O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi


Berilgan masalani turli usullar bilan yechish imkoniyatini ko'rsatish uchun frontal suhbat jarayonida o'quvchilarning e’tiborini nimaga qaratish kerak?



Download 12,33 Mb.
bet215/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

Berilgan masalani turli usullar bilan yechish imkoniyatini ko'rsatish uchun frontal suhbat jarayonida o'quvchilarning e’tiborini nimaga qaratish kerak?
489. Masalani 2 ta usul bilan yechish mumkinmi? «Mashqlar paytida arrodramda 6 marta 3 tadan samalyot havoga ko'tarildi. Yerda havoga ko'tarilganidan 14 ta samalyot kam qoldi. Aeradromda necha samalyot qolgan. Masala matnini tahlil qilishda nimaga e’tibor berish kerak?
490. Quyidagi masalalarni taqqoslang: «Shirkat xo'jaligida hosilni yig’ib olishdan oldin 10 ta kombaynga 16 ta kombaynchini tayyorlashdi. Agar hosilni yig’ib olish uchun 40 ta kombayn kerak bo'lsa, hammasi bo’lib nechta kombaynchini tayyorlash kerak?» va «Tikuvchi 210 m chitdan 10 ta ko'ylak tikadi. 50 m dan nechta shunday ko’ylak tikadi?». Ushbu masalalarni yechish uchun qanday ko’rgazmalilikdan foydalanish maqsadga muvofiq? «Matematika – 3» darsligidan o’xshash masalalarni toping.
491. Masalaning ko’rgazmali ko’rinishini bajaring: «Qopda 45 kg sabzi bor edi. 3 kun davomida teng qilib sabzi olganlaridan keyin unda 33 kg qoldi. Qopdan har kuni necha kilogramm sabzi olishdi?». Berilgan masalaga teskari masala tuzing va uni yeching.
492. Masalaning ko’rgazmali ko'rinishini bajaring: «Birinchi yer maydonidan 4 qop kartoshka, ikkinchsidan esa xuddi shunday 6 qop kartoshka yig’ib olishdi. Hamma yig’ib olingan kartoshkaning massasi 480 kg. Har bir yer maydonidan alohida yig’ib olingan kartoshkaning massasini toping». Berilgan masala qaysi turga kiradi? Uni yeching. Uning yechilishini tushuntiring.
493. Masalalarni taqqoslang? «Birinchi do’konga 15 ta yashik, ikkinchisiga 10 yashik meva olib kelishdi. Birinchi do'konga ikkinchisiga qaraganda 60 kg ortiq meva olib kelindi. Ikkinchi do’konga necha kilogramm meva olib kelindi?», «magazin bir kunda 12 ta banka gilos murabbosini va xuddi shunday 20 ta banka shaftoli murabbosini sotdi. Shaftoli murabbosi gilos murabbosiga qaraganda 16 kg ortiq sotildi. Har bir murabbodan bir kunda necha kilogramm sotildi?» va «Ekish uchun 600 tup terak va 400 tup tol olib kelindi. Ularni qatorlarga teng ekishdi. Bunda teraklar qatori tol qatorlariga qaraganda 5 qator ortiq bo’ldi. Teraklar qatori va tollar qatori nechta bo'ldi?». Masalalar o'xshashligi nimada? Ushbu masalalarni yechishdan oldin qanday tayyorgarlik ishini o’tkazish kerak? Qanday ko’rgazmaliliklardan foydalanish qulay?
494. «Ishchi 10 soatda 30 ta detal tayyorlashdi. Lekin ishchi vaqtni tejash maqsadida 1 ta detalni 15 minutda tayyorladi. Tejalgan vaqt hisobidan ishchi topshiriqdan tashqari yana necha detal tayyorladi? Masalani yechishda 10 soatni minut bilan yeching.
Masalani yechishning har bir usuliga frontal suhbat uchun savollar toping. Quyida berilganlarni hisobga olgan holda masalani turli usullar bilan yechish uchun ishni tashkil qilishni o’ylang: a)o’quvchilar masalani yechishning 4 ta usulini taklif qilishdi; b) o’quvchilar masalani yechishning 1 ta usulini taklif qilishdi.
495. O'qituvchi o’quvchilarga topshiriq berdi: - «Birinchi bichuvchida 15 m, ikkinchisida 12m gazlama bor edi. Hamma gazlamadan ular har biriga 3 m dan sarflab ko'ylak bichdilar. Ular hammasi bo’lib nechta ko’ylak bichdilar?» masalani turli usullar bilan yeching.
Birinchi o’quvchi topshiriqni bunday bajardi:
1- usul.
1) 15+12=27 (m)
2) 27:3=9 (k).
2 – usul.
15:3+12:3=9 (k)
Ikkinchi o’quvchi topshiriqni bunday bajardi.
1- usul.
1) 15:3=5 (k)
2) 12:3=4 (k)
3) 5+4=9 (k).
2- usul.
15:3+12:3=9 (k).
Qaysi o’quvchi o’qituvchining topshirig’ini bajardi?
496. Masalani ko'rib chiqing: «Bahodir 16 ta doiracha chizdi. Ularning to'rtdan bir qismini bo'yadi. Bahodir nechta doirachani bo’yagan?». Berilgan masalani har bir o’quvchi qiynalmay yechish uchun qanday ko’rgazmalilikdan foydalanish maqsadga muvofiq?
497. Quyida keltirilgan masalalarni yechishda qanday ko'rgazmalilikdan foydalanish maqsadga muvofiq? Javobingizni asoslang.
1. Ikki poyezd ikki shahardan bir – biriga qarab yo'lga chiqdi. Birinchi poyezd uchrashguncha 167 km, ikkinchisi undan 98 km ortiq yo’l yurdi. Shaharlar orasidagi masofani toping.
2. Bir shahardan ikkinchi shaharga qarab yo'lga chiqqan yuk mashinasi 278 km yurdi. Shundan keyin o’tilgan yo’ldan 165 km kam yo'l qoldi. Shaharlar orasidagi masofa qancha?
3. Ikki shahardan bir –biriga qarab avtobus va yengil mashina yo'lga chiqdi. Uchrashguncha avtobus 80 km, yengil mashina undan 40 km ortiq yo'l yurdi. Shaharlar orasidagi masofani toping.
498. Quyidagi masalani yechishda tahlilning qanday usulini tanlaysiz? «Bochkada 80 l suv bor edi. Oldin bochkaga unda bor bo’lgan suvning ¼ qismi quyildi, keyin hamma suvning yarmi quyib olindi. Bochkada qancha suv qoldi?». Mos suhbat tuzing.
499. Quyidagi masalani ko’rib chiqing: «Maktab bog’ida 40 tup daraxt bor. Ulardan 1/4 qismi olma, 1/5 qismi – nok daraxti. Bog’da qancha nok va olma daraxti bor?». Masalani yechish uchun reja tuzing. Uni quyidagi savoldan boshlang: «Bog’da necha olma daraxti bor?».
500. Quyidagi masalani yechishda o’quvchilar qanday xatoga yo’l qo’yadilar? Ushbu xatolarning oldini olish mumkinmi? «Sayohatchilar 2 soat yo'l yurdilar. Ular bu vaqtning uchdan birini daryoni kesib o'tishga, qolganini piyoda yurishga sarfladilar. Sayohatchilar qancha vaqt piyoda yurganlar (vaqtni minutlarda ifodalang)?». Masala matnini tahlil qilishda o'quvchilarning e’tiborini nimaga qaratish kerak? Masalani tahlil qilish uchun suhbat tuzing.
501. Masalani ko’rib chiqing: «agar muqovachi har kuni 17 tadan kitobni muqovalaydigan bo'lsa, 4 kundan keyin yana 7 ta kitobni muqovalash qoladi. Muqovachi hammasi bo'lib nechta kitobni muqovalashi kerak?».
Berilgan masalani frontal tahlil qilishda qanday turlardan foydalanish maqsadga muvofiq? Qaysi metodik usul va suhbat o’quvchilarga masalani turli usullar bilan yechishga yordam beradi?
502. Masalani ko'rib chiqing: «shirkat xo’jaligida 40 ta mashina – yengil va yuk mashinalari bor?». Har bir yengil mashinaga 4 ta yuk mashinasi to’g’ri keladi. Shirkat xo’jaligida hammasi bo’lib necha yengil va yuk mashinalari bor?».
Ushbu masalani arifmetik usul bilan yechish uchun ishni qanday tashkil etasiz? Berilgan masalaning yechishning yana qanday usulidan foydalanish mumkin? Har bir usulni qulaylik nuqtai nazaridan baholang.
503. «150 partani ta’mirlash kerak. Bitta ishchi bu ishni 15 kunda, boshqasi esa 10 kunda bajarishi mumkin. Agar ikkita ishchi birgalikda ishlasa, ular bu ishni necha kunda badjaradilar?» masalani mustaqil yechishda o’quvchilar bunday usullarni taklif qildilar:
1- usul. 2- usul.
1) 15+10=25 (k) 1) 150:15=10 (p)
2) 150:25=6 (k). 2) 150:10=15 (p)
3) 10+15=25 (p)
4) 150:25=6 (k)
Masalani yechishning ikkita usulini to'g’ri deb hisoblash mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, unda har bir usul uchun o'quvchilarning fikrlashlarini keltiring. Agar mumkin bo'lmasa, masalani u va bu usul bilan yechishda qanday qilib bir xil javob chiqqanligini tushuntirishingizni o'ylang.
504. 3 – sinf o’quvchilari quyidagi masalani 2 ta arifmetik usul bilan yecha oladilarmi? Agar yecha olishsa, unda yechilishning 2 ta usulini ham keltiring. Agar yecha olishmasa, unda masalaga qanday o'zgaritirshlar kiritish kerak? «8 soatda ishchi stanogida 96 ta bir xil detal tayyorladi. Xuddi shunday 72 ta detal tayyorlash uchun unda qancha vaqt kerak?».
505. Quyidagi masalalarni tahlil qilishda o’quvchilarning e’tiborini nimaga qaratish kerak: 1) «Ikkita tikuvchi bir xil vaqt ishladi. Shu vaqt ichida birinchi tikuvchini 1 soatda uchtadan 12 ta choyshab tikadi. Agar ikkinchi tikuvchi 1 soatda 2 tadan dasturxon tikkan bo'lsa, u holda shu vaqt ichida nechta dasturxon tikadi?». 2) «Ikkita duradgor stullarni teng tamirlashdi. Birinchi duradgor 6 kunda 10 tadan stul ta’mirladi., ikkinchi duradgor 2 kun ishladi. Ikkinchi duradgor bir kunda nechtadan stul tamirlaydi?».
506. Quyidagi masala bilan sinfda ishlaganda tahlilning qanday turini qo’llaysiz: berilganlardan savolga qarabmi yoki savoldan berilganlarga qarabmi? «Anorani onasining yoshi qizidan 4 marta katta. Buvisi esa Anoraning onasidan 2 marta katta. Agar Anoraning onasi 32 yoshda bo'lsa, nabira va buvining yoshlari nechada?». Masalani tahlil qilishning turini tushuntiring.
507. Quyidagi masalani to'rtinchi proportsionalni topishga doir masalalar turiga ta’luqli deyish mumkinmi? «15 m gazlama uchun 45 so'm to’lashdi. Xuddi shu gazlamadan 24 so’mga necha metr sotib olish mumkin?». Ushbu masalanni proportsional bo'lishga doir va ikkita ayirma bo'yicha noma’lumni topishga doir masalaga aylantiring.
508. Quyidagi masalani yechishda o’quvchilarning mumkin bo’lgan fikrlashlarini keltiring:
«Tikuvchilik ustaxonasida har birida 21 m dan 3 to’p va uzunligi 15 m bo’lgan 1 to'p gazlama bor edi. Agar bir pardaga 11 m gazlama ketsa bu gazlamalar 7 ta parda tikish uchun yetadimi?».
509. Quyidagi masalalarni ko’rib chiqing:
1) «Bir o'ramda 24 ta daftar bor, ikkinchi o'ramda esa birinchisidan 8 ta kam, ikkinchi o’ramdagi daftarni o'quvchilarga 4 tadan bo'lib berishdi. Necha o’quvchi daftar olgan?».
2) «Bir dastada 24 ta daftar bor, ikkinchi dastada esa birinchisidan 8 ta kam. Ikkala dastadagi daftarlarni o'quvchilarga 4 tadan bo’lib berishdi. Nechta o'quvchi daftar olgan?». Ushbu masalalarning o'xshashligi va farqini aniqlang. Ushbu masalalarni nechta usul bilan yechsa bo'ladi?
510. Quyidagi masalani yechishda o’quvchilarning fikrlashlarini keltiring: «Tikuvchilik ustaxonasida 390 m drap bor edi. Uning beshdan bir qismidan bolalar paltosi qolganidan kattalar paltosii tikildi. Nechta kattalar paltosi tikilgan?» Ushbu masalani yechishda tahlilning qaysi turidan foydalanish maqsadga muvofiq?
511. Quyidagi masalalarni o'quvchilarga qanday ketma ketlikda taklif qilish kerak:
1) Birinchi o`ramda 3 m ikkinchi o’ramda esa huddi shunday gazmoldan 7 m bor. Iikinchi o`ram birinchisiga qaraganda 24 so`m ortiq turadi. 1 m gazmol qancha turadi? 4 metrchi? 7 metrchi?.
2) «Birinchi o`ramda ikkinchisiga qaraganda 4 m ortiq turadi. 1 m gazmol qancha turadi?»;
3) «Birinchi o`ramda 3 m gazmol, ikkinchi o`ramda esa xuddi shunday gazmoldan 7 m bor. Ikkinchi o`ram birinchisiga qaraganda 24 so`m qimmat turadi. Har bir o`ram qancha turadi?».



Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish