1-masala. 300 tonna o‘rikni saqlashga mo‘ljallangan doimiy ombor maydonini hisoblang .
Tabiiy shamollatiladigan omborda alohida moslamalarda (shtabel) saqlash. Moslamaning balandligi 0,8 m, eni 1,2, uzunligi 3 m. O‘rikning hajmiy og‘irligi -1 m3 - ga 700 - 800 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffitsiyenti – 85%.
200 tonna o‘rikni majburiy shamollatadigan omborda 3 qavatli tokchalarda saqlash. Moslamaning balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 3,0 m. Omborning foydalanish koeffitsiyenti
75 foiz.
Nazorat savollari
Handak va uyumlarning konstruktiv farqlarini ayting.
Yer usti asosiy ariqlarning o‘rniga qanday ariqlardan foydalansa bo‘ladi?
Mahsulotlarning hajmiy og‘irligi nimalarga bog‘liq?
Uyum va handaklar uchun kerak bo‘ladigan maydon qanday hisoblanadi?
Mahsulotlarni doimiy omborlarga joylashtirish.
Mahsulotlarni joylashtirish uchun qullaniladigan idishlar.
«Shtabel moduli» tushunchasi asosida nimalar aniqlanadi?
Omborning foydalanish koeffitsiyentini qanday tushunasiz?
14-amaliy mashg‘ulot Sabzavot mahsulotlarini saqlash omborlarini o'lchamlari va qabul qilish hajmini hisoblash
Darsning maqsadi: yigpishtirib olingan sabzavotlarning joylash uchun saqlash omborlaning o‘lchamlari hisoblash bilan tanishib chiqish.
Nazariy qism: Kartoshka, sabzavot va mevani saqlashga mo‘ljallangan statsionar omborlar quyidagi asosiy tavsiflariga ko‘ra ajratiladi: vazifasi; sig‘imi; rejasining tuzilishi; qurilish – konstruksiyasining o‘ziga xosligi; saqlash sharoitlarini boshqarish tizimi; mahsulotni saqlash usuli; yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashganlik darajasi; iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Statsionar omborlar vazifasiga ko‘ra kartoshka-, ildizmeva-, karam-, piyoz-, mevani saqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turli mahsulotni uzoq muddat birgalikda saqlash noqulayliklar tug‘diradi, chunki ularning saqlash shartlari va joylashtirish usuli turlicha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imiga ko‘ra (200...30 000 tonna) namunali omborxonalar kichik, o‘rta va yirik sig‘imli bo‘ladi. Yirik sig‘imli omborlarda qurilish xarajatlari 1 tonna saqlanadigan mahsulotga nisbatan olinganda kichik sig‘imli omborlar qaraganda kamroqdir.
Rejasini tuzishilishiga ko‘ra omborlar temir – beton yoki metall konstruksiyalardan tiklanadi. Odatga ko‘ra bino va saqlash kameralarining eni va uzunligi 6 metrga karrali bo‘ladi (36x6; 36x12; 36x18; 72x18; 6x6; 6x12; 12x12).
Ombor mahsulotni saqlash uchun umumiy bir binodan yoki mahsulotni qabul qilish, tovar ishlov berish, saqlash va realizatsiyaga tayyorlash binolaridan tashkil etishi mumkin. Ko‘pgina ombor loyihalarida avtomobillarning binoni kesib o‘tishishi uchun eni 4...6 metrli yo‘lak tashkil etiladi. Bu mahsulotni saqlashga joylashtirish joyiga olib borish imkonini yaratadi.
Sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan meva omborining sxemasi 1 – rasmda keltirilgan.
Ba’zi omborlarning har ikkala tomonidan avtomashinalar kirib keluvchi ayvonlar tashkil etilishi mumkin. Qish vaqtida ayvonlarning eshigi omborga sovuq havo kirmasligi uchun yo‘ib qo‘yiladi.
Omborlarning qurilish – konstruksiyasining o‘ziga xosligi birinchi navbatda qurilish amalga oshiriladigan maydonning sizot suvlarini chuqurligi hisoblanib, loyiha talablariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2 metrdan kam bo‘lmasligi lozimdir. Sizot suvlarning chuqurligi saqlash rejimini barqarorligiga, ya’ni harorat va namlikga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Omborni loyihalashda erto‘lali (chuqurlashtirilgan) va er ustili qilib rejalashtirish mumkin. Meva omborlari ko‘pincha er ustida qilib loyihalanadi, chunki mevalarga tovar ishlov berishda yorug‘ xonalar kerak bo‘ladi, bunday xonalarni erto‘lali ombor loyihasida rejalashtirish mushkuldir. Bundan tashqari piyoz ombori ham er ustida qilib loyihalanadi, chunki piyozni saqlash uchun namligi past bo‘lgan quruq havoli muhit zarurdir. Ba’zan tuproqning issiqlik o‘tkazmaydigan xususiyatlaridan foydalanish maqsadida atrofi va usti tuproq bilan berkitilgan yarim chuqurlashtirilgan kartoshka yoki sabzavot omborlari ham loyihalashtiriladi. Hozirgi kunda qurilishda foydalanilayotgan zamonaviy issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar er usti omborlarining harorat barqarorligini ishonchli ta’minlash imkoniyatiga egadir.
1-rasm. Sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan meva omborining sxemasi:
I...V – saqlash kameralari; VI – tovar ishlov berish sexi; VII – kompressor xonasi; VIII – maishiy xizmat xonalari
Omborxonalarni ishonchli izolyasiyalash maqsadida eshik va darvoza konstruksiyasini loyihalashda shlyuzlash prinsipidan foydalaniladi. Birinchidan tashqi havoning keskin farqi ikki sovuq o‘tkazmaydigan eshiklar yordamida so‘ndiriladi, chunki eshiklar oralig‘idagi harakatsiz havo haroratli to‘siq vazifasini bajaradi. Ikkinchidan keng sovuq o‘tkazmaydigan darvozalarda ishchilarning kirib chiqishi uchun eshiklar o‘rnatiladi.
Omborda yuklash – tushirish mexanizmlarini erkin harakatlanishi uchun pollar asfaltlanadi yoki betonli qo‘lama yotqiziladi. Ba’zi hollarda, masalan piyoz saqlash uchun loyihanadigan omborlarda poydevor asosi ustida yog‘och bruslardan olib qo‘yiladigan seksiyalar ko‘rinishida ko‘tarilgan panjarali pollar tashkil etiladi. Bundan tashqari shunday namunali loyihalar mavjudki qattiq qo‘lamali pollar faqatgina transport harakatlanuvchi yo‘laklarda mavjud bo‘lib, mahsulot joylashtiriladigan hampalar poli somonli loy bilan zichlangan.
Hozirgi loyihalarga ko‘ra ombor tomi birlashtirilgan konstruksiyada qurilmoqda, ya’ni tomni tashkil etuvchi temir – beton plitalar va issiqlik izolyasiyalovchi materiallar oralig‘ida chordoq tashkil etmasdan , ikki elementni birlashtirib qurilmoqda. Issiqlik izolyasiyalovchi material qalinligini tzg‘ri hisoblab to‘ilganda va uni havo kondensatsiyasi ta’sirida namlanishdan asrash choralari ko‘rilsa bunday tom konstruksiyasi ishonchli xizmat qiladi. Undan tashqari bunday tomlar konstruksiyasi sodda bo‘lib ularni qurish osondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |