19.1. ERKIN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASHNING
HAJMIY METODLARI
Erkin gaz zaxiralarini hisoblashning asosiy metodlariga hajmiy va bosimning
pasayishi metodlari kiradi.
Zaxiralarni hajmiy metod bilan hisoblash kollektordagi gazning dastlabki
miqdorini ifodalovchi va gaz konini tavsiflovchi geologik, fizik va kimyoviy
xususiyatlarni o’rganish asosida bajariladi.
Lekin gaz zaxiralarini hisoblash uchun qatlamning kollektorlik xususiyatlarini,
unda gazning taqsimlanishi va uyum chegaralarini o’rganishdan tashqari, gazning
fizik xususiyatlarini, bosim va temperaturaning o’zgarishi jarayonida gazda yuzaga
keladigan o’zgarishlarni hamda qatlam bosimi va temperaturasini, gazning kimyoviy
tarkibini va uni tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning foiz miqdorini aniqlash
zarur bo’ladi.
Toza gaz konlari bo’yicha qayd qilingan ma’lumotlarni to’plash uqadar qiyin
emas, chunki gaz tarkibi, odatda, bir xil va doimiy bo’ladi. Gazning kimyoviy
tarkibining va komponentlarining foiz miqdorini o’rganish esa uyumda yuzaga
keladigan sust va doimiy o’zgarishlar tufayli murakkablashadi.
Masalan, suv bilan to’shalgan, tarkibida erigan SO
2
va N
2
S bo’lgan gaz
uyumlarida bosim pasayishidan, suvda oson eriydigan SO
2
va N
2
S eritmadan ajralib
chiqadi va gaz shu komponentlar bilan boyiydi. Gazning kimyoviy tarkibining
o’zgarishi, shuningdek, gaz-neftli uyumlarning gaz qalpog’ida ham sodir bo’ladi.
Bunday uyumlardan foydalanishda va qatlam bosimining pasayishida gaz
qalpog’idagi gaz neftdan ajralib chiqqan og’ir uglevodorodlar bilan boyishi mumkin.
421
Gaz zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblash o’zining soddaligi tufayli keng
qo’llaniladi, chunki hisoblash uchun zarur bo’lgan parametrlarni gaz uyumini sinov
ishlatish jarayonida olish mumkin.
Gaz zaxiralarini hisoblash uchun hajmiy formula quyidagi ko’rinishga ega:
V=Fhmf(r
−r
o
o
)
g
g
,
(19.1)
bunda V − hisoblash sanasiga chiqarib olinadigan (sanoat miqyosida) gaz zaxirasi,
m
3
; F ― mahsuldor gazlilik chegarasidagi maydon, m
2
; h - gazli qatlam g’ovakli
qismining qalinligi, m; m - g’ovaklilik koeffitsienti; r − hisoblash sanasiga gaz
uyumidagi o’rtacha mutlaq bosim, MPa; r
o
− sanoat miqyosidagi gaz zaxiralari
chiqarib olingandan so’ng va quduq og’zidagi mutlaq bosim 0,1 MPa ga teng bo’lib,
barqarorlashgandan so’nggi o’rtacha qoldiq mutlaq (yakuniy) bosim,
g
Н
9
10
1293
atm
о
e
P
P
;
va
o
- uglevodorodli gazlarni Boyl-Mariott qonunidan og’ishiga
va
o
bosimlar uchun tegishlicha tuzatishlar; f - gaz hajmini standart temperaturaga
keltirish uchun temperaturaga tuzatish
pl
st
t
T
t
T
f
;
(19.2)
(t
st
=20
o
S, T=273
o
S);
g
- bog’liq suv miqdori hisobga olingandagi gazga
to’yinganlik koeffitsienti;
g
- gaz bera olish koeffitsienti.
Gaz quduqlaridagi qatlam bosimi quduq og’zidagi (vaqtincha ularning
yopiqligida) bosim asosida (8.4) yoki (8.5) formula bo’yicha gaz ustunining og’irlik
kuchini hisobga olib aniqlanadi.
Uyumdagi qoldiq bosim r
k
quduq og’zidagi bosim r=0,1 MPa (sanoat
miqyosidagi gaz zaxiralari chiqarib olgandan so’ng) (8.5) formula bilan aniqlanadi.
Odatda gazning tarkibi va yotish chuqurligiga ko’ra r
o
qiymati 0,1-0,3 MPa oraliqda
o’zgaradi. Demak, suv bosimli rejimda qatlamdagi qoldiq bosimni r
o
hisobga olish
maqsadga muvofiq emas, bunday holatda (19.1) formuladagi r
o
ni nolga teng deb
qabul qilish kerak.
Gazlilik maydoni, qatlam g’ovakli qismining o’rtacha qalinligi va
g’ovaklilikning o’rtacha koeffitsienti qiymati neft zaxiralarini hajmiy metod bilan
hisoblashdagi kabi aniqlanadi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, gaz-suv tutash
yuzasi odatda gorizontal holatda bo’lib, uning usti va tagidagi chegarasi gazli
qatlamning yer osti relefi izogipslariga to’g’ri keladi.
Uglevodorod gazlarining ideal gazlar qonunlaridan og’ishi gaz aralashmalaridagi
ayrim komponentlarning og’ishi haqidagi ma’lumotlar bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, gazning molekulyar massasi qancha yuqori bo’lsa,
og’ishi ham shuncha katta bo’ladi, temperatura ortganda ular kamayadi.
Tabiiy gazning tarkibiy qismlarini 15
0
S da 0,1 MPa mutlaq bosimga og’ishi
19.1-jadvalda keltirilgan.
422
Ma’lumotlarni 20
o
Sga qayta hisoblashda ma’no yo’q, chunki og’ishlar qiymati
uncha katta bo’lmay 20
o
S ga qayta hisoblaganda, hatto bosimning 6-18 MPa
oralig’idagi eng katta og’ish qiymati 2% dan ortmaydi.
19.1-jadval
Uglevodorod gazi
komponentlari
15
0
Sdagi 0,1 MPa ga og’ishi
Metan
0,0022176
Etan
0,0088128
Propan
0,0186192
Karbonat angidrid gazi
0,0065520
Azot
0,0001008
Havo
0,0004896
Izoh
. MDH da standart temperatura sifatida 20
o
S qabul qilingan bo’lsa ham,
keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq gaz aralashmasining 0,1 Mpa ga og’ishini
har qaysi tarkibiy qismning og’ish qiymatini aralashmadagi gazning tarkibiy
qismining tegishli miqdoriga ko’paytirish va bu ko’paytmalarni jamlash orqali
hisoblash mumkin. Agar aralashmada og’ir uglevodorodlar bor bo’lsa, bunday
hisoblashlarda bosimning u yoki bu qiymatiga to’g’ri keladigan har xil taxminiy
ma’lumotlar olinadi va ular aralashmaning haqiqiy og’ish qiymatidan keskin
farqlanadi. Masalan, azotning Boyl-Mariott qonunidan og’ishi shunchalik kamki,
odatda u e’tiborga olinmaydi.
15
o
C temperaturadagi tabiiy gazni Boyl-Mariott qonunidan og’ishini aniqlash
uchun quyidagi ifodadan ham foydalaniladi
1000
0,22l)
5,5s
3c
8d
4
2,26p(m
n
e
,
(19.3)
bunda n
og’ish, %; r
manometrdan olingan mutlaq bosim, MPa; tabiiy
gazdagi miqdori, % da: m - metan, e - etan, d
propan, s - karbonat kislotalar,
vodorod sulfidi, l
havo.
Gazning n qiymatini komponentli tarkibi tavsifi bo’yicha hisoblab,
tuzatish
hajmiy formulaga kiritiladi:
100
n
1
α
.
(19.4)
Qayd qilinganidek, og’ir uglevodorodlar miqdori yuqori va mutlaq bosim
qiymati 10 MPa dan katta bo’lsa, formula yordamida hisoblab topiladigan og’ishlar
miqdori haqiqiysidan ancha farq qiladi; u holda keltirilgan formuladan foydalanish
423
yaxshi natija bermaydi, shu sababli gazning siqilishini laboratoriyada tajriba yo’li
bilan aniqlash tavsiya etiladi.
Gazga to’yinganlik koeffitsientini
g
aniqlash uchun 19.1-rasmda keltirilgan
grafikdan foydalanish mumkin; bu grafik gazga to’yinganlik koeffitsienti qiymatini
bog’liq suv miqdorini hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi. Ushbu grafik
laboratoriya tadqiqotlarining muayyan ma’lumotlari yo’qligida taxminiy hisoblashlar
uchun qo’llaniladi.
Gaz zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblashda gaz bera olish koeffitsientini
asoslash eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi, chunki bu masala etarlicha
o’rganilmagan.
Chet ellik olimlarning bu masalaga bag’ishlangan ishlarida faqatgina ayrim
umumiy tartibdagi mulohazalar mavjud, gaz konlarining gaz bera olish qiymatiga
turli omillarning ta’siri haqidagi aniq ma’lumotlar uchramaydi. CHet el olimlari
ishlarida keltiriladigan gaz zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodining barcha
formulalarida, odatda gaz bera olish koeffitsientini tavsiflovchi parametr yo’q bo’lib,
undan foydalanilmaydi; faqat ilova qilingan matnda hisoblangan zaxiralarning u yoki
bu miqdorda chiqarib olish (hech qanday asoslamasdan) imkoniyatlari qayd qilinadi.
Bundan tashqari, formulalarda qoldiq bosim qiymati tushirib qoldiriladi, garchi gaz
zaxiralarini amalda hisoblashda bu qiymat har doim hisobga olinsa ham.
Ayrim mualliflar gaz konlari uchun gaz bera olish koeffitsienti qiymatini 0,5-
0,95 chegarasida keltiradilar, lekin shu o’rinda bu qiymatga u yoki bu omillar
ta’sirini aniq ko’rsatmaydilar.
AQSHning 49 ta gaz koni bo’yicha olib
borilgan tahlillar (ularning 22 tasini ishlatish
yakuniga etgan) shuni ko’rsatdiki, gaz zaxirasi
1,5-2 mlrd.m
3
dan ko’p bo’lgan konlarda ulardan
foydalanish to’xtatilganda hisoblangan gaz bera
olish koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 ga teng
bo’lgan, zaxiralari kam bo’lgan konlarda esa bu
miqdor 0,66-0,80 chegarasida o’zgarib turgan.
Ishlatilishi yakuniga etgan 22 ta kon bo’yicha
hisoblangan gaz bera olish koeffitsientining
o’rtacha arifmetik qiymati 0,87 ga teng. Demak,
dastlabki gaz zaxiralaridan o’rtacha gaz
yo’qolishi 0,13 (jumladan, quduq og’zidagi
qiymati 0,1 MPa ga teng, deb qabul qilingan
qoldiq bosim hisobiga o’rtacha gaz yo’qolishi
o’rtacha 0,02 atrofida).
MDHda Sankt-Peterburg gaz konining
ishlatish ma’lumotlari bo’yicha gaz bera olish koeffitsienti 0,84 ga, Kanevskiy
konida esa 0,81-0,82 ga teng bo’lgan. O’zbekiston Respublikasida Buxoro-Xiva neft-
Do'stlaringiz bilan baham: |