477. Har xil turdagi sodda masalalarni yechish konikmasini tekshirish maqsadida 2 sinf uchun yakuniy nazorat ishini tuzing.
5.3. III sinfda masalalar yechish
Topshiriqlar. 478. Masalalarni korib chiqing: «Qiz bola 36 ta lola, ogil bola esa 28 ta lola terdi. 6 ta lola so'lib qoldi. Nechta solimagan lola qoldi?» va «Bir topda 32 m gazlama bor edi. Birinchi xaridorga 6 m, ikkinchisiga esa 8 m gazmol qirqib berishdi. Topda necha metr gazmol qoldi?» I-sinf oquvchilari ushbu masalalarni yecha oladilarmi? Javobingizni asoslang. Masalani tahlil qilishda va uning yechilish rejasini tuzishda III-sinf oquvchilarining fikrlarini keltiring. Masalaning yechilishini qanday shaklda yozish maqsadga muvofiq?
479. O'qituvchi mustaqil yechish uchun quyidagi masalalarni yechishni taklif qildi: «Usta 6 soatda 90 ta detal, shogirdi esa 8 soatda xuddi shunday 72 ta detal tayyorladi. Usta shogirdiga qaraganda 1 soatda nechta ortiq detal tayyorladi?» va «5 m atlas uchun 35 som, 4 m baxmal uchun 48 som tolashdi. Qaysi gazmol qimmat turadi?» 1 m baxmal 1 m atlasdan qancha qimmat turadi?». Quyidagi masalani esa o'qituvchi uyga berdi: «Sut soguvchi 6 ta sigirdan 12 l dan sut sogib oldi. Ushbu sut har birining hajmi 32 l bolgan 2 ta bidonga sigadimi?». Berilgan masalalar bilan ishni qanday tashkil qilgan bo'lardingiz: shundaymi yoki boshqachami? Javobingizni asoslang.
480. Masalani yechishdan oldin 2 sinf matematika kursining qanday savollarini takrorlash kerak: «Hozir soat 8. Sutkaning otgan qismi qolgan qismiga qaraganda necha marta kam?».
481. Masalani yechishning turli usullarini yozing: «Sohibada 5 so'm bor edi. U har bir kilogrammi 80 tiyindan 3 kg olma va shu narxda 2 kg pomidor sotib oldi. Unda qancha pul qoldi?» Berilgan masalaga teskari masalalar tuzing va ularning yechilishlarini yozing.
482. Masalani frontal tashkil qilish uchun 2 ta suhbatning rejasini tuzing: «Yer maydonidan 176 kg sabzi, sabziga qaraganda 468 kg ortiq karam, sabzi va karam birgalikda bo'lganidan 750 kg ortiq kartoshka yigib olishdi. Yer maydonidan necha kg kartoshka yigib olishdi?». Berilgan rejada tahlilni savoldan berilganlarga qarab olib boring. Suhbatning qanday turini siz o'quvchilar uchun qulay deb hisoblaysiz?
483. Masalaning yechilishini qanday yozish maqsadga muvofiq: «Birinchi savatda 68 ta olma, ikkinchisida esa 9 ta kam olma bor edi. Har bir savatga 10 tadan olma solishdi. Har bir savatda olma nechtaga ortdi?». Berilgan masalani o'quvchilarga mustaqil yechish uchun taklif qilish mumkinmi? Masala bilan ishlashni qanday tashkil qilasiz?
484. Masalani turli usullar bilan yechish mumkinmi? «Uzunligi 2 m dan bolgan 2 ta o'ram sim bor edi. Birinchi o'ramdan 75 sm, ikkinchisidan esa 1 m 15 sm qirqib olishdi. Qaysi oramda sim ko'proq qoldi va necha santimetr ortiq?». Masalani bir amal bilan yechish uchun uning tahlilini qanday olib borish kerak?
485. Masalani turli usullar bilan yechish mumkinmi? «Tikuv ustaxonasi 300 m gazlama qabul qildi. Undan 100 ta bir xil kostyum tikish mumkin. 99 m ni ishlatishdi. Necha kostyum tikish qoldi?». Agar imkoniyat bo'lsa, masalani turli usullar bilan yeching. Oquvchilarga masalani turli usullar bilan yechishga yordam beradigan frontal suhbat uchun savollar tuzing.
486. Masalani yechishda qanday sxemali rasmdan foydalanish qulay? «Baxtiyorda va Sayyorada teng pul bor bolib, ular oquv qurollarini sotib olyaptilar. Baxtiyor 28 somga oquv qurollarini sotib olganidan keyin, unda 14 som qoldi. Sayyora esa xarid qilganidan keyin faqat 9 som qoldi?». «Sayyora qancha xarid qildi?».
487. «Akasi 4 tup, singlisi 3 tup, otasi esa akasi bilan singlisi birga necha tup daraxt ekishgan bolsa, shundan 6 tup kop daraxtni ekdi. Otasi necha tup daraxt ekan?». Masalani yechish rejasini tuzing. Uni quyidagi savoldan boshlang: «Akam va singlim birga necha tup daraxtni ekishgan?».
4 88.