«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 KO’P QATLAMLI NEFT KONLARINI ISHLATISH



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
10.2. KO’P QATLAMLI NEFT KONLARINI ISHLATISH 
 
Ko’p qatlamli neft konlarini ishlatishni loyihalashda mahsuldor kesimni va 
uning ayrim qatlamlarini avvaldan o’rganib chiqish muhim masalalardan biri 
hisoblanadi. Buning uchun gidrodinamika, kon geofizikasi va kon geologiyasi 
metodlari yordamida mahsuldor kesimning har bir qatini mufassal o’rganish va 
olingan natijalarni tahlil qilish kerak. Ayrim qatlarning mahsuldorligini baholash 
uchun uni sinash ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Bajarilgan tadqiqotlar asosida 
neftli svita ishlatish qavatlariga va ishlatish ob’ektlariga ajratiladi. 
10.2.1. Neftli svitani ishlatish qavatlariga va 
ob’ektlariga ajratish 
 
Ishlatish qavati
deganda alohida quduqlar turkumi (majmuasi) yordamida 
ishlatiladigan bir ishlatish ob’ekti yoki guruhi tushuniladi. 
Ishlatish ob’ekti 
deb bir quduq bilan bir vaqtda (birgalikda) ishlatiladigan bir 
yoki bir nechta qatlamga aytiladi. 
Quduqlar turkumi
(majmuasi) deganda ajratilgan ishlatish qavati uchun 
loyihalangan quduqlar guruhi tushunilib, uning tarkibida bir yoki bir nechta ishlatish 
ob’ekti bo’ladi. Ajratilgan qavatlar soniga ko’ra uyumlarni ishlatish bir, ikki va 
undan ko’p quduqlar turkumi yordamida amalga oshiriladi. 


240 
Quduqlar to’ri
bir ishlatish ob’ektidagi mahsuldor maydon chegarasida 
burg’ilanadigan quduqlar soni va ularning joylashishini belgilaydi. 
To’r zichligi
bir 
quduqqa to’g’ri keladigan maydonni (km
2
) tavsiflaydi.
Neftli svitani ishlatish qavatiga ajratishda quyidagi asosiy qoidalarga amal 
qilmoq lozim: 
1. Neftli svita chegarasida ishlatish qavatlari va tegishli quduqlar turkumini 
hamda konlarning samarali ishlatilishini texnik-iqtisodiy nuqtai-nazardan ta’minlash 
maqsadida alohida ishlatish ob’ektlari va quduqlar to’rini ajratish. 
2. Ishlatish qavatini tanlashda eng ostki (asos) qatlamni shunday tanlash lozimki, 
toki uning unumdorligi ushbu qavatdagi yuqorida joylashgan (qaytish) ob’ektining 
unumdorligidan birmuncha yuqori bo’lsin. Natijada asos gorizontni ishlatish 
yuqorida joylashgan gorizontlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi, ularga qaytish 
esa asos gorizontning zaiflashishiga qarab amalga oshiriladi. 
Ko’p qatlamli konlarning ishlatish samaradorligini oshirish maqsadida 
qatlamlarni bir-biri bilan oqilona biriktirish va ularni birgalikda ishlatish lozim 
bo’ladi. Qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga to’g’ri birlashtirish quduq unumdorligini 
oshirish va undan foydalanish muddatini uzaytirish imkonini beradi. Qatlamlarni bir 
ishlatish ob’ektiga birlashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish lozim: 
a) bir-biriga birlashtirilayotgan qatlamlarning neft sifati texnologik nuqtai 
nazardan bir xil bo’lishi kerak; 
b) qatlamning litologik-fizik xususiyatlari (litologik tarkibi, qalinligi, 
g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi) bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. CHaqiq 
jinslardan (qum, qumtosh, konglomerat) iborat mahsuldor qatlamni g’ovakli dolomit, 
ohaktosh va boshqa karbonat jinslardan tarkib topgan neftli qatlamlar bilan 
birlashtirish maqsadga muvofiq emas. Litologik va kollektorlik xususiyatlari 
o’xshash bo’lgan qatlamlarni birlashtirish ulardan neftning bir tekis chiqishini 
(sizishini) ta’minlaydi. Lekin amaliyotda turli qalinlikka, g’ovaklilikka, 
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlar bilan ishlatishga to’g’ri keladi. Bunday 
hollarda qatlamga ta’sir etishning ular orasidagi bunday farqlarni keskin 
kamaytiradigan zamonaviy metodlaridan foydalanish zarur. Umuman olganda 
kollektorlik xususiyatlariga ko’ra keskin farqlanadigan qatlamlarni birlashtirish 
maqsadga muvofiq emas; 
v) qatlamlarning energetik xususiyatlari, ularning ish rejimi, qatlam bosimlari 
o’xshash bo’lishi lozim. Bir xil ish rejimidagi qatlamlarga ta’sir etganda ularda 
energetik xususiyatlar turlicha namoyonlanishi mumkin; 
g) birlashtirilayotgan qatlamlar unumdorligining kon-geologik ko’rsatkichlari 
o’xshash bo’lishi kerak. Masalan, suvsiz neft qatlamini neftli va suvli qatlam bilan 
birlashtirish to’g’ri emas, chunki uyumni ishlatish chog’ida suvsiz neft qatlami 
suvlanib qolishi mumkin. Shunga ko’ra, neftlilik chegaralari taxminan bir xil bo’lgan 
neftli qatlamlarni birlashtirish yaxshi natija beradi. Agar pastdagi qatlamning suvlilik 
chegarasi yuqoridagi qatlamning suvlilik chegarasidan kam bo’lsa, buning aksi ham 
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda pastki qatlamdagi suv quduqqa etib kelganda 
sementlanib, yuqoridagi qatlamdan foydalanish davom ettiriladi. 


241 
Yuqori debitli qatlamni past debitli qatlam bilan birlashtirish ham maqsadga 
muvofiq emas. Debitdagi farq katta bo’lsa qatlamlarni birlashtirish masalasi ularni 
ayrim va birgalikda tajribaviy sinash natijalariga asoslanib hal qilinadi. 
Mahsuldor 
maydon bo’ylab to’liq tarqalmagan, o’zidan suyuqlik 
o’tkazmaydigan gil jinsli to’siq bilan bo’lingan qatlamlarni (yoki gil jins maydonning 
hamma qismiga tarqalib, uning ayrim joylarida uzilishlar uchrasa hamda bu erlarda 
yuqoridagi va pastdagi qatlamlar tutashgan bo’lsa) ularni mustaqil ishlatish ob’ekti 
sifatida ajratish maqsadga muvofiq. Shuningdek, gil to’siq suyuqlik o’tkazuvchan 
bo’lsa yoki qatlamlar tektonik buzilishlar orqali bir-biri bilan aloqada bo’lsa ham 
bunday ob’ektlarni ajratish mumkin emas. 
Agar neftli svita yupqa, g’ovakli gil va neftli qatlarning qavatlanishidan iborat 
bo’lsa, ishlatish ob’ektlarini nafaqat karotaj diagrammalaridan, shuningdek, mavjud 
geologik va kon materiallaridan foydalanib ham ajratish lozim. Ajratilgan neftli 
ob’ektda suvli qatlar mavjud bo’lsa, mustahkamlash quvurlarini teshib, ularni ochish 
mumkin emas. Agar neftli qatlar ichida yupqa suvli qatlar ham mavjud bo’lsa, ular 
neftli qatlar bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda belgilangan ish rejimi quduqqa 
kelayotgan suvlarning to’liq chiqib ketishini ta’minlashi lozim. Keyinchalik ishlatish 
jarayonida yangi ob’ektlarni ajratish zaruriyat tug’ilsa, mustahkamlash quvurida 
yangi teshiklar ochiladi. 
Ba’zan mahsuldor jinslardagi yupqa qatli pachkalarni juda uzun filtrlar bilan 
ishlatish samara bermaydi, chunki ishlatishga jalb qilingan hamma qatchalarning 
drenajlanishini ta’minlab bo’lmaydi. Lekin shunga qaramay, bunday masalalar aniq 
bir sharoitda geologik va iqtisodiy nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi. 
Yuqorida qayd qilingan mezonlarga konning geologik tuzilishi va xalq xo’jaligi 
rejasi sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar, kerak bo’lsa, qo’shimchalar 
kiritilishi mumkin. Shunga ko’ra qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirishda va 
ishlatish qavatlariga ajratishda bu mezonlardan foydalaniladi. 
O’zbekiston Respublikasida neft konlarini ishlatishda yangi texnologiyalar keng 
joriy qilinmoqda. Qatlamlarni ishlatish jarayonini boshqarishda qo’llanilayotgan 
texnika vositalari ko’p qatlamli konlar kesimida ishlatish ob’ektlarini ajratish 
usullarini o’zgartirish imkonini berdi, ya’ni turli tabiiy gidrodinamik rejimdagi 
(erigan gaz rejimiga o’tuvchi faol suv bosimli va tarang-suv bosimli) qatlamlarni 
birlashtirish amaliyotda qo’llanila boshlandi. Ko’pincha turli o’tkazuvchanlikka ega 
bo’lgan va har xil tarkibli jinslardan tuzilgan qatlamlar bir ishlatish ob’ektiga 
birlashtiriladi. Ayrim vaqtlarda turli tipdagi: karbonat jinslar bilan qavatlangan 
terrigen, g’ovak-darzli yoki darzli kollektor qatlamlar yagona ishlatish ob’ektiga 
birlashtiriladi, lekin ulardan hamma vaqt ham ijobiy natijalar olib bo’lmaydi. 
Ko’p qatlamli ob’ektlarni ishlatishda turli kon-geologik xususiyatlarga ega 
bo’lgan qatlamlardan neftni maksimal miqdorda chiqarib olishda turlicha suv 
bostirishlar asosiy vosita sanaladi. Suv bostirilishi zarur bo’lgan ishlatish ob’ektlarini 
ajratishda qatlamni qatchalar bilan bo’linganligi va neftning qovushqoqligi ham 
hisobga olinadi. Ob’ektlarni ishlatish tajribasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, 
ob’ektni suv bostirish bilan qamrab olish darajasi ob’ektning tabaqalanishiga bog’liq 
ekan (uch, to’rt qatlamga bo’linishi, neft qovushqoqligining 5 MPa·s dan katta 
bo’lishi). 


242 
Demak, neftchi-geologning asosiy vazifasiga bir quduq bilan ikkiga bo’lingan 
ob’ektni bir vaqtda ayrim-ayrim ishlatish kiradi. Ob’ektlarni shunday yo’l bilan 
ishlatish Baku, Grozniy rayonidagi hamda Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi 
konlarda ijobiy natijalar berdi. 
Konlarni ishlatishning bunday usuli eski, avvaldan foydalanilayotgan konlarda 
ahamiyatli hisoblanadi, chunki ko’pgina konlarda yuqoridagi gorizontlarga 
qaytilganda pastdagi ishlatish ob’ektlari (ularda ko’p miqdorda neft bo’lsa ham) 
sementlab tashlanadi. 
Yuqorida 
qayd 
qilingan 
talablar 
qatlamlari bir ishlatish ob’ektiga 
birlashtiriladigan gaz konlariga ham taalluqlidir. Bunday konlarda yuqori bosimli 
qatlamlardagi gazning past bosimli qatlamlarga oqib o’tishining oldini olish 
maqsadida, ular birgalikda ishlatilganda quduq tubi bosimi qiymati bosimi eng past 
qatlamnikidan kichik qilib tanlanadi. 
Neft (gaz) zaxiralari katta, debiti yuqori bo’lgan qatlamlar ayrim-ayrim 
ishlatilishi lozim. Agar ularga gazlilik chegarasi kichik bo’lgan uyumlar qo’shib 
ishlatilsa, bunday konlardan foydalanishda murakkabliklar kelib chiqadi va ularning 
ishlatish sharoitlarini kuzatish qiyinlashadi. Sanoat ahamiyatiga molik neft hoshiyali 
gaz uyumlarini amalda faqat qatlamdan neftning asosiy zaxiralari chiqarib 
olingandan so’ng boshqa gaz yoki gaz-neft uyumlari bilan birgalikda ishlatish uchun 
birlashtirish mumkin. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish