8.5.1. Suv bosimli (qattiq-suv bosimli) rejim Suv bosimli rejimda chekka (yoki qatlamosti) suvlari neftni quduq tomon
harakatlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Samarador qatlamning neftdan bo’shagan
qismi quduqni ishlatish mobaynida qatlam suvi bilan to’lib boradi. Suv bosimli rejim
odatda litologik jihatdan bir tarkibli va maydon bo’ylab o’zgarmaydigan, yuqori
darajada o’tkazuvchan qatlamlardagi uyumlarning ta’minlanish oblastiga yaqin
joylashganida hosil bo’ladi.
Ishlatishning dastlabki bosqichida, ishlatishga kiritilayotgan quduqlar soni
ortishi bilan neftni chiqarib olishning belgilangan loyiha darajasigacha o’sishi
kuzatiladi. Keyinchalik neft chiqarib olishni erishilgan darajada ushlab turishda
qatlam bosimining barqarorlashuvi kuzatiladi, so’ngra chekka suvlarning bostirib
kelaboshlashi bilan neftda suv miqdori ortib boradi va natijada olinayotgan neft
miqdori ma’lum darajada pasayadi (8.15-rasm). Suvlanish natijasida quduqlarning
bir qismi ishdan chiqadi, bu esa neft chiqarib olishning umuman pasayishiga va
qatlam bosimining biroz ko’tarilishiga olib keladi.
Suvlanishning yanada ortishi va neft chiqarib olishning uzluksiz pasayishi
munosabati bilan suyuqlikni to’laligicha (jadallashtirish usulida) chiqarib olish
zaruriyati tug’iladi.
Qatlam bosimi qiymati suyuqlikni joriy
chiqarib olishga bog’liq bo’ladi. Agar suyuqlikni
quduqdan chiqarib olishda bosim neftning gaz
bilan to’yinish bosimidan pasayib ketmasa, u
vaqtda gaz omili neftda erigan gaz miqdoriga mos
keluvchi past va muhim bo’lib qoladi.
Suv bosimli rejimning samaradorligi suv
bosimli sistemaning o’lchamlariga, qatlamning
kollektorlik
xususiyatlariga
va
mahsuldor
qatlamlarning yotish chuqurligi bilan ularning yer
yuzasiga chiqish mutlaq balandligi orasidagi
gipsometrik farqqa bog’liq. Foydali suv bosimli
rejimda suv bosimli sistemaning kengligi (agar neft
uyumining tashqi chegarasidan qatlamni yer
yuzasiga chiqqan joygacha hisoblaganda) odatda,
kamida 15-25 km ni, jinslarning o’tkazuvchanligi
esa, kamida 1,02
10
-12
m
2
ni tashkil qiladi. Rossiya Federatsiyasidagi N.T. Lindtrop
tomonidan mukammal o’rganilgan Oktyabrskiy (Novogroznenskiy shahri) konidagi
XIII va XVI qatlamlar suv bosimli rejimdagi konlarga namunaviy misol bo’laoladi.
Foydali suv bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti jinslarning kollektorlik
xususiyatlari va boshqa omillarga ko’ra 0,65-80 intervalda o’zgaradi. Suv bosimli
rejimning jadalligi faqat yuqorida ko’rsatilgan tabiiy omillargagina emas, balki
umuman qatlamdan hamda uning ayrim uchastkalaridan suyuqlik ajratib olish
sur’atiga ham bog’liq.