255
va ularning fizik tavsifiga ko’ra belgilanadi. Uyumlarni ishlatish amaliyotidan kelib
chiqqan holda neft uyumlarini 5-6 km kenglikdagi bo’laklarga kesish va har bir
bo’lakda ishlatish quduqlarining beshtagacha qatorini joylashtirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Konlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi past bo’lganda ishlatish quduqlari
uch qatorli
qilib joylashtiriladi, kesilgan bo’laklar kengligi 3 km dan oshmaydi.
Uyumning qirqish bo’laklari kengligini belgilashda neftning harakatchanlik
(K
h
/μ) miqdori muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Neft harakatchanligi 0,1·10
-12
m
2
/(mPa·s) bo’lganda, qirqish bo’laklari kengligi 4-5 km li ishlatish quduqlari besh
qatorli qilib joylashtiriladi. Neft harakatchanligi past (0,05÷0,1)·10
-12
m
2
/(mPa·s)
bo’lsa, qirqish bo’laklari kengligi va ishlatish quduqlari qatori soni kam bo’ladi.
Uyumni kesish va birinchi ishlatish quduqlari oralig’igacha bo’lgan masofa
qatlamning kollektorlik xususiyatlariga ko’ra tanlanadi va uning qiymati 1000-1300
m ga teng bo’ladi.
Demak, chegara ichra suv bostirish turli geologik-geofizik sharoitlardagi
uyumlarni ishlatishda samara beradi, bu metodni faqat kollektorlar o’tkazuvchanligi
juda past yoki qatlam nefti qovushqoqligi yuqori bo’lganda qisman qo’llash mumkin.
Mahsuldor qatlamlarning litologik-kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligiga
va ular tarkibining har xilligiga, neftning o’tkazuvchanlik va qovushqoqlik tavsifiga
bog’liq holda uyum bloklarga va uchastkalarga ajratiladi. Blokli sistemani neft uyumi
kengligi 4-5 km ni tashkil etganda, uyum jinslari o’tkazuvchanligi
past va kengligi
kamroq hamda kollektorlar tarkibi har xil va neft qovushqoqligi yuqori bo’lganda
qo’llash mumkin.
Uyumlarni bloklarga va uchastkalarga bo’lishdan tashqari, chegara ichra suv
bostirishning boshqa variantlari ham mavjud, ularga: chegara ichi markazidan,
gumbaz (o’q) bo’ylab, o’choqsimon, maydoniy va tanlab suv bostirishlar kiradi.
Chegara ichi markazidan suv bostirish
– V.N.Shelkachev
taklif etgan metod
bo’lib, unda uyum markazida haydash quduqlari halqasimon joylashtiriladi, suv
bostirish uyumning 5% gacha bo’lgan maydonini ishg’ol qilishi lozim. Bu metoddan
chegara tashqarisida va chegara ichki qismlarida qatlamning o’tkazuvchanligi past
bo’lganda foydalansa bo’ladi. Bunday holda chegara ichi markazida suv bostirishni
mustaqil
ravishda
qo’llash
mumkin.
Juda
yirik
neft
uyumlarini ishlatishda bu metod
uyumning ishlatish muddatini
qisqartirish imkonini beradi va
neft zaxirasini
samarali chiqarib
olishga sharoit yaratadi.
Uyumni ishlatishda haydash
quduqlarini
halqasimon
joylashtirish sistemasini qo’llashda uyumning umumiy maydonini 5% dan ko’pi
ishg’ol qilinsa, bu metod samara bermaydi, chunki bunda haydalayotgan suv ikki
tomonlama harakat qilib, nazoratni qiyinlashtiradi.
256
Gumbaz (o’q) bo’ylab suv bostirish
– burmaning o’q qismida joylashgan
haydash quduqlaridan suv haydash metodi. Bu metod asosiy
suv bostirish usulini
jonlantirish uchun qo’llaniladi, ya’ni flyuid chiqarib olinadigan quduqlarga suv
haydash orqali uyumni ishlatishda kuchsiz qatnashayotgan qismini ishga solib
yuborishga yo’naltiriladi (10.8-rasm). Bunday usulda suv bostirish birinchi marta
AQSh ning Uisson (Arkanzas) va Kelli-Snayder (G’arbiy Texas) shtatlarida mos
holda 1948 va 1954 yillarda amalga oshirilgan. Bu konlarda qatlam bosimini saqlash
uchun
neftlilik
chegarasining
uzun o’qi bo’ylab haydash
quduqlari qatori burg’ilangan.
Kelli-Snayder
konidagi haydash
quduqlari qatorining uzunligi 23
km, haydash quduqlari soni 53 ta
bo’lgan. Qatlamga ta’sir etishning
ushbu
metodini
tanlashda
uyum
o’tkazuvchanligining pastligi va konning chekka qismlarida qatlamning yer yuzasiga
chiqishi hisobga olingan.
Uyumni ishlatishning ushbu sistemasi Rossiya Federatsiyasining Krasnodar
o’lkasidagi Novodmitriy konidagi qum gorizontini hamda G’arbiy Sibirdagi Ust-
Balik konidagi A guruhidagi qatlamlarni ishlatishda qo’llanilgan.
Markazdan suv bostirish
– neft uyumining eng yuqori – gumbaz qismiga suv
bostirish. Bu metod dastlab Apsheron yarimorolidagi
ayrim konlarda chegara
tashqarisi zonasidagi jinslarning kollektorlik xususiyati past va neft qovushqoqligi
yuqori bo’lganda qo’llanilgan. Haydalgan suv Binagada maydonining ayrim
uchastkalarida tutash front bo’ylab 30 m/oy tezlikda harakatlangan. Ta’sir samarasi
yaxshi bo’lib, bir qator ishlatish quduqlaridan qo’shimcha neft olingan.
O’choqsimon suv bostirish
– asosiy (chegara ichi yoki chegara tashqarisiga) suv
bostirish usullarini jonlantirish uchun qo’llanilib, burg’ilangan suyuqlik chiqaruvchi
quduqlarga suv haydash orqali uyumni ishlatishda uning kuchsiz qatnashayotgan
qismini ishga solib yuborishga yo’naltiriladi. Bu metoddan ayrim linzalardagi neft
zaxiralarini chiqarib olishda ham foydalaniladi. SHuningdek,
quduqlarni
o’choqsimon ko’rinishda joylashtirish metodi qatlamlar uzilib-uzilib yotganda yoki
o’tkazuvchanligiga ko’ra har xil tarkibli bo’lganda va uyumning ayrim qismlari
haydalgan suv ta’sirida neft siqib chiqarish jarayoni bilan qamrab olinmaganda
qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: