419
beradi, shuning uchun gaz-suv tutash yuzasi, odatda gorizontal holatda bo’ladi.
SHuning uchun gaz uyumining chegarasi odatda uyum joylashgan struktura
izogipsiga to’g’ri keladi. Gazlar joylashishining bunday o’ziga xos xususiyati uyum
chegarasini (mahsuldor qatlam strukturasi ma’lum bo’lganda) va kam sonli quduqlar
burg’ilanganda gaz-suv tutash yuzasi holatini belgilashga imkon beradi. Gaz
uyumining chegaralari va gaz-suv tutash yuzasi holati haqida olingan ma’lumotlar
gaz uyumi hajmini hisoblashni osonlashtiradi.
Ko’pincha gaz uyumidagi gaz chekka yoki qatlam osti suvlarining u yoki bu
bosimi ostida bo’ladi. Lekin ko’pincha suv bosimi sust bo’ladi, bunday hollarda gaz
uyumini ishlatish jarayonida uning hajmi deyarli o’zgarmaydi. Suv faol bo’lishi ham
mumkin, shunga ko’ra gaz uyumini ishlatish jarayonida
gazlilik chegarasining
(chekka suvlar mavjud bo’lganda) yoki gaz-suv tutash yuzasining (qatlam osti suvlari
mavjud bo’lganda) siljishi sodir bo’ladi.
Gaz uyumidagi bosim ko’pincha bosimli suvlarning tazyiqidan paydo bo’ladi va
uning miqdori shu bosim qiymati bilan aniqlanadi. Gaz qalpog’i chegarasida
joylashgan quduqdagi bosimni va gaz-suv tutash yuzasi chegarasidan tashqarida
joylashgan quduqdagi suv bosimini bilgan holda gaz-suv tutash yuzasi holatini (8.8)
formula yordamida osongina aniqlash mumkin.
Shunday qilib, neftdan farqli o’laroq, gaz uchun uning engilligi va tez
harakatchanligi tufayli nisbatan kam sonli kuzatuvlar yordamida zaxiralarni
hisoblash uchun zarur bo’lgan bir qator muhim ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Lekin geologik-izlov ishlari ma’lumotlari va dala kuzatuvlari bo’yicha gaz
konlari borligini oldindan aytib berishning hozircha iloji yo’q. Ishonchli ma’lumotlar
to’plangan ayrim hollarda gaz-neft koni borligini taxmin qilish mumkin,
lekin gaz
koni mavjudligini ajratib ko’rsatish ehtimoldan uzoqdir. Agar gaz to’planishiga qulay
strukturalar avvalroq topilgan strukturalarga asoslanib baholanadigan bo’lsa, u holda
gazliligi belgilangan provintsiyalarda bir nechta gaz uyumlari mavjudligini taxmin
qilish mumkin.
Hattoki, gazning tabiiy holda yer yuzasiga chiqib turgan joylari mavjudligi ham
zaminda sanoat ahamiyatiga molik gaz koni borligini isbotlovchi aniq ma’lumot
vazifasini hardoim ham o’tay olmaydi. Ko’pgina hollarda gaz chiqib turgan bunday
joylar sanoat miqyosidagi uyumlar bilan bog’liq bo’lmagan gaz oqimlari siljiyotgan
qatlamlar bo’lishi mumkin. Lekin ular ko’pincha gaz-neft konlarining darakchilari
bo’lib xizmat qiladi.
Gosinklinal oblastlarda, ayniqsa kesimning yuqori intervallarida toza neft
uyumlari ko’p
uchraydi; toza gaz uyumlari hamda neft-gaz uyumlari esa 1000-1500
m intervallarda namoyon bo’la boshlaydi. Toza gaz uyumlari ko’pincha 1500-2000
m intervallarda, gaz kondensati uyumlari esa 2500-3000 m intervallarda ko’proq
uchraydi.
Platforma oblastlarida esa boshqacha manzara kuzatiladi, chunonchi: kesimning
yuqori intervallarida gaz uyumlari ko’proq uchraydi; 1000-1500 m intervallardan
boshlab esa neft uyumlari ko’proq bo’lib, undan ham chuqurroqda gaz uyumlariga
nisbatan ularning soni yanada ortib ketadi. Gaz kondensati uyumlari ayrim hollarda
420
1000-1500 m intervalda paydo bo’ladi, 2000-2500 va 2500-3000 m chuqurlikda esa
ularning soni yanada ortadi. Masalan, O’zbekistondagi Ko’kdumaloq konida gaz
kondensati rif majmuasi (yuqori yura davri korbonat formatsiyasi) kesimida
an’anaviy XV-NR (rif usti, 2830-2930 m intervalda ochilgan), XV-P (rif, 2930-3070
m), XV-PR (rif osti,3110-3200 m) gorizontlarida ochilgan. Gaz kondensati uyumida
qatlam bosimi 57,3-56,2 MPa, temperatura 110
0
S.
Qayd qilingan taxminiy
qonuniyatlar gaz uyumlarini izlashda muhim hisoblanadi.
Geologik va geofizik tadqiqotlar asosida istiqbolli uchastkalarni ajratish va
razvedka burg’ilashi uchun qulay strukturalarni belgilash mumkin; ular chuqurlikda
toza gaz, gaz kondensati yoki gaz-neft koni borligi haqidagi masalaga oydinlik
kiritishi mumkin.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan geologik s’yomka, geofizik tadqiqotlar
va burg’ilash ishlari bir-birini to’ldiradi va gaz konining geologik tuzilishini to’la va
aniq yoritishga, gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash uchun gaz yoki gaz
kondensati uyumining kerakli tavsiflarini olishga imkon beradi.
Magistral gazuzatgich korxonalarini loyihalashda hisoblangan gaz zaxiralari
asos qilib olinadi, shu sababli ularni hisoblash yo’riqnomalar talablariga rioya qilgan
holda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: