I-variant. Masalaning savolida nima soralayapti? Savolga javob berish uchun nimani bilish kerak? (Oquvchilar ikkinchi kuni necha metr yo'lakcha tozalaganini bilishimiz kerak). Nima uchun bilishimiz kerak? (Uchunchi kuni ikkinchi kunga qaraganda 8 m ortiq yo'lakcha tozalanganligi aytilgan). Ikkinchi kuni necha metr tozalangan? (Buni biz bilmaymiz). Birinchi kun haqida nima deyilgan? (Birinchi kunga qaraganda ikkinchi kuni 6 m ortiq tozalangan? 45 m. Bu malum). Demak, masalaning savoliga javob berish uchun nimani bilishimiz kerak? (Oldin birinchi kuni, keyin ikkinchi kuni qancha tozalanganligini bilishimiz kerak va shundan keyingina uchunchi kuni necha metr tozalanganini bilishimz mumkin).
II-variant. Yo'lakchani necha kun tozalashdi? (3 kun). Birinchi kun haqida nima malum? (45 m tozalashdi). Ikkinchi kun haqida nima deyilgan? (Birinchi kunga qaraganda 6 m kam tozalashdi). Ikkinchi kuni necha metr tozalashganini bilishimiz mumkinmi? (Ha, 45 dan 6 ni ayirish kerak). Uchinchi kun haqida nima deyilgan? (Ikkinchi kunga qaraganda 8 m ortiq tozalashdi). Uchinchi kuni necha metr tozalanganini qanday bilishimiz mumkin? (Ikkinchi kuni tozalashganda 8 ni qoshish kerak). Masalaning savolida nima soralayapti? Masalaning yechish rejasi qanday? Oldin ikkinchi kuni qancha tozalashganini keyin esa uchinchi kuni qancha tozalashganini bilishimiz kerak).
III-variant. Masalaning savolida nima so'ralayapti. (Uchunchi kuni necha metr yo'lakcha tozalandi?). Yo'lakchalarni necha kun tozalashdi? (3 kun). Masalada berilganlarni qisqacha yozing. 1 45 m. ikkinchi kuni haqida nima malum? Buni ifoda korinishida qanday yozish mumkin? II-(45-6)m. uchinchi kun haqida nima malum? Buni ifoda ko'rinishida qanday yozish mumkin? III- (45-6)+8 m . berilgan ifodaning qiymati masalaning savoliga javob bera oladimi? 444. Masalaning qisqa yozuvini yozing: «Sim o'ramidan oldin 18 m, keyin yana 9 m qirqib olishdi. Bundan keyin o'ramda 7 m sim qoldi. Oramda necha metr sim bor edi?» Berilgan qisqa yozuvdan foydalanib, o'quvchilar yechishning qanday usulini tanlaydilar?
Bor edi - ?
Qirqib olishdi 18 m va 9 m.
Qoldi 7m.
Ozingizning taxminingizni sinfda darsda tekshirib chiqing. Masalaning korgazmali korinishida sifatida sxemali rasm ushbu masalaning boshqa usullarini topishga yordam beradimi?
Bor edi ?
Qoldi ? Qirqib olindi ?
445. Masalalar misolida berilganlardan ozgartirish usulini aniqlang: «6 ta qandni 2 tadan piyolaga solishdi. Bu qandlar nechta piyolaga yetdi?» va «12 ta rediskani 6 tadan boglashdi. Nechta boglam bo'ldi?». Berilganlardan qaysi birini ozgartirasiz va nima maqsadda? «Oshxonaga 9 kg dan 3 yashik nok olib kelishdi. Necha kilogramm nok olib kelishdi? masalasiga o'qitishning berilgan bosqichida oquvchilar yechish mumkin bo'lgan, teskari masala tuzing. U va bu masalalarni jadvalga yozing va darsda ushbu masalalarni qanday taqqoslashni oylab ko'ring. 447. Birinchi va iikinchi masalalarga rasm chizish metodikasining farqi nimada? Har bir masalaga rasm chizing va masalalarni yeching:
1) 8 ta sabzini 4 ta quyonga teng bo'lib berishdi. Har bir quyonga nechta sabzi berishdi?