134
Xaritadagi izochiziqlar g’ovaklilik darajasi bilan bir qatorda, qatlam jinslari
g’ovakliligining taqsimlanish tavsifini ham ko’rsatadi. Lekin izochiziqlarda
ifodalangan g’ovaklilik va o’tkazuvchanlik xaritalaridan foydalanib, konni ishlatish
jarayonini tahlil qilib bo’lmaydi, buning asosiy sababi shundaki, qatlamning
izochiziqlarda ifodalangan ayrim parametrlarining o’zgaruvchanlik qiymatining
aniqligi bir qator omillarga bog’liq holda o’zgaradi, ya’ni o’lchovlardagi va xarita
tuzishdagi xatoliklarga, qatlam parametrlarining maydon bo’ylab o’zgarishiga,
o’lchovlar soni va ular oralig’idagi masofalarga bog’liq.
Amaliyotda ko’pincha qatlam parametrlarining o’zgarishi (mas. Ustyurt neft-
gazli regionida) izochiziqlarda ifodalangan xaritalardagiga nisbatan kichik
masofalarda sodir bo’ladi. SHuning uchun xaritalarda burg’ilangan quduqlar dalillari
asosida shartli beligilardan foydalanib, turli tipdagi kollektorlar tarqalgan maydonlar
- qumtoshlar, alevrolitlar, gillar ajratiladi. Birinchi va ikkinchi tipdagilari uchun
ularning konditsiya qiymatlari hisobiga olinadi. Maydonlar oralig’idagi chegaralar
shartli ravishda o’tkaziladi, chunki bir xil parametrlarning ikki maydoni oralig’idagi
chegara keskin, sakrashlar bilan yohud bir tekis bo’lishi mumkin. Bunday xaritalar
qatlamning suyuqlik o’tkazuvchanlik ma’lumotlari bilan to’ldirilsa, ularning qiymati
yanada ortadi.
Litologik (kollektorlarning tarqalish) xaritalarni
tuzishda va turli tipdagi kollektorlar chegaralarini
o’tkazishda quduqlarning joylashishidan va ular
oralig’idagi masofadan qat’iy nazar kollektorlar
joylashishining regional yo’nalishini hisobga olish
zarur (6.7-rasm).
Qatlamning har xilligini litologik xaritalarda
ifodalashda neft uyumiga nisbatan mahsuldor
bo’lmagan jinslar tarqalgan zonalar holati ham
hisobga olinadi, chunki mahsuldor qatlamga ta’sir
etish tadbirlarini loyihalashda bunday zonalarning
joylashishini bilish zarur. Loyihalash chog’ida
uyumning chekka qismlarida, markazida va maydoni
bo’ylab
(uyum
bo’yicha
lokal
uchastkalar
ko’rinishida) joylashgan mahsulsiz zonalarni ajratish
muhim hisoblanadi.
Uyumning chekka qismlarida zich tuzilgan,
suyuqlik o’tkazmaydigan jinslar bo’lsa, chegara
tashqarisiga suv, gaz va boshqalarni haydash foyda
bermaydi, agar zich mahsulsiz jinslar uyumning
markazida joylashgan bo’lsa, u holda ham uyumning
markazidan qatlamga suv yoki gaz haydash mumkin
bo’lmaydi. Zich tuzilgan jinslar maydon bo’ylab
Do'stlaringiz bilan baham: