazuvchanlik koeffisienti 
shuncha pasayadi. Qumli-gilli kollektorlardagi g’ovaklarning tashqi kuch ta’sirida 
siqilish koeffisienti qiymati jinslarning nisbiy gilliligining ortishi hisobiga
ko’payadi, bosim o’zgarishi bilan o’tkazuvchanlikning o’zgarishi kuchli gillangan
kuchsiz o’tkazuvchan qumtoshlarda kuzatiladi. 
Neft va gaz konlarini ishlatishda kollektorlarning g’ovaklilik koeffisienti va 
o’tkazuvchanligi ham o’zgaradi. Konlarni ishlatish chog’ida, qatlam bosimining 
pasayishi taxminan 10 MPa bo’lganda g’ovaklilik koeffisientining kamayishi juda 
ham oz bo’lib, donador kollektorlarda 2% gachani, darzli kollektorlarda 5,5% 
gachani tashkil etadi. Konni ishlatish jarayonida qatlam bosimi qiymati 10 MPa ga 
pasayganda o’tkazuvchanlik koeffisienti donador kollektorlarda 2-6% ga, darzli-
kovakli kollektorlarda 15% ga (qatlam 3000 m ga yaqin chuqurlikda joylashganda) 


131 
kamayadi (6.6-rasm). 6.6-rasmda SHimoli-SHarqiy Kavkazoldi va Venesuela 
Respublikasida tarqalgan qum-gilli va karbonat yotqiziqlarida g’ovaklilik koeffisienti 
miqdorining chuqurlik ortgan sari kamayishi ko’rsatilgan. Olingan daliliy 
ma’lumotlar turli yoshdagi tog’ jinslarida bajarilgan ko’p sonli tajribalar natijalaridan 
iboratdir. 
Tog’ jinslariga ularning ustiga yotqizilayotgan cho’kindilar og’irligidan hamda 
jins ichidagi epigenetik jarayonlarning birgalikdagi ta’siridan g’ovaklik hajmi 
kamayib boradi. Karbonat jinslarda ularning sig’imining kamayishi hisobiga aks 
hodisalar ham yuz berishi mumkin. Masalan, qatlam suvlari ta’sirida (diagenetik 
jarayonlar hisobiga) jinsning mineral skeletining ayrim joylarda erishidan ikkilamchi 
g’ovaklilikning hosil bo’lishi kuzatiladi. Bundan tashqari ikkilamchi g’ovaklilik 
karbonat jinslarning qisman dolomitlashishidan ham hosil bo’lishi mumkin. 
Quduqdan yer yuzasiga kern chiqarish yoki neft-gaz konlarini ishlatish chog’ida 
kuzatiladigan qisqa muddatli deformatsiyalanishlar natijasida kollektorlarning fizik 
xususiyatlarining (asl holiga qayta oladigan) o’zgarishi g’ovakli bo’shliqlarda 
sezilarli epigenetik o’zgarishlarsiz sodir bo’ladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish