2) 15 ta sabzini 5 tadan quyonlarga berishdi. Nechta quyon sabzi oldi? 448. Masalani ko'rib chiqing: «Onam sigir sogdi, 2 l sutni u bankaga, qolganini bidonga quydi. Agar onam bidonga bankaga qaraganda 3 l ortiq sut quygan bolsa, u holda sigir necha litr sut berdi?». Berilgan masalaning tahlilini savoldan boshlash maqsadga muvofiqmi? Masalani tahlil qilish uchun suhbat tuzing. Uni quyidagi savoldan boshlang: «Sigir bergan sutni onam qanday idishlarga quydi?». Nima uchun suhbatni aynan shu savoldan boshlash kerak? 449. «Maktabni tamirlash uchun birinchi kuni 28 ta taxta, ikkinchi kuni esa 4 ta mashinada 10 tadan taxta olib kelishdi. Shu ikki kun ichida hammasi bolib nechta taxta olib kelishdi?» Ushbu masalaning tahlilini qanday olib borasiz: savoldan berilganlarga qarabmi yoki berilganlardan savolga qarabmi? 450. Masalani korib chiqing: «3 o'ramda 92 m sim bor. Birinchi o'ramda28 m, uchinchisida 34 m. Ikkinchi o'ramda necha metr sim bor?». Berilgan masalani yechishda qanday sxemali rasmdan foydalanish mumkin? Berilgan masalaning yechimini ifoda korinishida yozing. Masalani turli usullar bilan yechish imkoniyatini tushuntirish uchun qanday tayyorgarlik ishini olib borish kerak? 451. Topshiriqni bajaring: «Masalalarni yeching. Ikkita teskari masala tuzing va ularni yeching:
1. Uyning qurilishiga 96 ta taxta olib kelishdi. Ulardan 49 tasi ishlatildi. Nechta taxta qoldi?
2. Ayollar paltosida 16 ta tugma, bolalar paltosida esa 10 ta tugma ishlatirldi. Ayollar paltosiga bolalar paltosiga qaraganda nechta ortiq tugma ishlatildi?
Agar oquvchilar teskari masalalar tuzishda qiyinchiliklarga duch kelishsa, oqituvchi oqitishning qanday usullaridan foydalanishi mumkin? 452. «Bochkadan har birida 2 kg dan bo'lgan 5 ta banka asal olingandan keyin unda 3 kg asal qoldi. Bochkada necha kilogramm asal bor edi?» va «Chit o'ramidan 2 ta xaridorga 8 m dan qirqib berishagandan keyin oramda 7 m chit qoldi. Oramda necha metr chit bor edi?» masalalarini yechishdan oldin darsda oquvchilar bilan qanday sodda masalalarni yechish foydali? Ushbu sodda masalalarning matnini tuzing. 453. «Yunus 4 ta qizil kvadrat va undan 3 marta ortiq kok kvadrat qirqib oldi?» va «Feruza 4 ta qizil kvadrat va undan 3 ta ortiq kok kvadrat qirqib oldi. Feruza nechta ko'k kvadrat qirqib oldi?» masalalarni yechishda o'qitishning qanday usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq? 454. «Oquvchilar 45 kg olma terdilar. 18 kg olmani ular yashikka, qolganlarini esa 3 ta paketga teng joylashtirishdi. Har bir paketda necha kilogram, olma bor? Masalani tahlil qilish uchun suhbat tuzing. Uni quyidagi savollardan boshlang: «Oquvchilar necha kilogramm olma terdilar? Olmalarni nimalarga joylashtirdilar? Masalada nima malum?». 455.Quyidagi masalalar ustida ishlashning turli variantlarini korib chiqing:
1. Oquvchi birinchi kuni kitobning 9 betini, ikkinchi kuni esa birinchi kunga qaraganda 2 bet ortiq oqidi. Oquvchi ikkinchi kuni necha bet oqidi?
2. O'quvchi birinchi kuni kitobning 9 betini, ikkinchi kuni esa birinchi kundan 2 marta ortiq bet kitob oqidi. Oquvchi ikkinchi kuni necha bet oqidi?
Variantlardan qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? Nima uchun?