253
Chegara
tashqarisiga
suv
bostirishning
samaradorligi
qatlamning
tabaqalanishiga,
shuningdek,
ushbu
sistemaning
muvaffaqiyatli
qo’llanilishi mahsuldor qatlamning
bir tarkibliligiga
ham bog’liq. I.P.CHalovskiyning fikricha, chegara
tashqarisiga suv bostirish
quyidagi hollarda foydali
hisoblanadi:
a)
qatlamning
kollektorlik
xususiyatlari nisbatan yuqori
–
0,2·10
-12
m
2
bo’lganda;
b)
neft
va
suv
qovushqoqligi
nisbati kichik – 3 gacha
bo’lganda;
v) neft harakatchanligi 0,2·10
-12
m
2
/(mPa·s) dan yuqori bo’lganda.
Uyumni ishlatishning chegara
tashqarisiga suv bostirish
metodining
samaradorligi asosan qatlamga haydalayotgan suyuqlik hajmining qatlamdan
olinayotgan suyuqlik hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: suyuqlik kam haydalganda
suv bostirish jarayoni kam samarali bo’ladi; agar
qatlamga suyuqlik ortiqcha
haydalsa, u holda suv chegara tashqarisiga oqib ketadi va bu jarayon ham kam
mahsuldor hisoblanadi (ko’pincha suyuqlik haydash samarasi 20-50% bo’ladi).
Haydash va ishlatish quduqlarini to’g’ri joylashtirish ham muhimdir. Ishlatish
quduqlarini neftlilik chegarasidan birmuncha uzoqlashtirish
maqsadga muvofiq,
haydash quduqlarini esa undan taxminan haydash quduqlari oralig’idagi masofaning
yarmiga teng keladigan masofaga joylashtirish kerak. SHuning uchun boshlang’ich
neftlilik chegarasini aniq belgilash juda muhimdir.
Chegara bo’ylab suv bostirish
– qatlam bosimini bir me’yorda saqlab turish
uchun uyumning neftli qismiga chegara bo’ylab suv haydaladi.
Bu metod qatlamning chegara tashqarisidagi suvli qismining o’tkazish
imkoniyati past yoki qatlamning suvli va neftli qismlarini o’zaro
gidrodinamik
aloqasi yomon bo’lganda qo’llaniladi. Bunday hollarda haydash quduqlari
qatlamning suv-neftli qismida neftlilikning ichki chegarasi bo’ylab joylashtiriladi.
Uyumni ishlatishning bunday sistemasi dastlab V.S.Malik-Pashaev tomonidan
Ozorbayjon Respublikasining dengiz qismi konlaridagi
kirmakin suv osti svitasida
qo’llanilgan (10.6-rasm).
Neftlilik chegarasidagi qatlamning o’tkazuvchanligining yomonlashuvi
biokimyoviy jarayonlar ta’siriga hamda eritmadagi mineral moddalarning
cho’kishiga sabab bo’ladigan temperatura sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq. SHu
sababli uyumning chekka qismlarini va qatlamning chegara
tashqarisidagi zonasini
geologik nuqtai nazardan o’rganish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Chegara ichra suv bostirish
– neft qatlami (uyumi)ga suv yuborish orqali qatlam
bosimini bir me’yorda saqlash metodi. Chegara tashqarisiga haydalgan suv konning
markaziy qismidagi neft zaxiralarining kattagina qismini o’rab oladi, shu sababli
Do'stlaringiz bilan baham: