I-variant. Birinchi masalani o'quvchilar sinfda mustaqil (yozma) yechadilar. Masalaning yechilishini frontal tekshiradi. Ikkinchi masala uyga beriladi.
II-variant. Birinchi masalani o'quvchilar mustaqil (yozma) yechadilar. Keyin o'qituvchi masalani kopaytirish orqali yechish uchun uning shartnini o'zgartirishni taklif qiladi. Oquvchilar bu masalaning yechilishini yozadilar. Ikkinchi masala uyga beriladi.
III- variant. Oqituvchi birinchi va ikkinchi masalalarni oqishni taklif qiladi. Keyin ularning oxshashligini va farqini aniqlab oladi. Birinchi masala, ikkinchi masala qanday amal bilan yechiladi? Masalalarning yechilishini uyda yozib kelishni taklif qiladi. 456. «O'gli 8 yoshda. Otasi undan 4 marta katta. Otasining yoshi nechada?» va «Buvisi 60 yoshda. Nevarasi undan 10 marta kichik. Nevaraning yoshi nechada?» masalalarning matnini tahlil qilishda oquvchilarga qanday topshiriq berish foydali?
457. Quyidagi masalani tahlil qilishning 2 ta variantni ko'rib chiqing: Ustaxonada 6 ta temirchi va ulardan 18 ta ortiq duradgor ishlaydi. Temirchilarga qaraganda duradgorlar necha marta ortiq?. Ulardan qaysi birini tanlagan bolardingiz? Nima uchun? Oqituvchi savollarni beradi, o'quvchilarning javoblari qavslarda berilgan.
I-variant. Ustaxonada nechta temirchi ishlaydi? (6 ta). Ustaxonada yana kimlar ishlaydi? (Duradgorlar). Masala shartida ular haqida nima deyilgan? (Ular 18 ta ortiq). Necha duradgor ishlaganini bilishimiz mumkinmi? (Ha, 6+18). Masalada nima soralayapti? Savolga javob berishimiz mumkinmi?
II-variant. Masalada nima soralayapti? Masalaning savoliga javob berishimiz uchun nimani bilishimiz kerak? (Necha temirchi va necha duradgor ishlaganini bilishimiz kerak). Masala shartida nima malum? (Nechta temirchi ishlagani malum). Masala shartida duradgorlar haqida nima aytilgan? (Ular 18 ta ortiq). Nechta duradgor ishlaganini bilishimiz mumkinmi? (Ha, 18+6) Masalani yechish rejasini tuzing.
458. «4 ta konvert 28 som turadi. Bunday 6 ta konvert qancha turadi?» va «Birinchi kuni do'konda 8 ta bir xil portfel sotildi. Ular uchun 32 so'm to'landi. Ikkinchi kuni bunday portfellardan 6 ta sotildi. Ikkinchi kuni portfellar uchun qancha tolandi?» masalalari «tortinchi proportsionalni topishga doir» masalalar turiga tegishli. Ushbu masalalrning yozuvini jadval ko'rinishida tasvirlang. Nima uchun bu maqsadga muvofiq? Masalani yechgandan oldin qanday tayyorgarlik ishini o'tkazsh foydali?
459. Qaysi savolni organishda oquvchilarga quyidagi masalalarni taklif qilish maqsadga muvofiq: «Archani bezatish uchun har birida 10 donadan rangli lampochka bo'lgan 4 ta tasma va har birida 10 donadan oddiy lampocha bolgan 2 ta tasma sotib olishdi. Ushbu tasmalarda hammasi bolib nechta lampochka bor.» va «5 ta bola archaga 7 tadan yulduzcha, 3 ta bola 7 tadan bayroqcha ilishdi. Archaga hammasi bolib nechta yulduzcha va bayroqcha ilindi?». Berilgan masalalarni turli usullar bilan yechish mumkinmi? Ushbu masalalrni turli usullar bilan yechish imkoniyatini bolalarga qanday tushuntiramiz?
460. Masala matni ustida ishlashda qaysi savolga etiborni qaratish kerak? Nima uchun? «Ustaxonada uzunligi 24 m bolgan gazlamadan 8 ta bir xil koylak tikishdi. Bunday 20 ta koylak uchun necha metr gazlama kerak boladi?» Berilgan masalani jadvalga yozing. 461. Masalani ko'rib chiqing: «Onam bolalar paltosi uchun har bir metrini 9 somdan 2 m drap va har bir metrini 2 somdan 3 m astar sotib oldi. Onam drapga qaraganda astar uchun qancha kam to'ladi?». Berilgan masalani jadvalga yozing. Masalani yechgandan keyin ozgartirish usulini qanday qo'llash mumkin? Masalaning yechilishini amallar bo'yicha va ifoda ko'rinishida yozing.
462. Masalani tahlil qilishning turli variantlarini korib chiqing: «12 kg murabboni 6 ta bankaga teng solishdi. 24 kg murabboni solish uchun yana nechta shunday banka kerak?» Qaysi birini tanlar edingiz? O'quvchilarga masalani boshqa usullar bilan yechishga yordam beradigan suhbat rejasini tuzing: