«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi)



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
8.5.3. Gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi) 
 
Gaz bosimli rejimda neftni qatlamda harakatlantiradigan kuch gaz qalpog’idagi 
gazning kengayishidan hosil bo’lgan bosim hisoblanadi. 
Neft uyumiga nisbatan gaz qalpog’i katta bo’lsa, neft uyumini ishlatish 
jarayonida, agar neft chiqarib olish va gaz-neft tutash yuzasining siljish tezligi 
orasidagi balans buzilmasa, debit va bosim ma’lum bir vaqt davomida deyarli doimiy 
bo’lib qoladi. 
Qatlam bosimi qatlamdan chiqarib olingan neft yig’indisiga bog’liq bo’lib, uning 
miqdori neft chiqarib olingan sari uzluksiz pasayib boradi. 
Gaz omillari gaz qalpog’idan uzoqda joylashgan quduqlarda doimiy bo’lib 
qoladi. Uyumni ishlatish jarayonida gazlilik chegarasining (gaz-neft tutash 
yuzasining ham) uzluksiz siljishi kuzatiladi, buning natijasida, (gaz-neft tutash yuzasi 
yaqinida joylashgan) quduqlarda gaz omili keskin ortadi (8.17-rasm) va ulardan toza 
gaz favvoralana boshlaydi. 
Gaz bosimli rejimning samaradorligi gaz qalpog’i va neft uyumi o’lchamlarining 
o’zaro nisbatiga hamda qatlamning kollektorlik xususiyatlari va struktura 
tafsilotlariga bog’liq. Bu rejimning paydo bo’lishi uchun eng qulay sharoitlar 
kollektorlar yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lganda (ayniqsa vertikal va 
qatlamlanishga ko’ndalang yo’nalishlarda), qatlamlar katta burchak ostida qiyalanib 
yotganda (strukturalar yaxshi ifodalanganda) va neft qovushqoqligi kam bo’lganda 
namoyonlanadi. 
8.16-rasm. Tarang-suv bo-
simli rejimda qatlamni ish-
latish grafigi.
Shartli bel-
gilarni 8.15 rasmdan qarang 


219 
Qatlamdan neftni chiqarib olgan sari va neftli 
zonada bosimning pasayishi mobaynida gaz 
shapkasi kengayadi va gaz neftni qatlamning 
pasaygan qismlariga, ya’ni quduq tubiga haydaydi. 
Hattoki qatlamning pasaygan qismlarida chekka 
suvlarning borligida ham, gaz energiya manbai 
sifatida ishlatishning birinchi bosqichida ustunlik 
qiladi. 
Lekin gaz qalpog’ida bosimning pasayishi 
mobaynida chekka suvlarning ma’lum bir bosimi 
ta’sirida qatlamning neftli zonasidagi neft-gaz 
qalpog’i tomon siljishi mumkin. Buning natijasida 
neft gaz qalpog’idagi quruq qumlarni namlashi 
oqibatida neft butunlay yo’qolishi mumkin. 
SHuning uchun gaz qalpog’idan gazni chiqarish 
hamda gaz bosimli rejimda yuqori gaz omilli 
quduqlarni ishlatish mumkin emas; gaz qalpog’idagi gazni har tomonlama asrash, 
zarur hollarda esa qatlamning neftli zonasidan neftni gaz qalpog’iga siljishining 
oldini olish uchun gaz qalpog’iga gaz haydash kerak. Ayrim hollarda gaz qalpog’iga 
qatlamdan neft siljishining oldini olish uchun uyumni ishlatish bo’yicha tegishli 
tadbirlarga rioya qilib gaz qalpog’idan gaz chiqarib olish mumkin. 
Gaz bosimli rejimda suyuqlikdan bo’shagan g’ovak va bo’shliqlar qatlamning 
foydali qismiga kirib kelayotgan qatlam suvi bilan to’la egallanmaydi. Gaz bosimli 
rejim odatda kuchsiz o’tkazuvchan samarador qatlam qiya holatda yotganida paydo 
bo’ladi. 
Gaz bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti 0,4-0,5 intervallarda o’zgaradi, 
ayrim hollarda 0,6 ga etishi mumkin. 
Neft beraolishlikning yuqori koeffisientiga erishish uchun uyumni ishlatishning 
maxsus, jumladan uning neftli va gazli qismlarini ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan 
tizimlarini qo’llash kerak. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish