«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
6.1.5. Kollektorlar tasnifi 
 
Hozir kollektorlarning bir qator tasniflari ishlab chiqilgan va ular amaliyotda 
qo’llanilmoqda. Ammo bular orasida umumiy qabul qilingan yagona tasnif hozircha 
yo’q, chunki turli mualliflar kollektorlar tasnifini tuzishda tog’ jinslarining har xil 
xususiyatlarini asos qilib olganlar. Masalan, neft va gaz kolllektor-jinslarining 
sig’imiga ko’ra tasnifi M.I.Maksimov (1958) bo’yicha quyidagichadir (6.3-jadval). 
SHuningdek, g’ovak, kovak va bo’shliqlar morfologiyasi va genezisi bo’yicha 
(I.M.Gubkin), g’ovaklar shakli bo’yicha (P.P.Avdusin, M.A.TSvetkova), jinslarning 
o’tkazuvchanligi bo’yicha (A.G.Aliev, G.I.Teodorovich), kollektorlarning turli 
genetik tiplarini tavsiflaydigan belgilari bo’yicha (N.B.Vassoevich), jinslarning 
foydali g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi bo’yicha (A.Axanin) va sh.k. tasniflar 
mavjud. 
Tog’ jinslarining g’ovakliligi va o’tkazuvchanligiga ko’ra hamma neft va gaz 
kollektorlari ikki guruhga bo’linadi: 
1) terrigen (zarralararo g’ovaklilik); 
2) karbonat (darzlik, kovak va g’ovak sig’imi hamda zarralararo g’ovaklilik). 
6.3-jadval 
Neft va gaz kollektorlari tasnifi 
Kollektor 
Litologik tarkibi 
turi 
jinslar 
G’ovakli 
G’ovakli 
Donador tuzilgan kollektorlar, 
sementlanmagan va sementlangan (qum, 
qumtosh, alevrolit, qayta yotqazilgan 
ohaktoshlar) 
Kovakli 
Kovakli 
Yirik va mayda kovakli karbonat 
jinslar(ohaktoshlar, dolomitlashgan 
ohaktoshlar, dolomitlar) 
Darzli 
Darzli 
Zich tuzilgan, suyuqlik o’tkazmaydigan 
jinslar(zich ohaktoshlar, mergellar, 
alevrolitlar, mo’rt slanetslar), shuningdek, 
otqindi jinslar 
Darzli- g’ovakli 
Darzli-g’ovakli 
Donador tuzilgan kollektorlar, 
sementlangan (qumtoshlar, alevrolitlar, 
qayta yotqazilgan karbonat jinslar) 
Darzli- kovakli 
Darzli-kovakli 
Karbonat va ba’zan galogen jinslar 


125 
Darzli-g’ovakli- 
kovakli 
Darzli-g’ovakli- 
kovakli 
Karbonat, terrigen va ba’zan galogen 
jinslar 
Kovak-g’ovakli 
Kovak-g’ovakli 
Terrigen va karbonat jinslar 
Terrigen kollektorlar odatda g’ovak turidagi kollektorlar toifasiga kiradi. 
Karbonat kollektorlar turli ko’rinishdagi bo’shliqlardan - g’ovaklar, kovaklar, 
darzliklardan iborat. Darzlik va kovaklardan iborat karbonat kollektorlar terrigen 
kollektorlardan suyuqlikning filtratsiyalanishiga ko’ra farqlanadi. SHu bilan birga 
karbonat kollektorlar orasida bo’shlig’i asosan g’ovaklardan tarkib topgan 
kollektorlar ham ko’p tarqalgan. 
V.I. Viktorinning fikricha, g’ovak turidagi kollektorlardagi terrigen va karbonat 
jinslar orasida sezilarli farq mavjud bo’lib, u bunday kollektorlardagi neft va gaz 
uyumlarini ishlatish sharoitiga ta’sir etadi. Terrigen va karbonat qatlamlarni ishlatish 
sharoitini qiyosiy baholash maqsadida muallif turli mutlaq o’tkazuvchanlikka ega 
bo’lgan kollektorlarning uch guruhini ajratdi: kam o’tkazuvchan (0,01 mkm
2
gacha), 
o’rtacha o’tkazuvchan (0,01-0,1 mkm
2
) va yuqori o’tkazuvchan (0,1 mkm
2
dan 
yuqori). G’ovakli terrigen va karbonat kollektorlarning asosiy farqi quydagilardan 
iborat: 
1. Terrigen va karbonat kollektorlar g’ovakli bo’shliqlar strukturasiga ko’ra 
bir-biridan farqlanadi. Terrigen kollektorlarda g’ovak diametri va ularni 
tutashtiruvchi kanallar diametri deyarli bir xil. Karbonat kollektorlarda tutashtiruvchi 
kanallar diametri g’ovaklar diametridan bir-ikki pog’ona kichik. SHunga ko’ra bir xil 
g’ovaklikka ega bo’lgan terrigen va karbonat kollektorlarda ikkinchisining tabiiy 
o’tkazuvchanligi kam bo’ladi. 
2. Karbonat va terrigen kollektorlardagi g’ovakli bo’shliqlar strukturasi turli 
ko’rinishda bo’lganligi sababli ularni tuzuvchi solishtirma yuza miqdori ham har xil 
bo’ladi. Solishtirma yuza deganda namunaning hajmiy birligidagi (1 sm
3
, 1 m
3

bo’shliqlar yuzasi yig’indisi tushuniladi. Jinsdagi g’ovakli bo’shliqlarning 
solishtirma yuzasi o’lchami juda katta bo’lishi munosabati bilan undagi qoldiq suv 
miqdori, neft-gazga to’yinganligi, jinslarning nam yutish xususiyati va sh.k. ham 
yuqori bo’ladi. O’tkazuvchanlik past yoki o’rtacha bo’lganda karbonat kollektorlar 
bo’shliqlarining solishtirma yuzasi terrigen kollektorlarnikiga nisbatan juda kam 
bo’ladi. O’tkazuvchanlik yuqori bo’lganda ularning solishtirma yuzasi deyarli teng 
bo’ladi.
 
3. Karbonat qatlamlar terrigen qatlamlarga nisbatan litologik tarkibiga, 
sig’im-filtratsiya va qayishqoq-mexanik xususiyatlariga, qatlanishi va mintaqaviy 
joylashishiga ko’ra har xil tarkiblidir. SHu sababli, tuzilishi yaxlit ko’rinadigan 
karbonat jinslar aslida murakkab tuzilgan, ko’p qatlamli, kengligi katta, bir-biri bilan 
gidrodinamik jihatdan mustahkam bog’lanmagan ko’pqatlamli ishlatish ob’ektlaridan 
iborat bo’ladi.
 
4. Har bir karbonatli qatlamda bir vaqtning o’zida o’tkazuvchanligi bo’yicha 
ajratiladigan, neft-gazga to’yingan uchta guruh (kam, o’rtacha va yuqori 
o’tkazuvchan) kollektorlari uchraydi. Ba’zan o’tkazuvchanligi 0,001 mkm
2
dan kam 


126 
bo’lgan kollektorlar ham uchraydi. SHunga ko’ra karbonat kollektorlarning 
o’tkazuvchanlik qiymati terrigen kollektorlarnikiga nisbatan keng intervalda 
o’zgaradi. Bunday o’zgaruvchanlik karbonat kollektorlardagi neft va gazni suv bilan 
hamda neftni boshqa omillar bilan siqib chiqarishda qiyinchiliklar tug’diradi.
 
5. Karbonat kollektorlar terrigen kollektorlarga nisbatan ko’proq darzlangan. 
Darzlar qatlanishiga nisbatan vertikal yoki qiyalangan yo’nalishda rivojlanadi, 
ularning kengligi qatlam bosimining yonbosh tog’ bosimiga nisbatan ortiqligi 
hisobidan aniqlanadi. Darzlar oralig’idagi masofa quduq diametri o’lchamiga to’g’ri 
keladi, darzlar sistemasi esa kengligi katta, alohida joylashgan darzlardan iborat 
bo’lmay, bir-biriga yaqin joylashgan, kengligi 1 dan bir necha o’n mikrometrga teng 
darzlardan iborat. Darzlarning kengligi balandlik va uzunlik bo’yicha tez o’zgaradi, 
shunga ko’ra o’tkazuvchanligi ham past bo’ladi.
 
6. Qatlam bosimi mo’’tadil gidrostatik bosimdan yuqori bo’lmasa (oddiy 
sharoitlarda) darzli o’tkazuvchanlik qiymati 0,001 mkm
2
dan 0,01 mkm

gacha 
o’zgaradi. Jinslardagi bo’shliqning umumiy hajmiga nisbatan darzli bo’shliqlar 
salmog’i 
kam 
o’tkazuvchan 
kollektorlarda 
yuqori 
qiymatga, 
o’rtacha 
o’tkazuvchanlarida o’rtacha qiymatga, yuqori o’tkazuvchanlarida past qiymatga ega 
bo’ladi. SHunga ko’ra jinslarning darzliligi kam o’tkazuvchan kollektorlarning 
ishlatish sharoitiga kuchli, o’rtacha o’tkazuvchan kollektorlarning ishlatish sharoitiga 
o’rtacha ta’sir etadi, yuqori o’tkazuvchan kollektorlarnikiga esa deyarli ta’sir 
etmaydi.
 
Demak, konlarni ishlatishning qayd qilingan sharoitlarida faqat yuqori 
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kollektorlar g’ovakli, o’rtacha va past 
o’tkazuvchanlari darzli-g’ovakli bo’shliqqa ega. 
7. Quduq mahsuldor qatlamni ochganda hamma turdagi kollektorlarning 
tabiiy o’tkazuvchanligi pasayadi. Past va o’rtacha o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan 
terrigen kollektorlarda bunday hodisalar asliga qaytmaydigan ko’rinish oladi. 
Karbonat kollektorlarga xlorid kislota haydalganda karbonat jinslar eriydi, natijada 
quduq atrofida radiusi bir necha o’n metrli zonaning o’tkazuvchanligi ortadi. Kislota 
qatlamdagi darzlar bo’ylab ichkarilab borib, jins darzliligini va darzli 
o’tkazuvchanlikni keskin oshiradi. Natijada jinslarning neft-gazga to’yinishi yuqori 
darajada bo’lgan zonalarda uyumlarni sanoat miqyosida ishlatish imkoniyati paydo 
bo’ladi. Terrigen kollektorlar esa bunday sharoitlarda mahsulsiz hisoblanadi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish