211
2) qatlam o’tkazuvchanligini taqribiy aniqlashda;
3) uyum ichidan suyuqlik olinishi sababli bosimning o’zgarish tafsilotlarini
o’rganish orqali uyumning tashqi qismini taqribiy baholashda;
4) suv-neft tutash yuzasi holatini taqribiy aniqlashda.
Qatlam bosimining taqsimlanishini izobara xaritalari bo’yicha o’rganishda ayrim
uchastkalardagi
izobaralarning
quyuqlashuvi,
ulardan
suyuqlik
olinishi
ko’payganidan, qatlamga suv haydash yoki qatlamning kollektorlik xususiyatlarining
qo’shni uchastkalardagiga nisbatan yomonlashganidan darak beradi.
Izobara xaritalari bo’yicha bosimni hisoblab, butun uyum uchun o’rtacha qatlam
bosimidan tashqari, qatlamning turli zonalar: suyuqlik chiqarish zonasi, haydash
zonasi va boshqa zonalar uchun o’rtacha bosimni hisoblash foydali hisoblanadi.
Izobara xaritalarini tuzish aniqligi, quduqlardagi bosimni o’lchash aniqligiga va
shuningdek, manometr konstruktsiyasi va uning texnik holatiga bog’liq. Konlarda
qo’llaniladigan chuqurlik monometrlari odatda 0,5 dan 1 gacha aniqlik sinfiga ega.
Agar ushbu asboblar bilan barcha o’lchashlarda bir xil ishorali va qiymatli xatolikka
yo’l qo’yilsa, bosimlarni o’lchashda bunday aniqlikni etarli deb hisoblasa bo’ladi.
Asboblarning texnik holati qoniqarli bo’lmasa, bosimni o’lchashdagi xatolik
qiymati aniqlik sinfi bilan o’lchanganidan yuzaga kelgan xatolikdan anchagina
yuqori bo’lishi mumkin. Izobara xaritalarini tuzishda bunday o’lchash
ma’lumotlaridan foydalanish ayrim hollarda katta xatolikka olib kelishi mumkin
(ayniqsa izobara xaritalari bo’yicha aniqlanadigan bosim gradientlarida).
Qo’llanilayotgan asboblarni iloji boricha tez-tez va puxtalik bilan darajalash
kerak. Ishlatilayotgan bir ob’ektdagi quduqlarda bosimni o’lchashda imkoni boricha
o’lchashning barcha davrlari mobaynida bitta asbobni ishlatish kerak. Agar quduq
tubi bosimini o’lchashda Ufa ilmiy-tekshirish institutining (M.M. Ivanov ishlab
chiqqan) differentsial chuqurlik bosimo’lchagich (manometr)laridan foydalanilsa
yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bu holda o’lchash aniqligi differentsial
manometrlarni zaryadlash uchun qo’llaniladigan namunaviy manometrlar aniqlik
sinfi bilan aniqlanadi. Namunaviy manometrlar esa, odatda 0,35 aniqlik sinfiga ega.
Chuqurlik manometrlarining yangi konstruktsiyasini ishlab chiqishda bosimlarni
o’lchash asboblarining mutlaq aniqligi muhim bo’libgina qolmay, balki turli
quduqlarda bitta asbob bilan olingan o’lchovlarning nisbiy aniqligi ahamiyatlidir.
Boshqacha qilib aytganda, asbob konstruktsiyasi shunday ishlanishi kerakki,
temperatura va bosimning o’zgarishi kichik intervallarda bo’lishini (1-4 MPa) va
o’lchashlardagi xatoliklar ishorasi va qiymati taxminan bir xil bo’lishini ta’minlashi
kerak.
Quduqda bosimning tiklanish metodi bilan tadqiqotlar bajarilganda bosim quduq
tubi bosimidan kamida 1,5-2 MPa ga yuqorida barqarorlashadigan bo’lsa, u holda
o’lchashning yuqori aniqligini ta’minlovchi differentsial chuqurlik manometrlaridan
foydalanish kerak.
Kam mahsulli qatlamlar ochilgan quduqlarda hosil qilingan depressiyadan so’ng
bosim o’nlab atmosferalarga tiklanadigan bo’lsa, bosimning tiklanish egri chizig’ini
chizish uchun ma’lumotlar to’plashda chuqurlik manometrlaridan foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: