Polimer materiallardan tayyorlangan qadoq idishlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari. Polimer materiallar qatoriga tselofan (tsl), polietilen (pe), polipropilen (pp), polivinilxlorid (pvx), polistirol (ps), polietilentereftalat (petf), poliamidlar (pa), polikarbonat (pk), poliuretanlar (pu) kirib, ulardan tayyorlangan qadoq idishlarini sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish organoleptik, o‘lchashga oid, ekspert va sotsiologik usullar bilan olib boriladi.
Polimer materialdan tayyorlangan qadoq idishlarning sifatini aniqlash GOST 12020-72
«Plasmassalar. Kimyoviy muhidlar tahsiriga barqarorlikni aniqlash usullari», GOST 22648
«Plasmassalar. Gigienik ko‘rsatkichlarni aniqlash usullari», GOST51760-2001 «Istehmolga oid polimer idishlar. Umumiy texnik shartlar», GOST 52620-2006 «Transportga oid polimer idishlar. Umumiy texnik shartlar», GOST 52789-2007 «Oziq-ovqatga oid suyuqliklar uchun mo‘ljallangan polietilentereftalatdan tayyorlangan butilkalar. Umumiy texnik shartlar»da qayd etilgan nazorat qilish usullariga asosan olib boriladi.
GOST 12020-72 «Plasmassalar. Kimyoviy muhidlar tahsiriga barqarorlikni aniqlash usullari»ga ko‘ra sinalayotgan plasmassa namunalarining massasida, uzunlik o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni, hamda diffuziyalanish (shimilish, singish), sorbtsion (yutilish), o‘tkazuvchanlik koeffitsientlarini aniqlashga usuliga qaratilgan.
Bosim ostida quyib, presslash, ekstruziya yo‘li bilan olingan plasmassa materiallardan disk shaklidagi diametri 50±1 mm. va qalinligi 3±0,2 mm. o‘lchamdagi, hamda plyonkali, varaqli va qavatli materiallardan disk shaklidagi diametri 50±1 mm. va qalinligi esa material qalinligi bo‘yicha har bir materialdan 5 tadan kam bo‘lmagan namunalar tayyorlab olinadi.
Tayyorlangan namunalarning yuzasi tekis, bo‘rtiqlarsiz, siniqlarsiz, yoriqlarsiz, g‘ovaklarsiz va boshqa defeklarsiz bo‘lib, yuzasi ifloslanmagan, bo‘yoq izlari, moy dog‘lari va har qanday yopishqoq moddalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Namunalarni sinashdan oldin 88 soat davomida 23±20 S haroratda, hamda 50±5% nisbiy namlikda, yorug‘lik tahsirisiz konditsiyalanadi. Konditsiyalangandan so‘ng har bir namuna yopiq byuksda og‘irligi va o‘lchamlari aniqlanadi. Namunaning qalinligi kamida to‘rta nuqta bo‘yicha aniqlanadi va natijalarni qo‘shib o‘rtacha arifmetik natijalar olinadi.
So‘ngra namunalar sinov haroratigacha qizdirilgan kimyoviy reogentli idishga solinadi. Bir idishga bir materialdan olingan 5 tagacha namunani joylashtirishga ruxsat berilgan. Idishga joylashtirilgan namunalar to‘lik kimyoviy reogentga botgan bo‘lishi, namunaning xech bir qismi idish devori yoki boshqa namunalar bilan tegib turmasligi lozim.
Namunalarni sinash davomiyligi qisqa muddatli (24 soat), standart (7 sutka) va uzoq muddatli (16 hafta) bo‘lishi mumkin.
Sinovlarni o‘tkazish vaqtida kimyoviy reagentlarni aralashtirgich yordamida aralashtirib turilishi mumkin, lekin aralashtirish davomiyligi sutkada bir marotabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Sinov tugagandan so‘ng namunalar agressiv bo‘lmagan suyuqlik bilan: kislota, ishqor va suvli eritmalarda sinov o‘tkazilganda suv bilan, uchuvchan bo‘lmagan va erimaydigan organiq moddalarda sinovlar o‘tkazilganda esa yengil uchuvchan inert suyuqlikda (masalan atsetonda) chayib olinadi. SHundan so‘ng namunalar tuksiz, silliq material bilan artilib og‘irligi va geometrik o‘lchamlari aniqlanadi.
Ekstraklangan moddalar miqdorini aniqlash uchun namunalar doimiy massasigacha quritiladi, ya’ni quritish namuna massasi ikki o‘lchashda oraliqdagi farq ±0,0001 gr.gacha bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. Quritishdan so‘ng namunalar kaltsiy xlorid bilan to‘ldirilgan eksikatorga joylashtiriladi, konditsiyalanadi va o‘lchanadi.
Sinovdan so‘ng namuna massasidagi o‘zgarishlar, ya’ni massaning foiz hisobida kamayishi yoki ortishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
M (M1 M ) 100
M
bu yerda: M-kimyoviy reagentga birinchi marotaba joylashtirishgacha bo‘lgan namuna massasi, gr., M1- kimyoviy reagentda saqlangandan keyingi namuna massasi, gr.,
Quritilgan va takroriy konditsiyalangandan so‘ng namuna massasidagi o‘zgarishlar, ya’ni massaning foiz hisobida kamayishi yoki ortishi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
M1
(M M 2 ) 100
M
bu yerda: M1- namunaning quritilgan va takroriy konditsiyalangandan keyingi massasi, gr.,
Har bir sinov vaqtidan keyingi namunaning geometrik o‘lchovlaridagi foiz hisobida o‘zgarishlar quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
l (l1 l) 100
l
bu yerda: l-kimyoviy reagentga birinchi marotaba joylashtirishgacha bo‘lgan namunaning geometrik o‘lchamlari, mm., l1- kimyoviy reagentda saqlangandan keyingi namunaning geometrik o‘lchamlari, mm.,
Har bir sinov uchun beshtadan kam bo‘lmagan aniqlashlarning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Olingan natijalarga ko‘ra 1 rasmda ko‘rsatilgan grafik bog‘lanishli diagramma tuziladi
Nazorat savollari
Qadoqlash materiallari qanday talablarga javob berishi kerak?
Qadoqlash mteriallari turlarini ayting?
Polimer materialdan tayyorlangan qadoqlash materiallarni ayting?
– amaliy mashg‘ulot Xomashyo sifatidagi don mahsulotlarini saqlash omborlarini o‘lchamlarini va va qabul qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |