Amaliy mashg‟ulot №1
Mavzu: Foydali qazilma zahiralarini aniqlash.
Ishning maqsadi: - talabalarga foydali qazilma zahira turlari va zahiralar
haqida tushunchalar va boshlang‘ich ma`lumotlar berish.
Shaxta maydoni chegarasidagi foydali qazilma zahiralari quyidagi turlardan iborat: geologik, balansva balansdan tashqari.
Har bir konda aniqlangan foydali qazilma miqdori geologik zahira deb ataladi.
Balans zahira deb - zamonaviy texnologiya taraqqiyoti darajasida iqtisodiy jihatdan qazib olish samarali bo`lgan umumiy miqdorning qismi tushuniladi.
Balandan tashqari zahira deganda - zamonaviy texnologiya taraqiyoti darajasida qazib olish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lgan umumiy miqdorning tegishli qismi tushuniladi.
Foydali qazilma o`rganilish darajasi bo`yicha quyidagi toifalarga bo`linadi:
Mujassam tekshirilgan – A, B va C1 toifalar.
Hammasi baholangan – C2 toifa.
“A” toifali zahirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim
o`lchamlari belgilangan;
foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan;
foydali qazilma ichida joylashgan atrof kon jinslarining tarxi ajratilgan va belgilangan;
foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan;
foydali qazilmaning sanoatga yaroqli turlari ajratilgan va belgilangan;
foydali qazilmaning tarxi belgilangan yoki lahmlar yordamida aniqlangan.
“B” toifali zaxirasi “A” toifadagi zahiraga nisbatan kam darajada o`rganilgan va quyidagi talablarga javob berishi lozim:
foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan;
foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan;
“C1” toifali zahirasi quyidagi talablarni qoniqtirishi lozim:
foydali qazilmaning o`lchami va shakli belgilangan;
foydali qazilmaning texnologik xususiyati sanoatga yaroqli deb baholash uchun etarli darajada o`rganilgan;
foydali qazilmaning tarxi aniqlangan yoki lahmlar yordamida aniqlangan.
“C2” toifali zaxirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
foydali qazilmaning o`lchamlari, shakli, ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti o`rganilgan;
foydali qazilmaning xususiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan;
geologik ma`llumotlarga asoslanib foydali qazilmaga yo`l ochish mumkinligi belgilangan.
Shaxta maydonining balansdagi zaxiralari quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bu yerda :
ZБ S H M . tonna
S -shaxta maydonining yotish chizig‘i bo‘yicha uzunligi , m.
Н - shaxta maydonining yotish chuqurligi bo‘yicha uzunligi, m
- ruda zichligi, t/m3
M - ruda qatlamlamlarining umumiy qalinligi ( M m1 m2 ... mn ), m. Sanoat zaxirasi quyidagicha aniqlanadi.
ZПР ZБ ZПОТ
Bu yerda : miqdori, t.
ZПОТ
- foydali qazilmani qazib olishdagi loyihaviy yo‘qotilishlar
Loyihaviy yo‘qotilishlar quyidagi formuladan aniqlanadi:
ZПОТ
Z0 ZЭ Z Г
Bu yerda Zo – umumshaxta yo‘qotilishlari; Zэ - Ekspluatatsion yo‘qotilishlari;
Zг - geologik sharoitlarga boglik bo‘lgan yo‘qotilishlar;
Umum shaxta yo‘qotilishlari saqlovchi va to‘suvchi butunliklarda (целики) qoldiriluvchi zaxiralardan iborat bo‘lib quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu yerda:
LУ
Z0 2 LУ ( S H 2 LУ ) m K1 ZБ
to‘suvchi butunliklar kengligi.
,(t)
K1 - saqlovchi butunliklarda qoldiriluvchi yo‘qotilishlarni hisobga oluvchi
koeffitsiyent.
K1 0,01 0,02;
Qazib olishga to‘sqinlik qiluvchi geologik buzilishlarga bogliq bo‘lgan yo‘qotilishlar quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ZГ K2 ZБ , (t)
Bu yerda: K2 - geologik buzilishlar sonini va tavsifini hisobga oluvchi
koeffitsiyent. K 2 0,01 0,015
Ekspluatatsion yo‘qotilishlar quyidagi formula bilan aniqlanadi.
ZЭ (ZБ Z0 ZГ ) СП
Bu yerda: СП
ekspluatatsion yo‘qotilishlar koeffisenti.
U yupqa qatlamlar uchun СП
= 0,08 ( M = 0,8 ’ 2 m);
O‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun СП
= 0,12 ( M = 2 ’ 5 m);
Qalin nishab qatlamlar uchun СП
= 0,15 ( M = 5 ’ 15 m);
Juda qalin va qiya qatlamlar uchun СП
m);
= 0,2 ga teng ( M = 15 ’ 60
Sanoat zaxirasi va balans zahirlar orasidagi bog‘liqlik, ya`ni qazib olishdagi yo`qotilishlar koeffitsienti aniqligi quyidagi formula yordamida tekshiriladi:
С ZПР 1
ZБ
У
Misol: Quyida berilgan sharoit uchun shaxtaning balansdagi va sanoat zahirasi aniqlansin.
Berilgan: S =2000m; H =1000m; m =2,1m; =4,9t/m3 ;
Do'stlaringiz bilan baham: |