215
bog’liqligini ko’rib chiqish zarur. Neft va gazning quduq tubiga oqib kelishiga ta’sir
qiluvchi qatlam energiyasining manbalariga qatlam
suvi bosimi energiyasini, bosim
kamayganda neftdan ajralib chiqadigan erigan va erkin gaz energiyasini, siqilgan
jinslar va suyuqliklarning elastik energiyasini, neftning o’z og’irlik kuchi ta’sirida
paydo bo’ladigan bosim energiyasini kiritish mumkin.
Neft va gaz bitta asosiy energiya yoki bir qancha
qatlam energiyalarining bir
vaqtda namoyon bo’lishidan harakatlanishi mumkin; chekka suvlar bosimining
foydali ta’siri qatlamning yer yuzasiga chiqishi va quduq og’zidan qancha yuqoriga
ko’tarilishi qiymati hamda jinslarning o’tkazuvchanlik xususiyati va suyuqlikning
qovushqoqligi bilan aniqlanadi.
Jinslarning
o’tkazuvchanligi
yaxshi
va
suyuqlikning
qatlamda
qo’zg’aluvchanligi etarli darajada bo’lishi, shuningdek, qatlamning o’tkazuvchanlik
xususiyati suyuqlik chiqarib olishga mos kelishi chekka
suvlar bosimi energiyasi
muntazam va uzoq vaqt namoyon bo’lishiga olib keladi. Qatlamda neft va gazning
harakatlanish jarayonlarida qatlamdagi suv-bosimli tizimning elastiklik energiyasi
juda muhim ahamiyatga ega. Qatlamda bosim pasayganda suyuqlik va jinslarning
elastik o’zgaruvchanligi juda kam bo’ladi. Lekin uyum va uni
ta’minlovchi
suv
bosimli tizim nihoyatda katta bo’lsa, jins, suyuqlik va gazlarning elastik energiyasi
neftning quduq tubiga qarab harakatlanishida muhim rol o’ynaydi.
Gaz energiyasi gaz qalpog’i mavjud bo’lganda siqilgan erkin gazning taranglik
energiyasi ko’rinishida yoki bosim kamayganda neftda erigan gazning undan ajralib
chiqishidagi energiya ko’rinishida bo’ladi. Uyumda
siqilgan gaz energiyasining
zaxirasi odatda, gaz qalpog’ining hajmiga, neft zaxiralariga, qatlamning neftli va
gazli zonalari hajmlarining o’zaro nisbatiga, qatlam bosimi qiymatiga, gazning neftda
eruvchanligiga bog’liq bo’ladi. Agar gaz qalpog’i bilan egallangan qatlam hajmi neft
bilan egallangan qatlam hajmidan katta bo’lsa, erkin gazning taranglik
energiyasining namoyonlanishi nihoyatda samarali bo’ladi.
Qatlam suyuqliklarining og’irlik kuchi hisobiga paydo bo’ladigan bosim
energiyasi qatlamlar gorizontal tekislikka qandaydir burchak ostida yotgan holatlarda
namoyon bo’ladi. Bunda bosim qiymati mahsuldor qatlamlarning yotish burchagiga
bog’liq. Qatlamdagi suyuqlik sathi ko’pincha qatlamning
ustki qismidan pastga
tushadi, bunday hollarda suyuqliklar erkin yuza bo’ylab siljiydi.
Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonida ko’pincha har xil
ko’rinishdagi energiyalar bir vaqtda ta’sir qiladi. Lekin geologik sharoitlar va uyumni
ishlatish sharoitlariga ko’ra u yoki bu turdagi energiya asosiy bo’lishi, quduq tubiga
neft va gazning oqib kelishini ta’minlashda ustunlik qilishi mumkin.
Ta’sir qiluvchi kuchlar ustunligining kelib chiqishiga ko’ra, hozirgi vaqtda neft
uyumlarining quyidagi asosiy ish rejimlari ajratiladi:
1) suv bosimli rejim;
2) tarang (tarang suv bosimli) rejim;
3) gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi);
4) erigan gaz rejimi;
5) gravitatsion rejim.
Dastlabki uchta rejim siqib chiqarish rejimlarini, oxirgi ikkitasi qatlam
energiyasining zaiflashish rejimlarini ifodalaydi.