416
Zaxiralarni hisoblash metodlarini tanlashda uyumni ishlatish rejimi va uning
razvedka qilinganlik darajasi eng muhim omillarga kiradi.
Uyumning ishlatish
rejimiga ko’ra quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) samarali suv bosimli rejimda faqat hajmiy metod qo’llanilishi mumkin;
2) nosamarali suv bosimli rejimda va uni erigan gaz rejimi bilan birgalikdagi
ta’sirida (qatlam bosimi qiymati neftni gaz bilan to’yinish bosimi qiymatidan past
bo’lganda) hajmiy metoddan tashqari moddiy balans va statistik metodlarni ham
qo’llash mumkin;
3) gaz qalpog’i va erigan gaz rejimlarida barcha uchta metodlarni qo’llash
mumkin;
4) gravitatsion rejimda faqat hajmiy metodni qo’llash mumkin (yana
hajmiy
metodning hajmiy-og’irlik varianti ham qulay).
Shunday qilib, hajmiy metod (uning variantlari bilan) har xil rejimlarda
universal hisoblanadi. Lekin qatlamning fatsial o’zgaruvchanligi sezilarli darajada
bo’lib, uning o’rtacha qalinligi, g’ovakliligi va boshqa
parametrlarining qiymatini
aniqlash murakkab bo’lganda hajmiy metodni qo’llash qiyin bo’ladi. Bunday
sharoitlar ko’pincha erigan gaz rejimidagi uyumlar uchun xos; bu holda mavjud
ma’lumotlarga asoslanib statistik metoddan yoki zaxiralarni
hisoblashda qatlam
hajmi va tegishli parametrlarni bilishni talab qilmaydigan moddiy balans
metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday holda moddiy balans metodini
qo’llash imkoniyati, jinslarning fatsial o’zgaruvchanligi va unga bog’liq holda qatlam
bosimining notekis taqsimlanishi hamda qatlam bo’yicha uni ishlatishning bir xil
sharoitlarini yaratishning qiyinligi bilan chegaralanadi. Demak, faqat statistik metod,
uning kamchiliklariga qaramay, eng samaralidir.
Samarali suv bosimli rejimda statistik metodni yuqorida qayd etilganidek qo’llab
bo’lmaydi, chunki qatlam bosimini muntazam pasayishidan oldingi va keyingi
debitlar qiymatining bog’liqligi
kuzatilmaydi, bog’liqlik ko’proq kundalik suyuqlik
chiqarib olish miqdoriga bog’liq. Bu holda moddiy balans metodini ham qo’llab
bo’lmaydi, chunki quyidagi formulada
0
1
p
0
p
1
H
0
b
-
b
)
-
(W
-
]
)V
r
-
(r
[b
Q
Q
ω
r
p
-r
0
=0; b
1
=b
0
; Q
N
b
1
=W-
, bo’lganligi sababli neft zaxiralarini hisoblash noaniq
echimga olib keladi.
Neft zaxiralarini hisoblash metodlari uyumlarni razvedka qilinganlik darajasiga
(zaxiralar toifasiga) ko’ra tanlanadi.
Zaxiralarni hajmiy metod bilan hisoblash neft uyumining razvedka qilinganligini
har qanday bosqichida qo’llanilishi mumkin. Gaz bosimli yoki erigan gaz rejimli neft
uyumlari uchun qo’llaniladigan statistik metod quyidagi hollarda ishlatiladi, agar:
a) bir qancha quduqlarning kamida bir yilda ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlar
bo’lganda;
b) uyumlarni ishlatish sxemasi tanlangan va quduqlarni
yillar davomida ishga
tushirish sur’atlari belgilanganda;
417
v) uyumni ishlatish rejimi, qatlam bosimlari va suvlilik chegarasini siljish
dinamikasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lganda.
Neft zaxiralarini moddiy balans metodi bilan hisoblaganda
quyidagilarga ega
bo’lish zarur:
a) neftda gazni eruvchanligi haqidagi laboratoriya tekshiruvlari va shu
munosabat bilan qatlam sharoitlaridagi va turli bosimlardagi neft hajmining
o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar;
b) turli bosimlarda uglevodorod gazlarining hajmi o’zgarishini ideal gazlar
qonunidan farqlanishi haqidagi ma’lumotlar;
v) gazlilik va neftlilik chegaralari hamda o’rtacha
gaz omili haqidagi
ma’lumotlar;
g) qatlamni ishlatish boshlanishidan hisoblash sanasigacha chiqarib olingan neft,
gaz va suvlarning miqdori haqidagi ma’lumotlar (jami va oylar bo’yicha);
d) qatlamni ishlatish rejimi va qatlam bosimini o’zgarish dinamikasi haqidagi
ma’lumotlar hamda izobar xaritalarini tuzish uchun barcha dastlabki ma’lumotlar
bo’lganda.