«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

10.2-rasm. 
Turli 
tipdagi 
neft 
uyumlarida (suv bosimli rejimda) 
quduqlarni batareya ko’rinishida 
joylashtirish sxemasi
. Neft uyumlari: 
a – qubbasimon; b – braxiantiklinal; v 
– monoklinal. 1 – neftlilik 
chegara
si; 
2 – ishlatish quduqlari batareyasi; 3 – 
markaziy quduqlar; R
n
– neftlilik 
chegara
si radiusi, r – ishlatish 
quduqlari batareyasi radiusi


246 
Bir quduqqa to’g’ri kela- 
digan maydon, km
2
/quduq 
Konlar soni 
Konlarning umumiy soniga 
nisbatan miqdori, % 
>0,36 
0,32±0,04 
0,28—0,18 
0,16±0,02 
0,14-0,069 
0,08±0,01 
<0,07 


17 
39 
17 
14 

3,8 
6,7 
16,2 
37,1 
16,2 
13,3 
6,7 
Jami 
102 
100 
 
 
10.1-jadval tahlilidan ma’lumki, 1950 yildan keyin AQSHda ishga tushirilgan 
konlarda quduqlarni joylashtirish to’riga ko’ra 0,36 km
2
/qud. dan kami 96,2% 
hollarda, 0,18 km
2
/qud. 73,3% va 0,18 dan 0,07 km
2
/qud. 66,6% hollarda 
qo’llanilgan. Ushbu konlarda keyinchalik qo’shimcha qazilganlari hisobiga quduqlar 
zichligi ancha ortgan. 
Hozirgi vaqtda AQShda hamma neft konlarining 50% ga yaqini quduqlar 
to’rining maydoni 0,16 km
2
/qud. dan kam; 37% - 0,16-0,25 km
2
/qud. va 13% - 0,25 
km
2
/qud. dan ko’pga to’g’ri keladi. 
O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida quduqlarni batareya 
ko’rinishida joylashtirishda batareya qatorlari oralig’i 500-600 m, batareyadagi 
quduqlar oralig’idagi masofa esa 400-500 m qilib belgilangan. Ba’zi neft-gazli 
rayonlarda bunday masofalar ancha kamaytirilgan. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, qatlamga ta’sir etilganda va neftni chiqarib 
olish tartibga solinganda qatlamning to’liq neft bera olishligi quduqlar soniga (ya’ni 
quduqlar orasidagi masofaga va ularning joylashtirish usuliga) bog’liq bo’lmaydi, 
neft esa uyumning chekka qismlaridan suv ta’sirida uning markaziy qismida 
joylashgan quduqlar tomon to’liq siqiladi deb qaraladi. Bunday nuqtai nazar xato 
hisoblanadi, chunki neft konlarini ishlatish amaliyoti mahsuldor qatlamlarning 
geologik tuzilishining o’zgaruvchanligini va murakkabligini ko’rsatdi. Bunday 
sharoitlar hisobga olinmasa, quduqlarning joylashishi va qatlamga ta’sir etish 
texnologiyasining qandayligidan qat’iy nazar, qatlamning neft bera olish 
koeffitsientini yuqori ko’rsatkichlariga erishib bo’lmaydi. 
Gaz konlarida quduqlar orasidagi masofa neft konlaridagiga nisbatan kattaroq 
bo’ladi. Masalan, AQShda quduqlar oralig’idagi masofa gaz olishning belgilangan 
normasi bilan aniqlanadi. Agar gaz olish normasi quduqning erkin debitidan 7% qilib 
belgilangan bo’lsa quduqlarni joylashtirish to’ri zichligi 0,02 km
2
/qud. (quduqlar 
oralig’idagi masofa 150 m ga yaqin) bo’ladi. Gaz olish normasi 25% gacha 
ko’paytirilsa, bu masofalar anchagina uzayadi. Gaz olish normasi 25% dan ortsa, 
quduqlar zichligi 0,65-0,87 km
2
/qud. (quduqlar orasidagi masofa 860-1000 m) 
bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlaridagi ayrim konlarda gaz 
uyumlari uchun burg’ilangan quduqlar oralig’idagi masofalar sezilarli farqlanadi. 
Masalan, Elshan konida bu masofalar 700-1500 m, Kalinovo-Novostepanov konida – 


247 
1000 m ga yaqin, Uxtin konida -70-1000 m, Gazli konida – 1500 m, SHebelin konida 
– 1000 m va h. 
Quduqlar oralig’idagi masofani tanlashda asosan mahsuldor qatlamning 
geologik tuzilishi, uning kollektorlik xususiyatlari, fatsial o’zgaruvchanligi, 
qatlamning ishlatish rejimi, gidrodinamik, iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqa 
ma’lumotlariga asoslanish zarur. 
Qatlamni ishlatish sur’ati
balans zaxiradan yil davomida olingan neftning foiz 
miqdori bilan belgilanadi. Sanoat miqyosidagi zaxira bo’yicha neftni olish sur’ati 
solishtirilib, qatlamning neft bera olish koeffitsientini baholash mumkin bo’ladi. 
Natijada hisoblangan balans (ya’ni boshlang’ich geologik) zaxira miqdoridan 
chiqarib olingan neft miqdori solishtirilib, qatlamni ishlatish sur’ati belgilanadi. 
Masalan, AQShda neftni olish sur’ati balans zaxiraning 0,76-0,77% ni tashkil 
qiladi (olinadigan zaxira 2,3-2,4% ga teng va 5% ko’p emas). 
Qatlamdan neft chiqarish sur’atini va uyumni ishlatishning eng ma’qul 
muddatini belgilash loyihalash ishlarining va 
konni ishlatishning muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Ushbu vazifani to’g’ri hal qilishda 
ko’pgina qiyinchiliklar mavjud, chunonchi neft 
qatlamlarining fizik xususiyatlarini va geologik 
tuzilishini maydon bo’ylab o’zgarishi bunga 
sabab bo’ladi. 
Neft olish sur’atini mahsuldor qatlamning 
geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olmasdan va yil davomida olingan neft 
miqdorini uning boshlang’ich zaxirasi miqdori 
nisbatiga 
qarab 
rasman 
belgilash 
chalkashliklarga olib keladi. Uyumni ishlatish 
sur’ati turli omillarga bog’liq bo’lib, ular ta’siri 
hozirgacha to’liq o’rganilmagan. Neftlilik 
chegarasining siljish tezligi uyumni ishlatish 
shiddati ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Bu ko’rsatkich neft qatlamining geologik 
tuzilishi ta’sirini, uning energetik xususiyatlarini 
va qatlamga sun’iy ta’sir etish tadbirlarini 
hisobga oladi. 
Neftni siqib chiqarish tezligi qatlamning 
yakuniy neft bera olishiga ta’sir etadi va 
qo’llanilayotgan 
ishlatish 
sistemasining 
maqbulligini baholash imkonini beradi. Neftlilik 
chegarasining siljish tezligi sust bo’lsa, qatlamda 
yuzaga kelgan bosim gradienti diametri kichik 
bo’lgan g’ovaklardan neftning siqib chiqarilishini ta’minlay olmaydi, chunki ulardagi 
neft kapillyar kuchlar ta’sirida ushlanib qoladi. Tezlik juda yuqori bo’lganda, 
suvlanish tili paydo bo’ladi, natijada qatlamdan neft qisman va notekis siqib 
chiqariladi. Har ikki holda ham qatlamning neft bera olish koeffitsienti miqdori 
pasayadi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish