224
ta’minlanish oblastidan suyuqlikning og’irlik kuchi ta’sirida harakatlanishi natijasida
yuzaga keladi. Tarang-suv bosimli rejim esa chekka suvlar suyuqlikning va tog’
jinslarining taranglik kuchi ta’sirida harakatlanishi natijasida paydo bo’ladi. Bu
rejimda asosiy kuch kengayotgan gaz bosimi, ostki va chegara tashqi suvlari
bosimidan hosil bo’ladi.
Demak, gaz konlarida suv bosimli va tarang-suv bosimli rejimlarning hosil
bo’lish sharoitlari huddi neft konlaridagi singaridir, ya’ni qatlam jinslarining
o’tkazuvchanligi va chegara suvlarining faolligi yuqori va qatlamda katta miqdordagi
suyuqlikning mavjudligidadir (tarang rejimda).
Lekin gaz va neft konlarini ishlatishda ularning rejimiga ta’sir qiluvchi
muhim
farq bor. Masalan, gazning qovushqoqligi suvnikiga qaraganda deyarli 100 marta
kam, bu esa gaz konlarining g’ovakli muhitida gazning harakatlanishi uchun eng
yaxshi sharoitlarni yaratadi. Neft konlaridan chiqarib olinadigan neft esa ko’pgina
hollarda suv qovushqoqligidan sezilarli darajada yuqori qovushqoqlikka ega. Qatlam
sharoitlarida faqat ayrim hollardagina neft qovushqoqligi suvnikiga taxminan teng
bo’ladi. SHuning uchun ham gaz konlaridan gazni va neft konlaridan neftni olish
sharoitlari turlicha bo’ladi.
Gaz konlarini ishlatish va ishlatish texnologiyasi neft konlaridan neftni olishga
qaraganda gaz konlaridan gazni yuqori sur’atlarda chiqarib olish imkonini beradi.
Gaz konlarining qatlamlaridan ushbu sur’atlarda gazni
chiqarib olishda chekka
suvlar, odatda qatlam bosimini ushlab turish uchun undan ajratib olinadigan gazning
o’rnini to’ldirish uchun etarli bo’lmaydi. SHu sababli, suv bosimli rejimda qatlamdan
chiqarib olingan gaz o’rnini chekka suvlar bilan butunlay to’lishi amalda nihoyatda
kam uchraydi, oqibatda ko’pgina hollarda gaz konlarini ishlatishda chegara
suvlarining siljishiga qaramasdan, qatlam bosimi kamayib boradi.
Ma’lum bir vaqt mobaynida ishlatilayotgan gaz qatlamiga kirib kelayotgan suv
hajmining shu vaqt ichida qatlamdan chiqarib olingan gaz hajmiga nisbati (qatlam
sharoitlarida)
to’ldirish koeffisienti
deyiladi. Agar, masalan, o’rtacha qatlam bosimi
10 MPa bo’lgan qatlamdan yil mobaynida 100 mln.m
3
gaz ajratib olingan (qatlam
sharoitlarida bu taxminan 1 mln.m
3
ni tashkil qiladi) va shu holda qatlamga 50
mln.m
3
suv kirib kelgan bo’lsa, u vaqtda to’ldirish koeffisienti 5%ni tashkil etadi.
Ko’pgina gaz konlarida to’ldirish koeffisienti qiymati juda kichik bo’ladi, shu
sababli ularning rejimlarini gaz rejimiga yaqin deb hisoblash mumkin.
Lekin to’ldirish koeffisienti vaqt mobaynida o’zgaruvchan qiymatdir.
CHegara
suvi uyumni ishlatish jarayonida gaz uyumining chegarasida va suvli qatlamning
ta’minlanish chegarasida yuzaga keladigan bosimlar farqi ta’sirida siljiydi. Uyumni
ishlatish va ishlatishning birinchi bosqichida chegara suvlarining harakatlanish tezligi
juda kichik bo’ladi, chunki uyum chegarasidagi va suvli qatlamning ta’minlanish
chegarasidagi bosimlar farqi ham kam bo’ladi. Lekin uyumni ishlatish mobaynida
qatlam bosimi sezilarli pasayadi, natijada bosimlar farqi va suvlarning uyumga kirib
kelishi mos ravishda ko’payadi. Demak, to’ldirish koeffisienti qiymati ham
ko’tariladi. Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichida qatlam bosimi birmuncha
pasayadi va gaz chiqarib olish ham shu davrda bir oz kamayadi, to’ldirish koeffisienti
esa birmuncha ortishi va shu davrga kelib qatlamdan olinadigan gaz miqdorini
225
to’laligicha qoplash uchun etarli bo’lishi mumkin. Demak,
bu rejim yirik uyumlar
uchun taalluqli.
Gaz uyumining rejimini va to’ldirish koeffisientini suvning quduq bo’yicha
siljishini bevosita kuzatish hamda hisoblash yo’li bilan aniqlash mumkin. Lekin
quduqlar orasidagi masofaning kattaligi (1,5-2 km ga etadigan) va quduqda gaz-suv
tutash yuzasi holatini belgilash metodlarining etarli darajada mukammal
bo’lmaganligi sababli gaz konlarida chekka suvlarining siljish tezligini kuzatish
orqali aniqlash nihoyatda qiyin kechadi.
Uyumni ishlatish jarayonida gaz egallagan g’ovak bo’shlig’i hajmini chiqarib
olinadigan gaz hajmi va uyumdagi qatlam bosimining o’rtacha pasayishi orasidagi
nisbat bo’yicha aniqlash osonroq.
Gaz rejimida o’rtacha qatlam bosimi 0,1
MPa ga kamayganda qatlamdan
chiqarib olinadigan gaz miqdori turli vaqt intervallari uchun doimiy qiymatga ega
bo’ladi. Suv bosimli rejimda bu qiymat turli vaqt intervallarida bir xil bo’lmay,
uyumni ishlatish borasida ortib boradi.
Darhaqiqat, ma’lum bir vaqt davomida chiqarib olinadigan gaz miqdori V bosim
0,1 MPa ga pasayganda quyidagi o’zaro nisbat bilan aniqlanadi:
,
p
p
V
2
1
Q
(8.21)
bunda r
1
va r
2
birinchi va ikkinchi o’lchash sanalaridagi bosim, MPa; Q
birinchi va ikkinchi o’lchash sanalari orasida chiqarib olingan gaz miqdorining
yig’indisi, m
3
.
Gaz rejimida Vning qiymati doimiy bo’ladi va uyumni ishlatishning boshqa vaqt
intervallarida ham bu doimiylik saqlanib qoladi. Suv bosimli rejimda chekka
suvlarning kirib kelishi natijasida ikkinchi sanada o’lchangan bosim r
2
emas, balki
1
2
p
deb belgilanadi, shunda
2
1
2
p
p
bo’ladi. Bu holda (8.21) formulaga ko’ra
,
1
2
1
1
p
p
V
Q
shu bilan birga
V
V
1
bo’ladi.